3 ma’ruza mavzu: Oddiy deformatsiyalarda ikf ni aniqlash va ularning epyuralarini qurish
Buralish deformatsiyasida IKF epyurasini qurish
Download 86.77 Kb.
|
3-ma\'ruza
3.2. Buralish deformatsiyasida IKF epyurasini qurish
Brusni buralishga hisoblashda uning ixtiyoriy kesimidagi burovchi moment qiymatini bilish zarur bo‘ladi. Burovchi momentlarning val uzunligi bo‘yicha o‘zgarish qonunini ko‘rsatuvchi grafik burovchi momentlar epyurasi deyiladi. Bu epyurani qurish bo‘ylama kuch epyurasini qurishga o‘xshash. Valning ixtiyoriy kesimidagi burovchi momentni topishda ham kesish usulidan foydalaniladi. Ko‘rilayotgan kesimdagi burovchi moment ko‘rilayotgan kesimdan bir tomondagi tashqi burovchi momentlarning algebraik yig‘indisiga teng. Epyurani qurish uchun ishoralar tartibi to‘g‘risida kelishib olish lozim. Umuman burovchi momentning ishorasi fizik ma’noga ega emas. Agar kesim tomondan qaraganda, tashqi burovchi moment valni soat strelkasining harakat yo‘nalishiga qarshi aylantirsa-musbat, soat strelkasining harakat yo‘nalishi bo‘yicha aylantirsa manfiy deb olamiz. Val kesimlaridagi burovchi momentlarni aniqlash va ularning epyurasini qurishni quyidagi misolda ko‘ramiz. 3.2 - misol. Bir uchi bilan mahkamlangan brusga uning ko‘ndalang kesimlari tekisligida ta’sir qiluvchi m1=24 kNm, m2=12 kNm, m3=50 kNm va m4=14 kNm burovchi momentlar ta’sir etadilar. Burovchi momentlar epyurasi qurilsin (3.2 - shakl, a). Echish. Brusni I, II, III va IV qismlarga bo‘laylik. Brus kesimlaridagi burovchi momentlarni aniqlashni brusning I qismidan boshlaylik. I qism. Mb=0. II qism. Mb=m1=24 kNm. III qism. Mb=m1+m2=24+12=36 kNm. IV qism. Mb=-m4=-14 kNm. Oxirgi qismni ko‘rishda brusning o‘ng tomoni olib qolindi. 3.2 - shakl. Burovchi momentlarning aniqlangan qiymatlari bo‘yicha burovchi momentlar epyurasi (3.2 - shakl, b) qurildi. Burovchi momentlarning brus qismlaridagi qiymatlari kesim abstsissasiga bog‘liq emas. Shuning uchun burovchi momentlar epyurasi uchta to‘g‘ri to‘rtburchakdan iborat bo‘ldi. Burovchi moment epyurasining brusning tashqi to‘plangan momentlar ta’sir qilayotgan kesimlariga tegishli nuqtalarida shu momentlar qiymati va yo‘nalishiga mos «sakrash»lar kuzatiladi. Qurilgan epyuraning to‘g‘riligini tekshirishda odatda ana shu «sakrash»larga e’tibor beriladi. Burovchi momentning eng katta qiymati brusning uchinchi qismida ta’sir qilib, uning qiymati Mmax=36 kNm. Download 86.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling