3 ma’ruza Mavzu: Ma’lumotlarni shifrlash va arxivlash vositalari Oqimli shifrlash algoritmlari. Reja


RSA algoritmining himoyalanganligi


Download 0.85 Mb.
bet8/10
Sana13.01.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1090165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3 ma’ruza Mavzu Ma’lumotlarni shifrlash va arxivlash vositalari

RSA algoritmining himoyalanganligi. RSA algoritmining uch xil mumkin bo‘lgan kriptotihlil usuli mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

  • Oddiy tanlash usuli. Bunda barcha mumkin bo‘lgan maxfiy kalitlarni tekshirish taklif qilinadi.

  • Matematik analiz. Bunday bir nechta usullar mavjud bo‘lib, ularning hammasi ikkita tub sonli ko‘paytmaning ko‘paytuvchilarini topish mohiyati bo‘yicha ekvivalentdir.

  • Vaqt sarfi bo‘yicha analiz. Shifrlash algorimining bajarilishiga ketgan vaqtni analiz qilishga qaratilgan.

Oddiy tanlash usuliga qarshi himoya RSA da ham, qolgan barcha kriptotizimlardagidek katta hajmdagi kalitlarni ishlatishdir. Bunday yondashishda e va d qancha katta bitdan iborat bo‘lsa shuncha yaxshi. Lekin kalitlarni generatsiya qilishda murakkab hisoblashlarni ishlatish hamda shifrlash/deshifrlash kalitlarining uzunligining katta bo‘lishi tizimni sekin ishlashiga olib keladi.
RSA kriptotahlilida 3 xil matematik yondashuvni ajratib ko‘rsatish mumkin.

  • nni ikkita tub ko‘paytuvchilarga ajratish. Bu o‘z navbatida  hisoblashni, bu esa   ni aniqlab olish imkonini beradi.

  • Oldindan p va q ni hisoblamasdan turib, to‘g‘ridan to‘g‘ri   aniqlash.

  • Oldindan   ni aniqlamasdan turib, to‘g‘ridan to‘g‘ri d ni aniqlash.

Ko‘p hollarda RSA shifri kriptotahlilida n qiymatni ikkita tub ko‘paytuvchiga ajratish masalasi muhokama qilinadi. Berilgan n bo‘yicha   ni aniqlash masalasi bilan n ni ko‘paytuvchilarga ajratish masalasi bilan ekvivalent hisoblanadi. Hozirgi kundagi ma’lum algoritmlarda e va n orqali d ni aniqlash muammosiga ketadigan vaqt bilan, ko‘paytuvchilarga ajratish muammosiga ketadigan vaqt bir xil. Shunday ekan ko‘paytuvchilarga ajratish masalasini yechishga ketadigan vaqtni RSA ni himoyalanganlini baholashga sarflash mumkin.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling