3-ma’ruza mavzu: Isitish tizimida issiqlik uzatuvchilar
-rasm. Ko’p qavatli binolarda vertikal o’rnatilgan bir quvurli suvli tizimining tuzilishi (isitish asbobi oldida uch tomonlama boshqaruvchi jo’mrak o’rnatilgan)
Download 0.57 Mb.
|
3-MA’RUZA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-rasm. Tik quvurlarni uzatuvchi va qaytaruvchi quvurlarga ulanish sxemalari.
13-rasm. Ko’p qavatli binolarda vertikal o’rnatilgan bir quvurli suvli tizimining tuzilishi (isitish asbobi oldida uch tomonlama boshqaruvchi jo’mrak o’rnatilgan): a – tik quvurning deraza yonida joylashuvi (deraza va radiator o’qlari mos tushgan); b – isitish asbobining tik quvur tomon siljitilgan holati; 1 – tik quvur, 2 – radiator, 3 – devor ichiga qurilgan tik quvur, 4 – konvektor.
Ikki quvurli isitish tizimlarining tik quvurlar o’qlari orasidagi masofa 80 mm bo’lib, uzatuvchi tik quvur o’ng tomonda joylashgan holda o’rnatiladi. Tik quvurlar bilan uzatma quvurlar kesishgan joyda tik quvurlar egiladi (uzatmalar egilmaydi) va egilgan tomonni xonaning ichiga qaratib o’rnatish lozim. Tik quvurlarning uzayishini aniq hisobga olish (kompensatsiya) uchun past qavatli binolarda tabiiy «bukilmalar» orqali ular uzatuvchi magistral quvurlarga ulanadi (14-rasm, a). Ko’p qavatli binolarda (4-7 qavat) tik quvurlar nafaqat uzatuvchi balki, qaytuvchi uzatmalarni ham magistral quvurlarga egilgan shaklda birlashtiriladi (14-rasm, b). Bunday ulanish usuli quvurlarni uzayishini oldini oladi. Agar binoning balandligi 7-qavatdan ortiq bo’lsa yuqoridagi keltirilgan tabiiy, egilmalar kuchi yetarli bo’lmay qoladi. Shuning uchun uzayishdagi xavfni tik quvurlarning o’rtasida quvurlardan qo’shimcha egilmalar(kompensator) yasab, tik quvur joylashgan o’qdan siljitib ulanadi (14-rasm, v). Ayrim paytlarda П harfi shaklidagi kompensatorlar qo’llanilsa, kompensatorlar o’rtasiga quvurlarni, bir nuqtada tutib turuvchi siljimaydigan tayanch o’rnatiladi. 14-rasm. Tik quvurlarni uzatuvchi va qaytaruvchi quvurlarga ulanish sxemalari. Qavatlar o’rtasidagi yopmalardan o’tkazilgan quvurlar esa g’ilof quvurlar ichidan o’tkazilishi lozim. Uzatuvchi va qaytaruvchi magistral quvurlar mahalliy issiqlik markazi va tik quvurlar bilan birlashtiruvchi quvurlar guruhi bo’lib, ularni bino ichiga joylashtirish jarayoni binoning qurilishdagi maqsadi, binoning tarhiy yechimi va isitish asboblarining qaysi turidagi sxemani tanlanganiga bog’liq holda olib boriladi. Sanoat binolarida magistral quvurlar ishchilar ishlab turgan xonalarning ichiga - devorlar bo’ylab, ship tagida, ustunlarga o’rta proletlarga va pol yoniga o’rnatiladi. Ishlab chiqarish jarayoni talabi asosida issiqlik magistral quvurlar texnik qavatlar yoki pol osti kanallariga yotqiziladi. Kam qavatli binolarda suvli gorizontal isitish tizimlari bilan loyihalashtirsak, bir quvurning o’zi nafaqat uzatma, tik quvurlarning hatto magistral quvurlarning ham vazifasini bajaradi. Jamoat binolarining eni 9 metrgacha kenglikga ega bo’lsa, magistral quvurlar bino bo’yining o’rtalig’idan o’tgan o’q bo’ylab yotqiziladi va tik quvurlar unga perpendikulyar yo’nalishda, tashqi devorning ichki sirti bo’ylab o’rnatiladi. Bunda har bir tik quvurning magistral quvurlar bilan birlashishida quvurlarning sarfi kamayadi. (15-rasm, a). Agar fuqaro binosining ko’ndalang (eni) o’lchamining uzunligi 9 metrdan oshiq bo’lsa, ikki qator uzatuvchi magistral quvur tashqi devorning uzunligi bo’ylab yotqiziladi. Bunday sxemaning afzalligi shundan iboratki, quvur sarfi tejamkorligidan tashqari bino ichidagi tik quvurlarning har birida issiqlikning berilishi mustaqil ravishda boshqarilishi mumkin. a)
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling