3 ma’ruza mavzu: Oddiy deformatsiyalarda ikf ni aniqlash va ularning epyuralarini qurish
Download 86.77 Kb.
|
3-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
3 - MA’RUZAMavzu: Oddiy deformatsiyalarda IKF ni aniqlash va ularning epyuralarini qurishReja: 3.1. CHo‘zilish - siqilish deformatsiyasida IKF epyurasini qurish. 3.2. Buralish deformatsiyasida IKF epyurasini qurish. 3.3. Egilishdagi IKF va ularni aniqlash. Tayanch so’z va iboralarBo’ylama kuch, qiymati, ishorasi, epyurasi, «sakrash». Burovchi moment, epyura, kesish usuli, kattaligi, ishorasi, tekshirish. Balka, kesish usuli, ko’ndalang kuch, eguvchi moment tenglamalari, ishoralari, belgilar. Muammoli vaziyat savol yoki 3.1 shaklda ko’rsatilgan brus materiali 2 xil variantda po’lat va cho’yandan tayorlangan bo’lsa qaysi birida (3.1 d- shakl ) zo’riqishning qiymati katta bo’ladi 3.2 ichki kuch faktorlari epyuralarini қurishdan maқsad nima? Mahruza matnlarini diqqat bilan o’qib chiqsangiz bu savolga javob topasiz. topshiriq 3.1. Cho‘zilish-siqilish deformatsiyasida IKF epyurasini qurish Cho‘zilish yoki siqilish deformatsiyasida brus ko‘ndalang kesimlarida faqat bo‘ylama zo‘riqish kuchlari hosil bo‘ladilar. Bo‘ylama kuch deb, brusning ko‘ndalang kesimida hosil bo‘lgan normal kuchlanishlarning teng ta’sir etuvchisiga aytiladi: . (3.1) Bo‘ylama zo‘riqish kuchini kesish usuli yordamida topiladi. Brusning ixtiyoriy kesimidagi bo‘ylama zo‘riqish kuchi brusning olib qolingan qismidagi barcha tashqi kuchlarning brus o‘qiga proektsiyalarining algebraik yig‘indisiga teng. Bunda tashqi kuch proektsiyasi kesimdan tashqariga yo‘nalgan bo‘lsa musbat ishora bilan tenglamaga kiritiladi va aksincha. Bo‘ylama kuchlarning brus o‘qi bo‘ylab o‘zgarish qonunini ko‘rsatuvchi grafik bo‘ylama kuch epyurasi deyiladi. Bunda abstsissa o‘qi epyuraning baza chizig‘i bo‘lib xizmat qiladi va u sterjen o‘qiga parallel qilib o‘tkaziladi. Bunga tik qilib o‘tkazilgan ordinata o‘qiga tanlangan masshtabda, ishorani nazarda tutgan holda bo‘ylama kuch kattaliklari qo‘yiladi. Bo‘ylama kuch epyurasining brusning o‘qi bo‘yicha yo‘nalishda ta’sir etayotgan to‘plangan kuchga tegishli nuqtasida shu to‘plangan kuch kattaligi va yo‘nalishida bo‘ylama kuch qiymati sakrab o‘zgaradi. Agar brusga bo‘ylama yo‘nalishda tekis taqsimlangan kuch ta’sir etayotgan bo‘lsa, bo‘ylama kuch epyurasining tegishli qismi og‘ma to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida bo‘ladi. Bunda shu qismdagi epyuraning og‘ma to‘g‘ri chizig‘i ordinatalarining farqi shu qism uzunligi bilan yoppa kuch intensivligi (jadalligi) ko‘paytmasiga teng bo‘ladi. Qurilgan bo‘ylama kuch epyurasining to‘g‘riligini tekshirishda ana shu ko‘rsatmalarga e’tibor qilish kerak. Sterjenlarni mustahkamlik va bikrlikka hisoblashda zarur bo‘ladigan bo‘ylama kuchning zarur qiymatlari bo‘ylama kuch epyurasidan olinadi. Bo‘ylama kuchlarni aniqlash va ularning epyurasini qurishni quyidagi misolda ko‘ramiz: 3.1 -misol. Bir uchi bilan mahkamlangan sterjenning o‘qi bo‘ylab Р1=30 kN, Р2=50 kN, Р3=66 kN kuchlar ta’sir etadi. Shu sterjen uchun bo‘ylama kuch epyurasi qurilsin (3.1 - shakl, a). Echish. Sterjen kesimlaridagi bo‘ylama kuchlarni aniqlashni brusning erkin uchidan boshlaymiz. 1-1 kesim (3.1 - shakl, b). Sistemadagi tayanch reaktsiyasini topib o‘tirmaslik uchun kesim o‘tkazilgach, brusning erkin uchi tomonini olib qolingani ma’qul. Olib qolingan qism kesimidagi bo‘ylama kuchni doimo kesimdan tashqariga yo‘naltiraylik. Agar aniqlangan bo‘ylama kuch qiymati musbat ishorali chiqsa, ko‘rilayotgan qism cho‘zilish, aks holda siqilish deformatsiyasi ostida bo‘ladi. Shartli ravishda chuzuvchi bo‘ylama kuchni musbat, siquvchi bo‘ylama kuchni esa manfiy deb ishoralash qabul qilingan. 3.1 - shakl. Shunday qilib, brusning 1-1 kesimdan pastda qolgan qismi uchun muvozanat tenglamasini yozamiz. Z=0. N1-Р1=0. Bundan N1=Р1= 30 kN (cho‘zuvchi). Ushbu ifoda yuqorida ko‘rilgan bo‘ylama zo‘riqish kuchi tenglamasini tuzish qoidasiga mos keladi. 2-2 kesim (3.1 - shakl, v) Endi yuqoridagi qoidaga ko‘ra: N2=Р1-Р2=30-50=-20 kN (siquvchi) 3-3 kesim (3.1 - shakl, g) Shunga o‘xshash. N3=Р3-Р2+Р1=66-50+30=46 kN (cho‘zuvchi) Endi bo‘ylama kuchlarning topilgan qiymatlari asosida bo‘ylama kuch epyurasi (3.1 - shakl, d) quriladi. Undan brusning pastki va yuqoridagi qismlarining cho‘zilishi, o‘rtadagi qismining siqilishini ko‘ramiz. Nmax=46 kN. Download 86.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling