3-Ma’ruza: Kesim mustaxkamligini qiya kesim bo‘yicha xisoblash


Download 167.5 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi167.5 Kb.
#1375413
Bog'liq
3.-ma\'ruza


3-Ma’ruza: Kesim mustaxkamligini qiya kesim bo‘yicha xisoblash
Reja:
1. Qiya kesimlardagi egiluvchan elementlarni mustahkamligini hisoblash.
2. Qiya kesimlarga eguvchi momentlar ta’siri.
Egiluvchi elementlarning tayanch zonalarida eguvchi moment va kesuvchi kuch ta’siridan murakkab tekis kuchlanish holati sodir bo‘ladi. Elementning qiya kesimida vujutga keladigan bosh siquvchi kuchlanishlar betonni ezishga harakat qilsa, bosh cho‘zuvchi kuchlanishlar betonni yorishga harakat qiladi (21– rasm).

21 – rasm. Egiladigan element tayach zonasiningkuchlanish holati


Bosh siquvchi va bosh cho‘zuvchi kuchlanishlar qiymatlari materiallar qarshiligi kursida keltirilgan quyilagi formuladan aniqlanadi:




, (4.1)

bu erda x – element ko‘ndalang kesimidagi normal kuchlanish;y – element bo‘ylama kesimidagi normal kuchlanish; xy – element kesimidagi urinma kuchlanish.


Element neytral o‘qida normal x kuchlanishlarning qiymati nolga teng ekanligini (21– rasmga qarang) va y kuchlanishning qiymati juda ham kam (y0) ekanligini e’tiborga olganda (4.1) formula qo‘yidagi ko‘rinishni oladi:


. (4.2)
Urinma kuchlanish miqdori Juravskiy formulasidan aniqlanadi:


, (4.3)
bu erda Q – kesuvchi kuch; S– kesim siljiydigan qismining neytral o‘qqa nisbatan statik momenti; b kesim eni; I – elemnt kesimining neytral o‘qqa nisbatan inersiya momenti.
To‘g‘ri to‘rtburchak kesim uchun S= bh2/8; I = bh3/12. Bu ifodalarni (4.3) formulaga qo‘yib (4.2) formuladan kesuvchi kuch uchun quyidagi munosabatni olamiz:
. (4.3)
(4.3) formulada mc=Rb qabul qilib qiya kesim buzilishining siqilgan beton bo‘yicha maksimal qiymatini aniqlaymiz:


. (4.3)

(4.3) formulada mt=Rbt qabul qilib qiya kesim buzilishining cho‘zilgan beton bo‘yicha minimal qiymatini aniqlaymiz.




. (4.3)

Qurilish me’yorlari va qoidalarida [1] qiya kesim buzilishining siqilgan beton bo‘yicha maksimal qiymatini aniqlash uchun quyidagi formula berilgan:




. (4.3)

bu erda w1– element bo‘ylama o‘qiga normal bo‘lgan ko‘ndalang armaturaning ta’sirini e’tiborga oluvchi koeffitsient, ; ; ; Esva Ebarmatura va beton elastik modullari; Asw– to‘sining bir ko‘ndalang kesimida joylashgan ko‘ndalang armaturalar (xomutlar) kesim yuzasi; ; og‘ir, mayda donli va uyali betonlar uchun =0,01; engil betonlar uchun =0,02.


Qurilish me’yorlari va qoidalarida [1] qiya kesim buzilishining cho‘zilgan beton bo‘yicha minimal qiymatini aniqlash uchun quyidagi formula berilgan:

Qminb3Rbtbh0, (4.4)


bu erda φb3 –beton turiga bog‘liq koeffitsient, og‘ir betonlar iuchun φb3 =0,6.


Egiluvchi elementning qiya kesim bo‘yicha buzilishi uch ko‘rinishda bo‘lishi mumkin (21 rasm).
1. Eguvchi moment ta’siridan element cho‘zilgan zonasidagi betondagi kuchlanishlar betonning cho‘zilishdagi chegaraviy qarshiligidan Rbt,ser katta bo‘ladi. Natijada cho‘zilgan betonda yoriqlar paydo bo‘ladi. YOriqlar paydo bo‘lgan kesimlarda hamma cho‘zuvchi zo‘riqishlarni bo‘ylama armatura o‘ziga qabul qiladi. Element cho‘ilgan zonada armatura bilan siqilgan zonada esa beton bilan birlashgan ikki qismga bo‘linadi. Bu ikki qism siqilgan zonada joylashgan “D” nuqta atrofida buraladi.

21–rasm. Egiluvchi elementlarning qiya kesim bo‘yicha buzilish sxemalari:
a – egiluvchi moment ta’sirida; b –ko‘ndalang kuch ta’sirida; v – qiya yoriqlar
orasidagi betonning siqilishidan; 1 – nol xolat; 2 – qiya yoriqlar
; 3 – xomutlar; 4 – siqilishdan buzilgan devorning yo‘li.

Yoriqlarning rivojlanishi sari armaturada oquvchanlik boshlanadi yoki bo‘ylama armatura betonga ishonchi ankerlanmagan bo‘lsa sug‘urilib chiqadi. Kesim siqilgan zonasining balandligi qisqaradi va element buziladi (21, a –rasm).


2. Mustahkamligi etarli va bo‘ylama ishchi armatura betonga yaxshi ankerlangan bo‘l­ganda betonning elementning buzilishi yoriqlar ustidagi bo‘ylama armaturaning oquvchan­lik chegarasiga etgunga qadar ro‘y beradi (21, b –rasm). Bunda xomutlar va qayrilgan ster­jenlarda ham kuchlanish oquvchanlik chegarasiga etadi.
3. Kesimi tavr, qo‘shtavr, quti shaklida bo‘lgan egiluvchi elementlar qovurg‘asining eni kichik bo‘lganda hosil bo‘lgan qiya yoriqlar orasidagi beton bosh siquvchi kuchlanishlar ta’siridan ezilishi ro‘y beradi (21, v –rasm).
Eguvchi moment ta’siridan, qiya kesim mustahkamligi etarli bo‘lmaganda, buzilish birinchi xolat bo‘yicha sodir bo‘ladi. Elementning ikkinchi holat bo‘yicha buzilishi esa ko‘ndalang yuklar ta’siridan ro‘y beradi.


Mavzu bo‘yicha bilimlarni mustaxkamlash uchun blits-so‘rov savollari:
1. Egiladigan elementlarning tayanch zonalarida nima sababdan yoriqlar paydo bo‘ladi? Qiya kesim bo‘yicha buzilish sxemalarini ko‘rsating.
2. Ko‘ndalang kuch ta’siriga qiya kesim bo‘yicha musthkamlik sharti qanaqa ko‘rinishda bo‘ladi ?
3. Eguvchi moment ta’siriga qiya kesim bo‘yicha musthkamlik sharti qanaqa ko‘rinishda bo‘ladi ?
Download 167.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling