3-ma`ruza: Kasb tanlash va kasbiy shakllanishning psixologik jihati. Shaxning kasbiy etikasi va individual xususiyatlar. Reja


Shaxsning kasbiy shakllanish bosqichlari. Maktabgacha bolalik


Download 162.52 Kb.
bet7/14
Sana17.06.2023
Hajmi162.52 Kb.
#1521490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
3-mavzu k.p.

3.4. Shaxsning kasbiy shakllanish bosqichlari. Maktabgacha bolalik. Hammaga ma’lumki, bolalar o’zaro o`yinlarida kattalarga taqlid qilishadi va ular harakatlari va faoliyatlariga o’xshatishga intilishidadilar. Maktabgacha yoshda sujetli - rolli o`yinlar keng tarqalgan bo’lib, ular kasbiy yo`naltirilgan xarakatlarga ega bo’ladi. Bolalar shifokori, sotuvchi, tarbiyachi, transport vositasining xaydovchisi rollariga kirishib o`ynaydilar. Kelgusi kasbiy o’zlikni anglashda birinchi mehnat sinovlari muhim ahamiyatga ega - unga murakkab bo’lmagan, ya’ni kiyim, o’simliklar parvarishi, xonalarni yig’ishtirish va boshqa xarakatlarni bajarish kabilar kiradi. Bu mehnat xarakatlari mehnatga bo’lgan qiziqishni rivojlantiradi, xar qanday faoliyatga ijodiy yondashish tarbiya asosini tashkil etadi, kattalar mehnati haqida bolalarning tasavvurlarini boyitadi. Kelgusidagi kasbiy o’zlikni anglashga kattalar mehnati xakidagi bilimlar ijobiy ta’sir kursatadi. Bu bilimlarning shakllanishi uchun kattalar mehnatini kuzatib, keyin bajarilgan mehnat mazmunini tasvirlashga to`g’ri keladi. Kasbiy rolli o`yinlar oddiy mehnat turlarini bajarish, kattalar mehnatini nazorat qilish natijasi - mehnat turlarini farqlash xamda turli xisoblarni taqqoslash asosida maktabgacha tarbiyalanuvchilarining “o’zini anglashidir”.
Kichik maktab yoshi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning psixologik xususiyati bu kattalarga taqlid qilishdir. Shundan ularga qadrli bo’lgan insonlar kasblariga taqlid qilishi kelib chiqadi. O’qituvchilarga, ota- onalariga, qarindoshlariga, yaqin tanishlariga bundan o’ziga xos induktsiya kuzatiladi. Bu yoshdagi bolalarning ikkinchi muhim xususiyati – yutuqlarni avvalambor etakchi faoliyatda ya’ni o’qishda anglaydilar. Bolaning o’qish, o`yin, mehnat faoliyati tajribasi asosida o’z qobiliyatlari va imkoniyatlarini anglashi istalgan kasb haqida tasavvur shakllanishiga olib keladi. Kichik maktab yoshining oxirlarida qobiliyatlarning rivojlanishi bolalar o’rtasida individual farqlarning sezilarli darajada rivojlanishiga olib keladi va kasbiy tanlov aspektlarini kengaytiradi. 
O’smirlik davri - bu birinchi ambivalent optatsiya davri. O’spirinlik shaxs shakllanishining mas’uliyatli davrlaridan biridir. Bu yoshda xar xil kasb turlariga ma’naviy munosabat asoslari, shaxsiy qadriyatlar tizimi shakllanadi. Ular o’smirlarning turli kasblarga nisbatan tanlovli munosabatini belgilab beradi. Kattalar xulqining tashki shakllariga taqlid etib, o’smir bolalar kuchli,irodali, jasur bo’lgan “Xaqiqiy erkaklarning” romantik kasblarga qiziqishlarini yo`naltiradilar (uchuvchi, kosmanavt, avtopoygachi, va x.k).Qizlar esa o’z qiziqishlarini “haqiqiy ayollarga” jozibali, go’zal va mashxur ayollarga yo`naltiradilar (mashxur estrada qushiqchisi, teleboshlovchi, modeler,va x.k). romantik kasblarga yo`nalishi ommaviy axborot vositalari ta’sirida shakllanadi. Bunday romantik kasbiy yo`nalishning shakllanishiga shuningdek, o’smirlarning o’zini namoyon eta olishiga intilishi sabab bo’ladi. Istalgan kasb namunalari, kasbiy orzular kasbiy shakllanishning psixologik bir bosqichi bo’lib qoladi.

Download 162.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling