Loyihalashda tabiiy omillarni hisobga olish
Tepaliklar - etagi sathidan balandligi 200 m dan oshmaydigan koʻtarilgan joylar, ular tekislikka ravon oʻtadi; Togʻlar
Download 262.59 Kb.
|
5-mavzu. Loyihalashda tabiiy omillarni hisobga olish
Tepaliklar - etagi sathidan balandligi 200 m dan oshmaydigan koʻtarilgan joylar, ular tekislikka ravon oʻtadi;
Togʻlar - ancha baland koʻtarilishlar boʻlib, etagi keskin qiyofaga ega boʻladi. Тogʻli balandliklar bir-biriga oʻtib, togʻ tizmalarini hosil qiladi. Yoʻllarni loyihalash boʻyicha me’yoriy adabiyotlar relyef elementlarini trassani oʻtkazish qiyinligi va eng katta boʻylama qiyaliklarning hamda kichik radiusli egrilarning qoʻllanish mumkinligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqadi. Тez-tez chuqur vodiylar bilan kesilgan, vodiy va suv ayirgichlar belgilari oʻrtasidagi farqi koʻpi bilan 0,5 km da 50 metrdan ortiq boʻlgan, yon tomonida chuqur soylar va jarliklar boʻlgan, ba’zi hollarda noturgʻun yonbagʻirlar boʻlgan oʻnqir-choʻnqirli joylar qiyin toifali rel’yefga kiradi. Тogʻli joylarning qiyin uchastkalariga togʻ tizmalari oraqali oʻtgan dovonlar va kuchli yemirilgan yoki yon bagʻirlari yetarlicha turgʻun boʻlmagan daralar kiradi. Yoʻllarni loyihalashga tatbiqan rel’yefning beshta toifaga bo‘lish mumkin (5.1-jadval). 5.1-jadval
Joyning rel’yefi qanchalik murakkab boʻlsa, trassa yoʻnalishini belgilashda shunchalik katta boʻylama qiyaliklar boʻlishiga yoʻl qoʻyishga toʻgʻri keladi va yoʻl shunchalik egri-bugri boʻladi (5.2-jadval). 5.2-jadval
Download 262.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling