3-ma’ruza. Kompleks birikmalarning izomeriyasi Reja: Tuzilish izomeriyasi


Download 389.95 Kb.
bet3/5
Sana03.02.2023
Hajmi389.95 Kb.
#1154516
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-ma\'ruza

Transformatsion izomeriya

Bunday birikmalar tarkibidagi ligandlarning atomlar soni bir xil, lekin ular turli xil kimyoviy xossalarga egadir. Shuni e’tirof etish lozimki, ligandlar orasida genetik bog’lanish mavjud, masalan, [PdC4H8N6S4] tarkibli modda ikki xil shaklda bo’ladi: (NH4)2[Pd(SCN)4] –ammoniy tetrarodanopalladiy(II) anionli kompleks birikma hamda 2 ta SCN va 2 ta NH4+ ioni o’rniga 1 moldan tiomochevina qatnashgan [Pd(H2N – C(S) – NH2)2(SCN)2] noelektrolit modda.


Quyidagi birikmalar ham transformatsion izomerlarga misol bo’ladi:
[PtH(C2H4)(PPh3)2]ClO4 va [Pt(C2H5)(PPh3)2ClO4];
[PtCl(ClC=CCl2)(PPh3)2] va [Pt(Cl2C=CCl2)(PPh3)2].
Transformatsion izomeriya natijasida kimyoviy tarkibi o’zgargan ligandlarning koordinatsion bog’ tabiati ham o’zgaradi, ya’ni -bog’ -bog’ga aylanishi mumkin.

Bog’ izomeriyasi

Bog’ izomeriyasi monodentat ligandlar markaziy ion bilan bir necha xil usulda koordinatsion bog’ hosil qilsagina uchraydi. Masalan NO2 anioni azot atomi bilan  NO2 yoki kislorod atomi bilan  O – N = O bog’ hosil qilishi mumkin. Rodanid ioni esa azot va oltingugurt atomlari bilan koordinatsion bog’ hosil qiladi. Bu xildagi ligandlar ambidentat ligandlar deyiladi. Bunday izomeriyani dastlab Iyergensen o’rgandi. U kobaltning akvokompleksiga nitrit kislota ta’sirida sariq rangli nitrokompleks birikma – [Co(NH3)5NO2]X2 ni oldi, ikkinchi modda och-jigar rangli [Co(NH3)5(ONO)]X2 ekanligini aniqladi. Ularga mineral (ma’dan) kislotalar ta’sir ettirilganda HNO2 ajralib chiqadi. Haqiqatan ham, kobalt ionining azot bilan bog’langan birikmalari sariq rangli bo’ladi. Bunday ligandlar suv yoki sulfoguruh bilan almashtirilganda Co – O bo’lari hosil bo’ladi va birikma qizil yoki jigar rangga bo’yaladi. Kobaltning kompleks birikmalaridan izotiotsianatli birikmalari ilgari ma’lum edi, yaqinda ularning izomeri bo’lgan tiotsianatlari ham sintez qilindi.


Shu narsa aniqlandiki, suvli eritmada tiotsianatli [Co(NH3)5SCN]2+ kompleks birikmalar izotiotsianat – [Co(NH3)5NCS]2+ ga aylanadi. Bu izomerlanish ichki molekulyar amalga oshadi va ishqoriy muhitda jarayon tezlashadi:
[Co(NH3)5SCN]2+ [(NH3)4(NH2)Co – SCN]+
N +
(NH3)4(NH2)Co C [Co(NH3)5SCN]2+
S
Olimlarning fikricha, koordinatsion bog’langan NH3 molekulasining OH ta’sirida deprotonlanishi unga trans- holatda joylashgan tiotsianat ligandning Co – S bog’ini beqarorlashtiradi va rodano guruh kobalt ioni bilan ham azot, ham oltingugurt atomlari orqali bog’ hosil qiladi va keyingi bosqichda bu beqaror intermediate barqaror Co – N bog’iga aylanadi.
Pt(II) va Pd(II) komleks birikmalarida odatda rodanid ligandlar oltingugurt atomi bilan koordinatsion bog’ hosil qiladi. Kompleks birikma molekulasi tarkibida -akseptor xossali ligandlar bo’lsa, M – N bog’I barqarorlashadi. Oltingugurt atomi orqali koordinatsion bog’ hosil bo’landa, markaziy ion bilan ligandlar orasida d – d -dativ bog’i hosil bo’ladi. Palladiyning difosfinli kompleks birikmasi – [Pd(Ph2P – CH2 – CH2 – PPh2)(SCN)(NCS)] tarkibidagi 2 ta rodanid anioni ikki xil koordinatsion bog’langan:




Download 389.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling