3-ma’ruza: Chiroyli yozuv malakalarini shakllantirish usullari. Husnixat darslarida ko‘rgazmali qurollardan foydalanish Reja


Download 0.95 Mb.
bet8/10
Sana26.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1128225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Husnixat 3-ma\'ruza

1-mashq. Dastlabki holat – o’rningizdan turib, qo’llarni oldinga cho’zib turing. Bir deganda barmoqlarni ochamiz (1-rasmga qarang), ikki deganda barmoqlarni bukamiz.

1-mashq
2-mashq. Dastlabki holat – tirsaklar partaning ustiga qo’yiladi, barmoqlar musht qilinib, engil tutiladi hamda chap va o’ng tomonga 5-6 marta aylantiriladi (2-rasmga qarang).

2-rasm
Bunday masqlarni yana ham qiziqarliroq tashkil etish va o’tkazish mumkin. Masalan, butun sinf birgalikda quyidagi she’rni yoddan aytib qo’llarini oldinga cho’zib, uni o’ng va chapga harakat qildiradilar:
Yozdik, yozdik, charchadik,
Ruchkani qo’yib dam oldik.

Yoza-yoza qo’llarim


Charchadi barmoqlarim.
Agar chiroyli yozsam
Rahmat aytar muallim.
Husnixat darslarida turli xildagi jadvallardan foydalanish. Boshqa darslarda bo’lgani kabi, husnixat mashg’ulotlarida ham ko’rgazma qurollardan foydalaniladi. Bunda o’quvchilar harf va uning elementlarini to’liq va to’g’ri o’zlashtirib oladilar.
Husnixat mashg’ulotlarida quyidagi ko’rgazma usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1. Harf va uning unsurlarini sinf taxtasi (doska)da yozib ko’rsatish.
2. O’quvchilarning daftarlarida harf va uning elementlarini yozib ko’rsatish.
3. Husnixat daftaridagi harflarga qarab yozdirish.
4. Turli xildagi jadvallardan foydalanish.
Bularning ichida harf va uning unsurlarini sinf taxtasida yozib ko’rsatish asosiy usul hisoblanadi. Agar o’qituvchi sinf taxtasida harf va uning unsurlarini chiroyli va aniq yozib ko’rsatsa, o’quvchilar ham shunday yozishga kirishadilar.
O’quvchilarda doskaga yozish malakasini hosil qilish uchun ularning barmoq va qo’l harakatlari o’stirilib, harflarning nisbatini to’g’ri olish, bo’rni to’g’ri ushlash hamda bir xil yo’g’onlikdagi chiziqlarni chizish o’rgatiladi.
Bunday ko’nikmalar hosil qilingandan so’ng doskada yozish uchun tayyorgarlik mashqlari o’tkaziladi. Bu mashqlarni bajarishdan oldin doskada 30x30 sm li kvadratlar chizib olinadi. Shu kvadratlarning ichiga to’g’ri chiziqlar ko’z bilan chamalab chiziladi (rasmga qarang).

To’g’ri chiziqlarni chizish mashq qilingandan so’ng har xil qiyaliklardan va aylanalar shaklidan iborat bo’lgan mashqlarga o’tiladi (rasmga qarang).



Bunday mashqlarni bajarishda qo’lning harakatiga alohida e’tibor berish zarur. Mazkur rasmlarni o’quvchilarning o’zlari dars boshlanishidan oldin bajarishni mashq qilib ko’rishlari mumkin, chunki bu ularning qo’l harakatini o’stirishga yordam beradi. O’quvchilarga harflarning yozilish usullarini tushuntirishdan oldin harf unsurlarini «Husnixat» daftarida berilganidek sinf taxtasida yozib ko’rsatish lozim. O’qituvchi harf va uning unsurlarini o’quvchilarga o’rgatish uchun quyidagilarga ahamiyat berishi lozim.
1. O’qituvchi sinf taxtasiga yozayotgan vaqtida shunday turishi kerakki, sinf taxtasiga yozilayotgan harf yoki uning unsurlari o’quvchilarga aniq ko’rinib tursin.
2. Harflarni oldindan (tanaffus vaqtida) yozib qo’ymaslik kerak, chunki o’quvchilar o’qituvchining yozayotgandagi qo’l harakatlarini ko’rmasalar, harflarni ko’r-ko’rona ko’chirib oladilar.
Har bir harfning yozilishini o’quvchi to’g’ri o’zlashtirib olishi uchun dars jarayonida tushuntirib, ko’rsatib yozish maqsadga muvofiqdir.
3. Sinf taxtasida harflarning bir tekis joylanishiga ahamiyat berish, sinf taxtasining to’g’ri kelgan yeridan yoza bermay, hamma o’quvchilarga ko’rinarli bo’lgan eridan boshlash va harflarning kata-kichikligini doim bir tekisda olib borish kerak.
Husnixat mashg’ulotlari uchun ishlangan ko’rgazma qurollarining harflari sinf taxtasiga yozilgan harflardan kichik bo’lmasligi kerak. Jadvallarni 30x50 sm o’lchamda bajarish mumkin.
Ko’rsatilayotgan narsaning tasviriga, xarakteriga, yozilishiga yoki biron mavzuni yoritib borishiga qarab jadvallarni quyidagi besh guruhga bo’lish mumkin: 1) matnli; 2) raqamli; 3) grafik; 4) illyustratsiyali; 5) aralash.
Ayrim o’qituvchilar ko’rgazma qurollarning turlariga yetarli e’tibor bermaydilar hamda ularning bir-biridan yaxshi ajrata olmaydilar. Har bir jadval o’z spetsifikasiga qarab ishlanadi va alohida bir vazifani bajaradi, shuning uchun ularni bir-biri bilan aralashtirib yuborish yaramaydi. Quyida har bir jadvalning vazifasi bilan tanishib chiqamiz.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling