3-ma`ruza: Kasb tanlash va kasbiy shakllanishning psixologik jihati. Shaxning kasbiy etikasi va individual xususiyatlar. Reja


Psixologiyaning shakllanish tarixi


Download 162.52 Kb.
bet6/14
Sana17.06.2023
Hajmi162.52 Kb.
#1521490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-mavzu k.p.

3.3. Psixologiyaning shakllanish tarixi. Psixologiya fanining o’z oldiga vazifa qilib qo’yadigan muammolari juda xilma-xil bo’lib, u eng avvalo, psixik faoliyatning asosiy qonunini belgilash, uning rivojlanish yo’llarini aniqlash, har bir psixik prosessning asosida qanday mexanizm borligi, uning o’zgarish jarayonlarini ochib berish masalalarini o’rganadi. Psixologiya psixik faoliyatning u yoki bu sharoitda qanday ro’yobga chiqqanligini o’rganish bilangina shug’ullanib qolmasdan, bu jarayonlarni qanday boshqarib borish masalalarini ham ilmiy asosda o’rganadi. Shuning uchun ham ilmiy psixologiya boshqa barcha o’rganilayotgan predmetlar orasida eng asosiy fanlardan hisoblanadiki, uning jamiyat rivojlanishi bilan ahamiyati yanada ortib va takomillashib boraveradi. Psixologik fenomenga turlicha nazariya bilan yondashish mumkin. Biologik yondashuv miyadagi jarayonlarni va jismoniy o‘zgarishlarini o‘rganadi, masalan, yuz qizarishi, asabiylashish holatlari.
Psixikaning taraqqiyoti, uning harakati - o’zgarishidir. Qadimgi faylasuflar ruhiy hodisalarning rivojlanishini turlicha talqin etib keldilar, uni ilohiy kuchga bog’lab tushuntirishga harakat qiladilar. Masalan, grek filosofi Fales (eradan avvalgi 624-547 yillar) odamning ruhiy hayotini bug’ shaklida tasavvur qilgan va uning asosida suv yotadi degan. Anaksimen esa (eradan avvalgi 588-525 yillar) ruhiy hayotning manbai havodir deb ta’lim bergan. Geraklit (eradan avvalgi 544-488 yillar) ruhiy hayotning manbaini olov deb targ’ib qilgan. Qadimgi falsafaning mashhur namoyandalari Suqrot (eradan avvalgi 469-399) va Platon (eradan avvalgi 427-347 yillar) ham inson psixikasi, ruhiy hayoti haqida butunlay boshqacha nazariyani olg’a surganlar. Ularning fikricha, tana va jon boshqa-boshqa qismlardir. Go`yoki jon inson tanasiga “ideal” dunyodan kiradi-yu, ma’lum vaqtdan so’ng yana o’sha dunyoga qaytib ketadi. Mashhur faylasuf Demokrit esa (eramizdan avvalgi 460-370 yillar) inson organizmi atomlardan tashkil topgan, uning ruhi mayda atomlardan iborat degan fikrni olga suradi. Psixologiya tarixida psixika va uning taraqqiyoti haqida turli-tuman fikrlar yuqoridagilardan tashqari ham juda ko’p. Psixik hodisalarni materialistik nuqtai nazardan talqin etishda mashhur grek faylasufi Aristotelning (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) xizmati kattadir. Aristotel qadimgi faylasuflardan birinchi bo’lib psixologiyani alohida fan sifatida qaradi, psixik hodisalarga materialistik nuqtai nazardan yondashdi. Uning “Etika”, “Ritorika”, “Metafizika”, “Hayvonlar tarixi” kabi asarlarida turli psixik hodisalarga oid fikrlar juda ko’p. Psixologiya bo’yicha birinchi ilmiy asar Aristotelning «Ruh to’g’risida» traktati hisoblanadi. Aristotel o’zigacha bo’lgan faylasuflarning, jumladan, o’z ustozi Platonning psixologik qarashlarini tahlil qildi. Aristotelning psixologik ta’limotida ruh va tananing o’zaro munosabati muammosi muhim o’rin tutadi. Geraklit, Demokrit, Aflotun, Aristotellarning ta’limotlari keyingi asrlarda psixologik g’oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta, asos bo’ldi. Asta-sekin ruh haqidagi tushuncha hozir biz psixika deb atayotgan darajaga nisbatan qo’llanila boshladi. Psixika kategoriyasi zamirida ong haqidagi tushuncha maydonga keldi. Kishi faqat idrok va tafakkurga ega bo’lib qolmasdan, ularni unga mansubligini e’tirof etishga ixtiyoriy harakatlar qilibgina qolmasdan, balki bu harakatlarni uni o’zi qilayotganini bilishga ham qodirdir. XVII asr biologik va psixologik bilimlar taraqqiyotida yangi davrni ochib berdi. Fransuz olimi Dekart (1596-1650) xulq-atvorning reflektor tabiati haqidagi ta’limotini yaratdi. Ingliz olimi Gobes (1588-1679), Fransuz olimi Spinoza (1632- 1677) olamning bir butunligini, tana va jon to’g’risidagi ta’limotni yaratdilar. Ingliz olimi Jon Lokk (1632-1704) empirik (tajriba) asosidagi ta’limotni empirik psixologiyani yaratdi, shundan keyin rus olimlari I.M.Sechenov, I.P.P avlov, I.E.Vvedenskiy, A.A.Uxtomskiy inikos nazariyalarini yaratdilar. Refleks haqidagi tushuncha organizmning tashqi ta’sirga qonuniy javob reaksiyasi sifatida paydo bo’ldi. I.M.Sechenov (1829-1905) «Bosh miya reflekslari» (1963) asarida «ongli va ongsiz hayotning barcha harakatlari ro’y berish usuliga ko’ra reflekslardan iboratdir», degan xulosaga kelgan edi. I.M.Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan boshqarilishi g’oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariy qoidalari I.P.Pavlov (1849-1939) tomonidan tajriba yo’li bilan tasdiqlandi va 8 aniqlashtirildi.
Psixologiyada determinizm inson psixikasining shakllanish xususiyatlarini tushuntiradi. Bu sodir bo'ladigan hodisalarga ta'sir qiluvchi uchta omildan iborat model:
-atrofdagi haqiqat;
-shaxsning shaxsiy fazilatlari;
-xulq-atvor.
Atrof-muhit inson xarakterining namoyon bo'lishiga va uning hatti-harakatlariga ta'sir qiladi, xuddi xulq-atvorning o'zi atrofdagi haqiqatga bog'liq. Masalan, uyatchan qiz birinchi marta yangi sinfga keldi, sinfning orqa tomonidagi bo'sh o'rindiqda o'tiradi. Ammo sinfdoshlardan biri yangi kelganni xushmuomalalik bilan uning yoniga o'tirishga taklif qiladi, u buni qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, muhit qizning odatiy turmush tarziga o‘zgartirishlar kiritib, uning hatti-harakatlarini o‘zgartirgan.

Download 162.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling