3. ma’ruza. Diqqat reja


Diqqatni faoliyat ustida to‘plash


Download 23.88 Kb.
bet2/4
Sana31.01.2023
Hajmi23.88 Kb.
#1143742
1   2   3   4
Bog'liq
3.1.Диққат

Diqqatni faoliyat ustida to‘plash va ushlab turish uchun faoliyatni to‘g‘ri tashkil qila bilish kerak. Masalan, 10-12 yoshli bolalar 40 minut davomida tanaffuzsiz ishlashlari mumkin. Agar faoliyat qiziqarli tashkil qilinsa, u holda bundan ham ko‘proq vaqt mashg‘ul bo‘lishlari mumkin.
Diqqatning bo‘linuvchanligi ustida olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ikkita yoki uchta ishni birdaniga bajarish mumkin, bunda I. P. Pavlov ko‘rsatganidek, ulardan biri tanish (ishdan oldin bajarilganligini eslatuvchi) va bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ida «navbatchi punktlar» mavjud bo‘lsa. Ikkita faoliyatni bir davrning o‘zida bajarish uchun faoliyatning biri diqqatni talab qilmaydigan yoki avtomatlashgan bo‘lishi talab qilinadi. Kishida bunday imkoniyat faqat mashq qilish orqaligina yuzaga kelishi mumkin, xolos.
Diqqatning ko‘chuvchanligi mezoni (kriteriyasi) faoliyatimizning bir turdan ikkinchi turga aylanishidir. Jumladan, telefonistka diqqatini tezkorlik bilan bir abonentdan ikkinchisiga ko‘chirishi bunga yorqin misoldir. Diqqatning ko‘chuvchanlik xususiyati sekinlashuvi uning sifati pasayishiga olib keladi. Diqqatning ongli ravishda ko‘chishi namoyon bo‘lsa-da, lekin ayrim hollarda ongsiz holatda inson diqqati bir ob’ektdan ikkinchisiga ko‘chishi ham mumkin. Misol uchun tabiat quchog‘iga sayr qilish chog‘ida, kino film tamosha qilishda xuddi shunday ko‘chish holati yuzaga keladi.
Diqqat va uning turlari
Odam ayrim narsalarga oʻz diqqatini ongli ravishda oʻzi hohlab qaratsa, boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor ya’ni bizning hohishimizdan tashqari jalb qiladi. Odam psixik faoliyatining muayyan ob’ektga yoʻnaltirilishi va toʻplanishida ifodalanadigan diqqat quyidagi turlarga boʻlinadi.
-Diqqatning aktivligiga qarab - ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan soʻnggi diqqat.
-Diqqatning ob’ektiga qarab - tashqi va ichki diqqat.
-Diqqatning faoliyat turlariga qarab - individual, guruhiy va jamoaviy diqqat
Ayrim adabiyotlarda diqqatning ikkita va ayrimlarida uchta deb koʻrsatiladi. Ular ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat va ixtiyoriydan soʻnggi diqqat turlaridan iboratdir.
Diqqat turlarida insonda yuzaga keladigan holatlar quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
Odamning koʻz oʻngida paydo boʻladigan juda yorqin rangli narsalar, oʻzining tashqi koʻrinishi jihatidan odatdagi narsalardan keskin farq qiluvchi predmetlar, toʻsatdan paydo boʻlgan qattiq tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar boʻlishi mumkin. Masalan, hikoya oʻqish mashgʻuloti paytida toʻsatdan uchib oʻtgan reaktiv samolyotning qattiq va bahaybat tovushi hammaning diqqatini beixtiyor oʻziga jalb qiladi.
Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan diqqatdir. Shuning uchun ham ayni chogʻdagi ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimiz bilan bogʻliq boʻlgan narsalarning ta’siri ixtiyorsiz diqqatga sabab boʻladi. Masalan, erkin oʻyin paytida zaldan eshitib qolgan bolani qiziqtirgan musiqa ovozi uning diqqatini oʻyindan darhol oʻziga jalb qilib oladi.
Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini orientirovka yoki bu nima? refleksi tashkil qiladi. Chunki tevarak-atrofimizdagi narsalarning salgina oʻzgarishi bizda darhol orientirovka refleksini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, "nima gap?" degan ma’noda atrofimizga razm sola boshlaymiz.

Download 23.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling