3-ma’ruza. Mashinali o’qitishda instrumental vositalardan foydalanish. Matlab dasturiy muhiti bilan ishlash. Reja


 MATLAB dasturiy muhitining vazifalari, imkoniyatlari


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/30
Sana08.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1443168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
3-мавзу-MO\' da Матлаб

1. MATLAB dasturiy muhitining vazifalari, imkoniyatlari, 
kengaytmasi, yordam tizimi va oddiy hisoblashlarni bajarish. 
 
1.1. MATLAB tizimi haqida 
 
Bugungi kunda fan texnika olamida murakkab bo’lgan masalalarni, 
vazifalarni yechish uchun turli xil dasturlash tillari va vositalardan foydalaniladi. 
Hisoblash jarayonlarida bir qator doimiy takrorlanuvchi standart jarayonlar alohida 
paket deb ataluvchi maxsus dasturlar tarkibiga kiritiladi. Dasturlar paketi o’z 
navbatida obyektli modelni vujudga keltiradi. Amaliy masalalar bir nechta 
paketlarga bo’linib, kompyuter algebrasi deb ataluvchi bir necha dasturiy 
ta’minotlar tarkibiga kiritilgan. Bularga Merkury, Maple, Mathematika, Matkad , 
MATLAB kabi dasturlar kiradi. Bu dasturlarning har biri o’z kamchilik va yutuqlari 
bilan alohida o’rganib chiqishga arziydi. MATLAB dasturi 70-yillar oxirida Moler 
tomonidan sodda hisoblash jarayonlarini bajarish uchun yaratilgan. U asosan 3 
avlod EHM da ishlash uchun mo’ljallangan edi. 80-yillar o’rtalariga kelib Little 
Mathworks kompaniyasi xodimi tomonidan MATLABning 4-avlod EHM ga 
mo’ljallangan PC MATLAB versiyasi ishlab chiqildi. Ushbu versiyaning oldingi 
versiya bilan o’xshash jihatlari ko’p bo’lib, bir nechta matematik paketlargina 
oldingi versiyadan farqlab turadi. Bugungi kunda zamonaviy kompyuterlarda 
MATLABning 4,5,6 va 7 versiyalarni ko’rish mumkin. 4-versiyada MATLABning 
dastlabki versiyalarni xususiyatlari saqlanib qolgan. 5-versiya tarkibida ilk bor 
grafik muhit ishchi stoli yaratilgan. Shu bilan birga MATLABning 5-versiyasida 
16 bit va 24 bitli RGB ranglar bilan ishlash, yuqori o’lchamli matritsalar bilan 
ishlash, fazoviy figuralarni chizish faqat sonlar bilan emas, balki matematik 
formulalar bilan ishlash imkoniyatlari kiritilgan. MATLABning 6-versiyasi bu 
dastur rivojining eng asosiy cho’qqilardan biri hisoblanadi. 5-versiyaga 
qo’shimcha ravishda boshqa dasturlash tillariga eksport va import murakkab 
bo’lgan jarayonlar matematik modelni grafika bilan ishlash, boshqa kompyuter 
algebrasi dasturlar bilan moslasha olish jarayonlari qo’shimcha sifatida kiritilgan.
MATLAB ишга тушгандан кейин экранда унинг асосий ойнаси
пайдо бўлади (3.1-расм). Bu oynalarni 3.2- rasmdagidek nomlashimiz mumkin. 
MATLAB menyusi quyidagicha: 
1. Buyruqlar oynasi (Command Window); 
2. Brouzerning ishchi qismi (Workspace Browser); 
3. Massiv muharriri (Array Editor); 
4. Buyruqlar tarixi oynasi (Command History); 
5. Ayni vaqtdagi katalog brouzeri (Current Directory Browser);
6. Start tugmasi (Start);
7. Brouzer so’rovnomasi (Help Browser);
8. Muharrir (Editor/Debugger);
9. Sharhlovchi(Profiler). 



3.1-расм. MATLAB ойнасининг умумий кўриниши. 
3.2- rasm. MATLAB oynalarining nomlanishi. 
Ishchi qism 
Buyruqlar 
oynasi 
Tarix oynasi 



Asosiy buyruqlar oynasi MATLAB dagi barcha buyruqlarni paketlarni va 
kutubxonalani e’lon qilish oynasi hisoblanadi. 
O’zgaruvchilar oynasi dastur tarkibida e’lon qilingan o’zgaruvchilarni 
daraxt ko’rinishida ifodalab boradi.
Buyruqlar tarixi oynasida esa dasturda bajarilayotgan buyruqlar ketma-
ketligi saqlanib qoladi. 
MATLABda seans ishi tushunchasi sessiya (session) deb yuritiladi, ya’ni 
foydalanuvchi ayni vaqtda foydalanayotgan xujjat - bu sessiyadir. Unda kiritish-
chiqarish satrlari va xatoliklar haqida axborot joylashgan bo’ladi. MATLAB 
sessiyaga kiruvchi barcha o’zgaruvchi va funksiyalar qiymatlari xotiraning ishchi 
qismida joylashgan bo’ladi. Save (saqlash) buyrug’i yordamida ularni 
(MATLAB.mat) - da saqlash mumkin. Load (yuklash) buyrug’i esa ma’lumotlarni 
diskdan ishchi sohaga kiritish imkonini beradi. Diary (kundalik) buyrug’i orqali 
ma’lumotlarni ayrim qismlarini kundalik ko’rinishida saqlash mumkin. 
Buyruqlar oynasini boshqarish buyruqlaridan eng muximlarini keltiramiz:
- clc - ekranni tozalaydi va kursorni bo’sh ekranning yuqori chap qismiga 
joylashtiradi;
home - kursorni ekranning yuqori chap qismiga qaytaradi. Jadal su’ratlar 
bilan rivojlanib borayotgan kompyuterlashgan matematik tizimlar (KMT), ayniqsa, 
sonli hisoblashlarga yo’naltirilgan tizimlar orasida MATLAB matrisali matematik 
tizim alohida ajralib turadi. 
MATLAB tizimini tashkil qiluvchi paketlar soni ko’pligi uning juda ko’plab 
soha masalalarini hal qilishga joriy etish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunga kelib 
MATLAB tizimi zamonaviy matematik va ilmiy-texnikaviy dasturiy ta’minoti 
sohasida deyarli jahon standarti bo’lib qoldi. 

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling