Non ham non, ushogʻi ham non


Download 439.35 Kb.
Sana21.11.2023
Hajmi439.35 Kb.
#1793090
Bog'liq
safiya


Mavzu: “Non ham non, ushogʻi ham non”
Faoliyat maqsadi: Bolalarga nonning azizligini, uni isrof qilmaslikka oʻrgatish. Kattalar mehnatini tushunishi va hurmat qilishga oʻrgatish.
Kerakli jihozlar: Xamirdan tayyorlangan non mahsulotlari, savatchada non, likopchalarida pishiriqlar, bugʻdoy boshoqlari tasvirlangan suratlar, juva, taxtacha, sochiq va tayyor xamir.
F aoliyat borishi: Tarbiyachi: Bolajonlar sizlar bilan bugun ta’limiy faoliyatimizda “Non ham non, ushogʻi ham non” mvzusida suhbatlashamiz. Bizning mehnatsevar dehqonlarimiz kuz faslida dalalarga bugʻdoyni sepib qoʻyadilar va yoz faslida hosilni yigʻishtirib oladilar. Bugʻdoy yoz faslida pishib yetiladi. Yetilgan bugʻdoyni yigʻib olishib tegirmonlarda yanchib tayyor un holati olib kelishadi. Tayyor un esa qoplarga joylanib novvoyxonalarga, doʻkonlarga joʻnatiladi. Novvoylar tomonidan va onalarimiz tomonidan turli-tuman bir-biridan mazali nonlar pishirib doʻkon, bozorlarimizga joʻnatiladi. Bolajonlar hammamizning onalarimiz bizga issiq nonlar pishirib beradi-a, toʻgʻrimi? Mana koʻrdinglarmi balajonlar, non bizning rizq-roʻzimiz, dasturxonimiz koʻrki. Shuning uchun ham nonlarni isrof qilmaslik, uvogʻini ham yerga tushirmaslik kerak. Bolajonlar non haqida she’r va topishmoqlar bilasizmi?
1-bola:
Non yopganda mening oyim,
Kichik kulcha yopar doim.
Kulcha juda mazali,
Sedanali jizzali.
Yegan sayin yegim kelar,
Rahmat oyi degim kelar.
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar, non haqida maqollar ham bilasizlarmi?
2-bola:
Non ham non,
Uvogʻi ham non.
Tarbiyachi: Juda toʻgʻri aytdingiz nonning uvogʻi ham non hisoblanadi. Yerga toʻkilgan uvogʻlarini ham terib olib qoʻyish kerak. Hozir esa men sizlarga topishmoq aytaman.
Togʻorada shishadi,
Tandirda pishadi. (Non)
Tarbiyachi: Judayam toʻgʻri, barakalla. Endi bolajonlar sizlar bilan tayyor xamirdan zuvalachalar yasaymiz va kulchalar qilamiz. Nonlarni yasab boʻlgan bolalar tarbiyachining birinchi koʻrsatmasiga binoan gaz patnisi ustiga terib qoʻyiladi. Patnisga terib qoʻyilgan kulchalar bogʻcha oshxonasida pishirib olib chiqiladi. Bolalar oʻzlari pishirgan kulchalarni mazza qilib yeyishadi. Chiroyli bejirim yasalgan kulcha non egalari ragʻbatlantiriladi. Tarbiyachi: Bolajonlar, charchab qolmadingizmi? Endi bolajonlar sizlar bilan bilimlaringizni mustahkamlash uchun savol-javob qilamiz.




Tarbiyachi: Bugʻdoy qayerda yetishtiriladi?
Bolalar javobi: Dalada.
Tarbiyachi: Yigʻib olingan bugʻdoy qayerga olib boriladi?
Bolalar javobi: Tegirmonga.
Tarbiyachi: Tegirmonda bugʻdoyni nima qilishadi?
Bolalar javobi: Un tayyorlashadi.
Tarbiyachi: Undan nimalar tayyorlanadi?
Bolalar javobi: Non, turli xil pishiriqlar. Tarbiyachi: Afsonadagi boy kishi oʻzi bilan nima olgan?
Bolalar javobi: Juda koʻp oltin.
Tarbiyachi: Afsonadagi kambagʻal kishi oʻzi bilan nima olib boradi?
Bolalar javobi: Bir xalta qotgan non.
Tarbiyachi: Bolajonlar, faoliyat sizlarga yoqdimi?
Bolalar javobi: Ha, yoqdi.



Faoliyat yakunida faol ishtirok etgan bolalar tarbiyachi tomonidan ragʻbatlantiriladi.
Download 439.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling