3-ma`ruza: Kasb tanlash va kasbiy shakllanishning psixologik jihati. Shaxning kasbiy etikasi va individual xususiyatlar. Reja


Download 162.52 Kb.
bet4/14
Sana17.06.2023
Hajmi162.52 Kb.
#1521490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
3-mavzu k.p.

Shaxs individlararo munosabatlar sub'yektidir. "Individ" va "shaxs" tushunchalarining bir-biriga mos kelmasligi va aynan o`xshash emasligi faktidan shu narsa ayonki, shaxs tushunchasi birgalikdagi faoliyatning har bir ishtirokchisi uchun ushbu faoliyatning mazmuni, qadriyatlari va mohiyati orqali namoyon bo`ladigan shaxslararo barqaror bog`lanishlar sistemasidagina anglanilishi mumkin. Bunday shaxslararo aloqalar realdir, lekin ular tabiatan "g`ayrixissiy"dir. Ular jamoaga kiradigan odamlarning konkret individual xususiyatlari va hatti-harakatlaridan namoyon bo`ladi, lekin ularning sababchisi bo`la olmaydi. Ular har bir individlararo aloqalar sistemasida va undan kengroq miqyosda-ijtimoiy munosabatlar sistemasida egallaydigan alohida mavqeini belgilab beradigan ana shu shaxsiy xislatlarini namoyon qiladigan gurux shaklidagi sha faoliyatning alohida fazilatini tashkil etadi.
Shaxs va individuallik. Har bir kishining shaxsi uning individualligi vujudga keltiradigan xislatlar va fazilatlarning faqat unga xos birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik-kishining o`ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarda, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur) da qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubda va hokazolarda namoyon bo`ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o`zida mujassamlashtirilgan odam yuk-inson shaxsi o`z individualligi jihatidan betakrordir.
Shunday qilib, inson shaxsining tuzilishi individuallikning tuzilishiga qaraganda keng ekanligi shubhasizdir. Shu boisdan bunga, birinchi navbatda, uning individualligini ko`rsatadigan va faqat ehtirosda, ichki qiyofada, qobiliyatlarda va h okazolarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishigina emas, balki shaxsning rivojlanish darajasi hai xil bo`lgan guruhlarda, ana shu guruh uchun yetakchi hisoblangan faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda o`zini namoyon etishni ham qo`shish shart.

Download 162.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling