3-ma’ruza: biznesda buxgalteriya balansining roli va ahamiyati reja


Download 20.55 Kb.
bet1/3
Sana06.05.2023
Hajmi20.55 Kb.
#1434908
  1   2   3

3-ma’ruza:BIZNESDA BUXGALTERIYA BALANSINING ROLI VA AHAMIYATI
Reja:
3.1.Biznesda buxgalteriya balansining mazmuni va shakli
3.2.Biznes jarayonlarida xo‘jalik operatsiyalarining ta’sirida balansdasodir bo‘ladigan o‘zgarishlar
Tayanch iboralar:
Balans, balans moddasi, aktiv, passiv, hisobot davri, hisobot sanasi, xo‘jalik operatsiyalari, balansda bo‘ladigan o‘zgarishlar, joriy aktivlar, uzoq muddatli aktivlar, majburiyatlar, o‘z kapitali.


3.1.Biznesda buxgalteriya balansining mazmuni va shakli
«Balans» so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, o‘zbek tilida «bis» - ikki, «lans» – tarozi pallasi, ya’ni tarozi ikki pallasi tengligi degan ma’ni bildiradi.
Buxgalteriya balansi –xo‘jalik aktivlari, kapitali va majburiyatlarini ma’lum bir kunga pul o‘lchov birligida guruhlash va holatini aks ettirish usulidir.
Buxgalteriya hisobida «balans» tushunchasi ikkita ahamiyat kasb etadi:
1. Jamlangan summalar tengligi, ya’ni schotlarning debeti bo‘yicha summalar jami va krediti bo‘yicha summalar jamining tengligi, har bir sintetik schot ma’lumotlarining (boshlang‘ich qoldig‘i, debet va kredit oborotlari, oxirgi qoldig‘i) mazkur sintetik schotga tegishli analitik schotlar ma’lumotlariga tengligi, balans aktividagi moddalar summalari jami va passividagi moddalar summalari jamining tengligini ifodalaydi;
2. Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi sub’yektning ma’lum sanadagi mulkiy va moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimini ifodalaydi.
Balans ikkita o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tarkibiy qismdan iborat:

  1. Aktiv

  2. Passiv

Bu atamalar ham lotincha bo‘lib, aynan tarjimasi «activus»- aktiv, faol va «passivus» - passiv, faoliyatsiz degan ma’nolarni bildiradi.
Balans aktivida mablag‘lar tarkibi, joylanishi va ishlatilishiga qarab, passivida esa mablag‘larning tashkil topish manbalari: ularning kimniki ekanligi va qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga qarab guruhlangan holda, pul ifodasida ma’lum bir sanaga aks ettiriladi. Balans aktiv va passivi hamma vaqt o‘zaro teng bo‘lishi shart.
Balans aktivi va passivining o‘zaro tengligi uning aktivida ham, passivida ham bir xil xo‘jalik mablag‘lari aks ettirilishidan kelib chiqadi, lekin aktivda mablag‘lar tarkibi, joylanishi va ishlatilish shakli bo‘yicha, passivda esa tashkil topish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha aks ettiriladi.
Balansning aktivi ham, passivi ham ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, balans bo‘limlari balans moddalariga bo‘linadi.
Balans aktiv tomonining bo‘limlari:
I bo‘lim. Uzoq muddatli aktivlar;
IIbo‘lim.Joriy aktivlar.
Balans passiv tomonining bo‘limlari:
I bo‘lim. O‘z mablag‘larining manbalari;
II bo‘lim. Majburiyatlar.
Balans aktivining I «Uzoq muddatli aktivlar» bo‘limida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital quyilmalar va sh.o‘. aks ettiriladi.
Aktivning II «Joriy aktivlar» bo‘limida yuqori likvidli, ya’ni pulga aylantirilishi nisbatan oson xo‘jalik mablag‘lari guruhlangan. Bularga asosan, materiallar, o‘stirilayotgan va boquvdagi chorvamollari, tugallanmagan ishlab chiqarish, debitor qarzlar, qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar hamda pul mablag‘lari kiradi.
Balansning passivining I «O‘z mablag‘lari manbasi» bo‘limida ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, zaxira kapitali va taqsimlanmagan aks ettiriladi.
Balans passivining II «Majburiyatlar» bo‘limida korxona majburiyatlari ularning muddatiga ko‘ra: uzoq muddatli majburiyatlar va qisqa muddatli majburiyatlarga ajratilgan holda ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya balansi axborotlarga boy manba bo‘lib, ularga asoslanib xo‘jalik yurituvchi sub’yekt moliya-xo‘jalik faoliyati hamda uning natijalari baholanadi. Aynan mana shunday muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi bois buxgalteriya balansi buxgalteriya hisoboti shakllari ichida birinchi o‘rinda turadi.
Buxgalteriya balansining aktivi va passivining tuzilishi hamda mazmuni undagi axborotdan foydalanuvchilar, eng avvalo, tashqi foydalanuvchilarga qaratilgan bo‘lib, debitor va kreditor qarzlarning holatini ochib beradi.
Balansga xos ichki o‘zaro bog‘liqliklar axborotdan foydalanuvchilar ehtiyojining qondirilish darajasiga bog‘liq bo‘lmaydi va quyidagilardan iborat:
1. Aktivdagi barcha bo‘limlar summalari yig‘indisi passivdagi barcha bo‘limlar summalari yig‘indisiga teng bo‘lib, bu balansning mohiyati bilan izohlanadi.
2. Xususiy kapitalning hajmi (passivdagi birinchi bo‘lim) uzoq muddatli aktivlar (aktivdagi birinchi bo‘lim) hajmidan ko‘p bo‘ladi. Chunki, xo‘jalik yurituvchi sub’yektning asosiy faoliyati joriy aktivlarsiz mumkin emas deb qabul qilingan. Shuning uchun xususiy kapitalning tarkibi uzoq muddatli va joriy aktivlar shakllanishini doimo nazarda tutadi.
Shunday qilib, zaxiralar va xarajatlarni shakllantiruvchi asosiy manbalarning umumiy miqdori qisqa muddatli kreditlar va qarzlar summasi qo‘shilgan holdagi oldingi ko‘rsatkich miqdoriga teng.
3. Uzoq muddatli aktivlar (balans aktivining birinchi bo‘limi) asosan o‘z mablag‘lari hisobidan shakllanishini e’tiborga olib, ularning miqdori xo‘jalik yurituvchi sub’yekt normal faoliyat ko‘rsatgan sharoitda, majburiyatlar (balans passivining ikkinchi bo‘limi) summasidan ko‘p bo‘lishi mumkin.
4. Balansda barcha aktivlar va passivlar juda batafsil beriladi. Bu uning aktivi va passivi bo‘yicha ayrim moddalari, natijada, ayrim mulklarni qoplash manbalari o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatishga imkon beradi.

Download 20.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling