Loyihalashda tabiiy omillarni hisobga olish


Yoʻl poyining suv issiqlik tartibi


Download 262.59 Kb.
bet5/5
Sana15.11.2023
Hajmi262.59 Kb.
#1776903
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu. Loyihalashda tabiiy omillarni hisobga olish

Yoʻl poyining suv issiqlik tartibi. Yoʻl poyidagi namlik miqdori yil mobaynida doimiy boʻlib qolmaydi va ma’lum vaqt oraliqlarida suv balansi tenglamasiga muvofiq oʻzgaradi.
W=(A+V+S)-(D+E+F) ,
bu yerda A – yoʻl poyiga tushadigan yogʻin-sochin miqdori;
V - yoʻlga yondosh joydan oqib tushadigan suvning tarqalishi;
S - sizot suvlari sathidan kapillyarlar boʻylab, shuningdek, namning pardasimon va bugʻsimon siljishi natijasida oqib keladigan suvlar;
D - yoʻl poyidan oqib tushadigan suvlar;
E - grunt sirtidan namning bugʻlanishi;
F - yoʻl poyidan suvning gruntning chuqur qatlamlariga sizishi.
Yoʻl poyining suv tartibi oʻzgarishiga, atmosfera yogʻinlaridan tashqari, yil davomida yoʻl poyida harorat gradiyentlari hosil qiladigan harorat oʻzgarishi katta ta’sir koʻrsatadi, bular ta’sirida gruntdagi suv ancha issiq joylardan ancha sovuq joylarga siljiydi. Yil siklida yoʻl poyi namligining oʻzgarishi prof. A.Ya. Тoʻlayevning taklifiga koʻra, quyidagi davrlarga boʻlinadi:
I˗kuzda gruntga yomgʻir suvlarining sizishi natijasida namning dastlabki toʻplanishi;
II˗yoʻl poyining qishda muzlashi va namning qishda qayta taqsimlanishi;
III ˗ yoʻl poyidagi muzning erishi va gruntning bahorda oʻta namlanishi;
IV˗yoʻl poyining yozda qurishi.
Suv tartibi mahalliy iqlim sharoitlariga juda bogʻliq, chunki suv balansi tenglamasiga kiradigan omillarning ta’siri turli iqlim hududlarida turlicha namoyon boʻladi.
Nazorat uchun savollar
1. Avtomobil yo’llariga qanday tabiiy omillar ta’siri etadi ?
2. Relyefning asosiy turlarini ayting.
3. Yo’llarni loyihalashda relyefning kanday toifalarini bilasiz?
4. Grunt sharoitlariga nimalar kiradi ?
5. Iqlim sharoitlariga nimalar kiradi ?
6. Gidrologik va gidrogeologik sharoitlariga nimalar kiradi?
7. Yo’l poyining namlanish manbalarini ayting.
8. Yo’l poyining suv balansi tenglamasini yozib tushuntirib bering.
Download 262.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling