3-Ma’ruza Mavzu: O’lchov qurilmalari xaqida umumiy tushuncha
Download 434 Kb.
|
3-Ma\'ruza tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Zichlikni o’lchash qurilmalari
Prinsipial semasi
T or va keng diapazondagi qalqovichli sath о‘lchagichlar mavjud. Tor diapazonli qalqovichli sath о‘lchagichlar odatda diametri 80-200 mm, zanglamaydigan pо‘latdan yasalgan sharsimon qalqovichdan iborat qurilma kо‘rinishida namoyon bо‘ladi (10.1-rasm). K eng diapazonli sath о‘lchagichlar (10.2-rasm) о‘zida qarshi yuk 4 bilan egiluvchi tros 2 orqali bog‘langan qalqovich 1 ni namoyon etadi. tasvirlangan qalqovichli sath о‘lchagichlar uchun trosning taranglik kuchi va roliklardagi ishqalanish kuchini hisobga olgan holda «qalqovich-qarshi yuk» tizimining muvozanat holati quyidagi tenglama bilan tavsiflanadi: bu yerda Gr , Gk – qarshi yuk va qalqovichning og‘irlik kuchlari; S – qalqovichning yuzasi; h1 – qalqovichning botish chuqurligi; s – suyuqlikning zichligi.
4. Zichlikni o’lchash qurilmalari Modda massasining hajmiga nisbati zichlik deyiladi bu yerda — zichlik, kg/m3; m — moddaning massasi, kg; V — moddaning hajmi, m3. Suyuqlikning zichligi haroratga bog‘liq va normal (20°С) haroratda quyidagi ifoda bilan hisoblanadi: ρ20=ρt[1-β(20-t)] , bu yeda pt —suyuqlikning ish haroratidagi zichligi, kg/m3; β—suyuqlik hajmiy issiqlik kengayishining o‘rtacha koeffitsiyenti, 1/°С; t —suyuqlikning harorati, °С. Sanoatda suyuqlikning zichligini o‘lchash uchun qalqovichli, vaznli, gidrostatik va radioizotopli zichlik o‘lchagichlar ko‘p qo‘llaniladi. Radioizotopli zichlik o‘lchash vositalari. R adioizotopli zichlik o‘lchagichlarning ishlash prinsipi radioaktiv manba j- nurlarining suyuqlikdan o‘tishida yutilishiga asoslangan. Bular suspenziya, pulpa, agressiv va katta bosimli suyuqliklarning zichligini o‘lchashda ishlatilishi mumkin. O‘lchash vositalari o‘lchanayotgan muhit bilan kontaktsiz bog‘langan. Bu esa bunday asboblarning afzalligiga kiradi. radioizotopli zichlik o‘lchagichining o‘lchash chegarasi 600÷2000 kg/m3, asbobning o‘lchash xatoligi ±2%. Etalonlar fizik kattalik birliklarini qayta tiklash va saqlash, ularning o‘lchamlarini namuna o‘lchov asboblari orkali xalq xo‘jaligida qo‘llanadigan ish o‘lchov vositalariga o‘tkazishga xizmat kiladi. Fizik kattaliklarning birliklari o‘lchami shu usul bilan etalonlardan namuna o‘lchov asboblari yordamida boshqa o‘lchov asboblariga o‘tkaziladi. O‘lchash vositalarining ko‘rsatishlaridagi xatoliklarni aniqlash yoki ularning ko‘rsatishlariga tuzatish kiritish maksadida o‘lchov vositalari ko‘rsatishlarini namuna o‘lchov asboblarining ko‘rsatishlariga taqqoslash asbobni tekshirish deb ataladi. Shkala bo‘linmalariga qabul qilingan o‘lchov birliklarida ifodalangan qiymatlar berishdan iborat operatsiya darajalash deb ataladi. Download 434 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling