3-Ma’ruza Mavzu: Mahsuldor qatlamni ochish texnologiyalari


Download 301.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi301.31 Kb.
#1010083
1   2   3   4
Bog'liq
3-maruza.

3.2.Fil’tirlar tuzilishi 
Filьtirlar tayyorlanishiga qarab 2 guruxga ajratiladi: 
1)Avval tayyorlanib keyin quduqka tushiriluvchi filьtirlar. 
2)Quduqka tushirilib keyin tayyorlanadigan filьtirlar. 
Birinchi gurux filьtirlarining eng oddiysi, bu oddiy mustahkamlovchi
quvurlarda shaxmat tartibida diametri 1,6dan 1,9mm gacha bo’lgan teshiklar
teshib hosil qilingan filьtirlar hisoblanadi. Bunday filьtirlar yuqori
o’tkazuvchan bo’lib, qum zarrachalarining quduqka kirib kelishiga to’skinlik
kilmaydi. Tayerlanishi arzon va o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan bunday oddiy
filьtirlar qattiq tog’ jinslaridan tashqil topgan konlar uchun qo’l keladi. 
Emiriluvchan tog’ jinslarida tuzilgan maxsuldor qatlam uchun ariqchali teshik 
hosil qilib yasalgan filьtirlarni qo’llash yaxshi samara beradi. Bunday filьtirlar 
ma’lum miqdorda qum zarrachalarini o’tkazib qolgan qismini filьtir ortida ushlab 
koladi va filьtir ortidan diametri katta bo’lgan qumlar ikkinchi qumli filьtir hosil 
qiladi. 
Fil’tirlar tuzilish jihatidan ikki turga bo’linadi: 
1)Ariqchali teshik hosil qilgan quvurlar, bu ariqchali teshiklar quvurining 
uzunligi yoki kundalangiga hosil qilingan bo’lishi mumkin. 
2)Ximoya setkasi o’rnatilgan yoki maxsus simlar bilan o’ralgan teshiklar 
hosil qilingan quvurlar. 
Ariqchali filьtirlardan tashqari, qimmat va kam qo’llaniladigan toshli 
(graviynыe) filьtirlar turi ham mavjud. Toshli filьtirlar tuzilishining xar-xilligiga 


qaramasdan uni ikki turga ajratish mumkin: 1) Fil’tir quduqka tushirilib toshni 
keyin joylashtirish. 2)Fil’tir yuqorida toshlar bilan tayyorlanib keyin quduqka 
tushiriladi. 
Filьtirlarda ishlatiladigan toshlar shar shaklida bo’lishi kerak va u juda 
mustaxkam emirilmasligi shart. Kvars toshlarini qo’llash juda samaralidir. 
d
gr
/d
qum
<12 bo’lishi kerak. Bu kursatkichni 6 dan 8 gacha oralig’ida tanlash yaxshi 
samara beradi. Filьtirlar qalinligi tosh diametridan 5 marta katta bo’lib, uning 
o’tkazuvchanligi qatlam qumlari o’tkazuvchanligidan 30 marta ortik bo’ladi. 
Toshlarni o’lchamiga qarab, tashqi va ichki kojuxlarda uzunligi 25-35 mm, eni 1,5-
2,2 mm bo’lgan to’rt qator teshiklar hosil qilinib, tashqi va ichki kojuxlar bir-biri 
bilan payvandlangan bo’ladi. Fil’tirning birinchi tushirilgan qismining uchiga 
yopik chugunli yunaltiruvchi bo’ladi. Yuqori qismiga esa ishlatuvchi quvurni ulash 
uchun o’tkazuvchi ulangan bo’ladi. 
Yuqorida aytib o’tilgan toshli filьtirdan tashqari quduq tubiga qumni 
zichlantirilgan filьtirlar ham qo’llaniladi. Bunda boshqa filьtirlardan farqi teshilgan 
tizma ortiga katta zarrachali kvars toshlari (joylashtirilgan) to’ldirilib filьtir hosil 
qilinadi. Fil’tirni o’rnatishdan oldin tizimda 1m ga 20 tadan teshik teshiladi. Bunda 
qum qatlamni gidravlik yorish uskunalari yordamida zichlanadi. 

Download 301.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling