3-ma’ruza mavzu: Isitish tizimida issiqlik uzatuvchilar


-rasm. Isitish asboblarida issiqlik tashuvchining harakat yo’nalishi hamda taklif qilingan va ruxsat etilgan qiyalik darajasi


Download 0.57 Mb.
bet5/7
Sana15.02.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1200595
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-MA’RUZA (1)

16-rasm. Isitish asboblarida issiqlik tashuvchining harakat yo’nalishi hamda taklif qilingan va ruxsat etilgan qiyalik darajasi: a va b – yuqoridan tarqatiluvchi issiq suv bilan ishlaydigan isitish qurilmalarida; b va g – issiqlik tashuvchi bug’ bo’lgan holda.


Issiqlik uzatuvchi quvurlarni isitish asboblariga ulanishi.


Issiqlik uzatuvchi quvurlar isitish tizimlarining asosiy elementlardan biridir. Ular isitish asboblariga bir tomonlama va har tomonlama ulanadi. Har tomonlama ulanganda isitish asboblarining issiqlik berish koeffisiyenti ancha katta bo’ladi, chunki bunday paytda issiq suvning asbob ichidagi harakat yo’lidagi (trayektoriya) oniy uzunlik boshqalariga nisbatan uzundir. Lekin shunga qaramasdan, tuzilishining qulay­ligi tufayli quvurlarni isitish asboblariga bir tomonlama ulanish turi amaliyotda ko’proq ishlatiladi (17-rasm). Bunda quvurdan o’tayotgan issiqlik tashuvchining to’liq miqdori isitish asbobidan o’tadi. Bunda issiqlikni boshqarish jo’mragi bo’lmaydi, ya’ni issiqlik asbobidan issiq suvning to’liq o’tishidagi turi konstruktiv jihatdan ancha sodda ko’rinishga ega bo’lib, unda isitishning mahalliy boshqarilishi ko’zda tutilmaydi. Agar issiqlik asbobi sifatida g’ilofli konvektorlar o’rnatilgan bo’lsa, havo chiqarish qopqog’i orqali isitishni boshqarish mumkin.
Isitish asbobining bog’lamini ikkinchi to’rida (17-b, rasm) tutashtiruvchi quvur bo’limi ko’zda tutilgan bo’lib, issiq suvning isitish asbobiga uzatayotgan uzatma quvuriga boshqaruvchi jo’mragi (BJ) o’rnatilgan.
Bunday bog’lamlarda issiq suvning ma’lum miqdori uzatma quvur orqali isitish asbobidan o’tadi, ma’lum qismi esa, tutashtiruvchi quvurdan oqib o’tadi. Tutashtiruvchi quvur tik quvur o’qi bo’yicha joylashgan 17-b, rasm, balandda va tutashtiruvchi quvur tik quvurga nisbatan siljitilib o’rnatilgan (17-g, rasm).

O’BJ – o’tkazuvchi boshqaruv juo’mragi
UBJ – uch tamonlama boshqaruv jo’mragi
IBJ – ikki tamonlama boshqaruv jo’mragi




Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling