3-Ma’ruza. Mavzu: Sistema bloki komponentlarini o‘rganish. Mikroprosessorlar va ularning turlari


Download 1.4 Mb.
bet18/19
Sana11.03.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1259522
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
ma\'ruza

Sistema adreslar registri, ushbu registrlar shuningdek xotirani boshqarish registrlari deb ham ataladi. Ular mikroprotsessorning multiamalli holatida ma’lumotlarni va dasturlarni himoyalash uchun qo‘llaniladi. Himoyalangan rejimda mikroprotsessor adresli muhiti 2 ga bo‘linadi:
Global – barcha vazifalar uchun umumiy
Lokal – har bir vazifa uchun alohida.
Mikroprotsessor tarkibida quyidagi sistemali registrlar mavjud:

  • GDTR(global descriptor table register) 48 bit o‘lchamga ega, shundan 32 bit global deskriptor jadvali va 16 bit GDT jadvali chegarasi.

  • LDTR(local descriptor table register) 16 bit o‘lchamga ega va LDT deskriptor jadvali spektorini o‘z tarkibida saqlaydi.

  • IDTR(interrupt descriptor table register)

  • TR(task register) 16 bitli vazifa registri

Otladka registrlari, bu apparatli otladka uchun mo‘ljallangan registrlar guruhidir. Apparatli otladka vositasi birinchi marta i486 mikroprotsessorlarida paydo bo‘ldi. Apparatli qism tomonidan mikroprotsessor 8 ta otladka registridan iborat. Lekin real holda ularning faqatgina 6 tasi ishlatiladi.
DR0, DR1, DR2, DR3 registrlari 32 bit razryadga ega va 4 ta uzulish nuqtasi adresini kursatishga xizmat qiladi. Dastur tomonidan yaraladigan har qanday adres DR0…DR3 registrlari tarkibidagi adreslar bilan taqqoslanadi va mos tushgan holatda 1 raqamini otladka generatsiya qilinadi.
DR6 –otladka holati registri deb ataladi. Ushbu registr bitlarini ko‘rib chiqaylik:
B0 - agar ushbu bitda 1 o‘rnatilgan bo‘lsa, oxirgi uzulish DR0 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
V1 - V0 singari, faqat DR1 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
V2 - V0 singari, faqat DR2 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
V3 - V0 singari, faqat DR3 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
BD - otladka registrlarini himoyalash maqsadida ishdatiladi.
BS - eflages registrida tfq1 bo‘lsa 1 ni qabul qiladi.
BT - qopqon bit ISSTq1 bo‘lganda 1 ni qabul qiladi.
Ushbu registrlarda qolgan bitlar nollar bilan to‘ldiriladi.
DR7 – otladkani boshqarish registri deyiladi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling