3-Ma’ruza Mavzu: Ta’lim jarayoni ishtirokchilarining raqamli faoliyatini tashkil etish sifatida xizmatlar va vositalar


Download 29.31 Kb.
bet1/5
Sana01.04.2023
Hajmi29.31 Kb.
#1316992
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-маъруза.


3-Ma’ruza


Mavzu: Ta’lim jarayoni ishtirokchilarining raqamli faoliyatini tashkil etish sifatida xizmatlar va vositalar.
Reja:

  1. Ta’lim jarayoni ishtirokchilarining raqamli faoliyatini tashkil etish

  2. O’quv muassasalarini boshqarishda kompyuterdan foydalanish



Axborot texnologiyasi vositalari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o’zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti;

  • uskunaviy dasturiy ta’minot;

  • virtual matn konstruktorlari, multiplikasiyalar, musiqalar, fizik modellar,

geografik haritalar, ekran prosessorlari va x.k.;

  • axborotlar majmui — ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va x.k.;

  • texnik ko’nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan ma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o’zlashtirish va x.k.).



Axborot texnologiyalari vositalarining markazida turuvchisi kompyuterdir. Hozirgi kunda kompyuterlar ta’lim tizimida asosan to’rt yo’nalishda:

  • o’rganish obyekti sifatida;

  • o’qitishning texnik vositalari sifatida;

  • ta’limni boshqarishda;

  • ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda.



O’quv-tarbiya jarayonida kompyuterlar asosan to’rt tartibda:

  • passiv qo’llash – kompyuter oddiy hisoblagich kabi;

  • reaktiv muloqat – kompyuter imtihon oluvchi sifatida;

  • faol muloqat – kompyuter talabaga yo’l – yo’riq berish va imtihon olishda;

  • interfaol muloqat – kompyuter sun’iy intellekt sifatida, ya’ni talaba bilan muloqat qilishda foydalaniladi.




Download 29.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling