3-ma`ruza: Kasb tanlash va kasbiy shakllanishning psixologik jihati. Shaxning kasbiy etikasi va individual xususiyatlar. Reja
Download 162.52 Kb.
|
3-mavzu k.p.
Erta yoshlik davri -bu davrning asosiy vazifasi kasb tanlash. Bu realistik aptatsiya davri hisoblanadi. O’smirning kasbiy rejalari aniq ifodalanmagan, orzu shaklida bo’ladi. U odatda o’zini turli emotsional yoqimli bo’lgan kasbiy rollarda tasavvur etadi, ammo kasb tanlash bo`yicha biror xulosaga kelmagan bo’ladi. Aslida esa o’spirinlik davrining boshida umumta’lim maktabini bitirgan yigit qizlar oldida bu muammo paydo bo’ladi. Bu taxminan katta yoshdagi o’smirlarning uchdan bir qismini tashkil etadi. Ulardan ayrimlari boshlang’ich va o’rta maxsus ta’lim yurtlariga, qolganlari mustaqil mehnat faoliyatini boshlashga majbur bo’ladilar. 14-15 yoshda kasb tanlash juda qiyin chunki kasbiy maqsadlar aniqlanmagan bo’ladi. Kasbiy yo`nalgan orzular va romantik intilishlarni aslida ro’yobga chiqarib bo’lmaydi. Real boshlangan kelajakdan qoniqmaslik refleksiyasining ya’ni shaxsiy “men”ni anglashni rivojlanishiga olib keladi (kim men? mening qobiliyatlarim qay darajada? men kim bo’lmoqchiman? Kimga o’xshagim keladi?) va boshqalar. Kasb-hunar o’quv yurtlarida kasbiy ta’lim oluvchilar kasb jixatdan o’zlarini anglay oladigan bo’lishlari kerak. Ammo statistika ma’lumotlariga ko’ra kasb-hunar o’quv yurtidagi tanlov psixologik jixatdan asoslanmagan. Shunday qilib katta yo`shdagi o’smirlar uchun o’quv yurtidagi kasbiy o’zini o’zi anglash kasbiy ta’lim va kasbiy tayyorgarlik yullarini anglangan tanlovi xisoblanadi.
Yoshlik 16-23 yoshda yigit qizlarning aksariyat qismi o’quv yurtlarida kasbny ta’lim olishadi yoki korxona va muassasalarda kasbiy tayyorgarlik ko’rishadi. Endi istalgan kelajak ko’plar uchun hakikiy bo`ldi, ammo ayrimlar kasbiy tanlovlaridan qonikmaydilar. Shunday bo’lsada, ko`p yigit qizlarda kasbiy ta’lim davomida amalga oshirilgan tanlovdan qoniqish seziladi. Kelajakdagi ijtimoiy kasbiy vazifani sekin-asta egallash, shaxsni ma’lum kasbiy xamjamiyat vakili sifatida shakllanishiga yordam beradi. Yoshlik (27 yoshgacha) bu ijtimoiy kasbiy faollik davri. Kasbiy tanlov to’g’riligi xaqidagi ikkilanishlar orqada qolgan. Odatda, kasbiy tajriba va ish joyi ham mavjud. Endi dolzarb masala bu kasbiy rivojlanish xisoblanadi. Tengdoshlarining bir qismi ma’lum kasbiy yutuqlarga erishgan. Ammo yoshlarning aksariyat qismi kasbiy rejalar, kasbiy maqsadlarning amalga oshmaganidan aziyat chekishadi. Real kasbiy yutuqlarning yuqligi, lavozimdan ko’tarilishi, istiqbollarining yuqligi, noanikligi, o’zini taxlil etish va o’ziga baho berishni taqozo etadi. Kasbiy hayotni qaytadan ko’rib chiqish, yangi muhim hayotiy maqsadlarni keltirib chiqaradi. Masalan: Kasbiy malakani oshirish va takomillashtirish. Ishni o’zgartirish. Yoqqan mutaxassislikni yoki kasbny tanlash. Shunisi ma’lumki, 30 yoshgacha ko’pgina yoshlar uchun kasbiy o’zlikni anglash muammosi dolzarb bo’lib qoladi. Bunda ikki yul mavjud yoki tanlagan kasbda qolish va professional darajasiga yetish, yoki kasbiy migratsiya, ya’ni ish joyi yoki kasbni almashtirishdan iborat. Download 162.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling