3-ma’ruza: biznesda buxgalteriya balansining roli va ahamiyati reja


Download 20.55 Kb.
bet2/3
Sana06.05.2023
Hajmi20.55 Kb.
#1434908
1   2   3
Brutto-balans– tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oluvchi balansdir. Vositalarning haqiqiy qiymatini(tannarxi yoki qoldiq qiymatini) aniqlashdasummalar boshqa moddalar summalaridan chegiriladigan moddalar tartibgasoluvchi moddalar deyiladi. Masalan, «Asosiy vositalar» summasidan«Asosiyvositalarning eskirishi» tartibga soluvchi modda summasi chegiriladi. Brutto-balansda ana shu tartibga soluvchi moddalar summasi balans yakuniy qiymatigakiritiladi.
Netto-balans– qiymatidan tartibga soluvchi moddalar summasichegirilgan balans. O‘zbekistondagi barcha korxonalar netto-balans tuzadi, ya’nibalans yakuniga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar qoldiq qiymatda, qaytasotiladigan tovarlar esa tannarxi bo‘yicha kiritiladi.


3.2.Biznes jarayonlarida xo‘jalik operatsiyalarining ta’siridabalansdasodirbo‘ladigano‘zgarishlar
Xo‘jalik faoliyati jarayonida sodir bo‘ladigan muomalalar ta’sirida korxona mablag‘larining tarkibida va ularning tashkil topish manbalarida, ayrim hollarda ularning ikkalasida ham o‘zgarishlar yuzaga keladi. Xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalaridagi ro‘y bergan o‘zgarishlar balansda ham tegishli o‘zgarishlarga olib keladi. Balansning asosiy xususiyati - xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikki yoqlama aks ettirish ta’sirida balans moddalari summasi o‘zgarganda aktiv va passiv tengligining o‘zgarmasligi doimo saqlanadi.
Xo‘jalik operatsiyalari ta’sirida balansda to‘rt tip o‘zgarish bo‘ladi.
I–tip o‘zgarish. + Aktiv; -Aktiv. Bunda xo‘jalik operatsiyasi ta’sirida balansning aktiv tomonidagi bir moddasini summasi ko‘payib, ikkinchi bir moddasini summasi kamayadi.
II–tip o‘zgarish. + Passiv; - Passiv. Bunda xo‘jalik operatsiyasi ta’sirida balansning passiv tomonidagi bir moddasini summasi ko‘payib, ikkinchi bir moddasini summasi kamayadi.
I va II–tip o‘zgarishlarda balansning umumiy summasi o‘zgarishsiz qoladi.
III–tip o‘zgarish. + Aktiv; + Passiv. Bunda xo‘jalik operatsiyasi ta’sirida balansning aktiv tomonidagi bir moddasini summasi ko‘payadi, passiv tomonidagi bir modda summasi ham ko‘payadi. Bunda balansning aktiv va passiv tomonlari umumiy summasi xo‘jalik operatsiyasi summasiga ko‘payadi.

Download 20.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling