Turayev Shaydulla Reja - Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha, ularning ahamiyati
- Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi
- Buxgalteriya hisobi registrlaridagi xato yozuvlarni tuzatish tartibi
- Buxgalteriya hisobi shakllari
Hisob registrlari «registratsiya» so‘zidan olingan bo‘lib, buxgalteriya hisobi yozuvlarini ro‘yxatga oluvchi hujjatlar degan ma’noni anglatadi. buxgalteriya hisobi registrlari – hisob yozuvlarini (buxgalteriya provodkalarini) aks ettirishga mo‘ljallangan jadvallardir. buxgalteriya hisobi registrlari – jurnallar, qaydnomalar, kitoblar, tasdiqlangan blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki, ularga schetlarga tegishli ko‘rsatkichlar aks ettiriladi, umumlashtiriladi, oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va umuman, xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari bilan bog‘liq ma’lumotlar aks ettirib boriladi. Hisob registrlari ma’lumotlari oy oxirida umumlashtirilib, korxona balans va hisobotlarini tuzishda asos hisoblanadi. Demak, hisob registrlaridagi ma’lumotlarning nechoglik o‘z vaqidada to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirilishi nafaqat korxonaning o‘ziuchun, balki uning balans va hisobotlaridan foydalanuvchilar uchun ham ahamiyatli ekan. Korxonalar buxgalteriya balans va hisobotlaridan esa qo‘yidagilar foydalaniladilar: Korxonaning ichki boshqaruvi Kreditorlar Solik inspeksiyasi Aksiyadorlar va boshqalar Buxgalteriya yozuvlarining turliligi, xajmi xar xilligidan kelib chikib, ular aks ettiriladigan hisob registrlari ham turlichadir.
Hisob registrlari turlari o‘rganilayotganda, ularni qo‘yidagi xususiyatlariga e’tibor bermok kerak
Hisob registrlari tashqi ko‘rinishi xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi
Tashqi ko‘rinish
Ma’lumotlarning xajmi
Ularda aks etiriladigan yozuvlarning turliligi
daftarlar (kassa daftari, «bosh daftar»)
Kartochkalar
Varaklar (qaydnomalar)
Kartochkalar, asosan xo‘jalik mablag‘lari analitik hisobi uchun qo‘llaniladi. Kartochkalarning kontokorrekt, kup ustunli va boshqa turlari mavjud. Kontokorrekt kartochka shakli pul o‘lchovida (qiymatda) hisobi yuritiladigan xo‘jalik jarayonlarini xar bir schetning debet va kredit tomonlarida aks ettirilishida foydalaniladi va xar bir oy oxiridja schetlar bo‘yicha oborotlarni aniqlashda asos bo‘ladi. Ko‘p ustunli kartochkalarning yana biri sifatida «Asosiy ishlab chiqarish» xarajatlari hisobi uchun yuritiladigan kartochkani misol sifatida keltirish mumkin. Kartochkalar maxsus kartotekalarda saqlanadi. Kartotekaga kartochkalar joylashtirilayotganda moddiy javobgarligi joylangan o‘rni va boshqa xususiyatlariga ahamiyat berib, guruhlarga ajratilgan holda qo‘yiladi. Buxgalteriya hisobi registrlari yozuv turlariga ko‘ra 3 xil bo‘ladi Tizimli hisob registrlari Kombinatsiyalashgan registrlar Xronologik hisob registrlarini o‘ziga xos xususiyati shundaki,, undagi yozuvlar xronologik tartibda aks ettirilib boriladi. Bu yozuvlar orqali jarayonning qisqacha mazmuni, sodir bo‘lgan muddati va summasini xronologik tartib aks ettirib boriladi. Masalan, «Jarayonlarni ro‘yxat qilish jurnali» xronologik hisob registriga misol bo‘lib, u hisobning memorial-order shaklida qo‘llaniladi. Tizimli hisob registrlari jarayonlarni ma’lum bir belgilari bo‘yicha tizimlashgan (guruhlashgan) holda aks ettirilishi bilan xususiyatlidir. «Bosh daftar» tizimli hisob registrlariga misol bo‘ladi. Ushbu registrdan XV asr oxirlarida ikki yoqlamayozuv usuli vujudga kelganidan boshlab foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Buxgalteriya daftarlari bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, hamma betlari raqamlanadi, bosh buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi. Buxgalteriya registrlari ulardagi yozuv turiga ko‘ra, kombinatsiyalashgan shaklda ham bo‘ladi. Kombinatsiyalashgan buxgalteriya registrlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda aks ettiriladi. E’tiboringiz uchun rahmat ! E’tiboringiz uchun rahmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |