3-Ma’ruza Mavzu: Tolalarni tarashga tayyorlash. Reja
CL-C 3 modelidagi uch barabanli tozalagich
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
3 маруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aerodinamik tozalagichlar
CL-C 3 modelidagi uch barabanli tozalagich
Mazkur tozalagichda ignali, arratishli organlar birga qo‘llanilgan bo‘lib, tozalash tizimi qisqaligi bilan ajralib turadi. Ushbu mashina kalta va o‘rta tolali paxtani tozalashda samarali ishlatilmoqda. SLYeANOMAT sistemasidagi tozalagichlarni mahsulot bilan ta’minlashda ta’minlovchi aralashtiruvchi, bunkerli qurilma, tituvchi tozalovchi va aralashtiruvchi mashinalar ishlatilishi mumkin. Tozalagichda texnologik jarayon quyidagicha amalga oshadi. Transportyor ustiga to‘shalgan tola bo‘lakchalaridan bir tekis qalinlikka ega bo‘lgan qatlam ezuvchi valik yordamida hosil qilinadi. Zichlangan tolali qatlam ezuvchi valik va ta’minlovchi silindrlar yordamida birinchi qabul barabaniga uzatiladi. Uning sirti ignali bo‘lib, unda dastlabki tarash (tozalash) amalga oshadi. Uning sirtidan tolalar soat strelkasi bo‘yicha aylanuvchi ikkinchi tozalovchi qabul barabaniga o‘tadi. Bu barabanning sirti arra tishli garnitura bilan qoplangan. Uchinchi barabandan chiqayotgan tola bo‘lakchalari 80% gacha alohida tolalarga ajratilganligi tufayli havo oqimi yordamida osongina garnitura tishlaridan ajratib olinadi. Birinchi va uchinchi baraban ostiga, ikkinchi barabanning ustiga tozalovchi moslama o‘rnatilgan bo‘lib, u uruvchi pichoq, yo‘naltiruvchi parrak va so‘ruvchi qurilmadan iborat. Ushbu moslama titilgan va maydalangan tola bo‘lakchalaridan nuqsonlarni ajralishiga xizmat qiladi. Aerodinamik tozalagichlar Aerodinamik tozalagichlarning vazifasi tolani chang va kalta tolalardan tozalashdan iborat. Aerodinamik tozalagichlarning ishlash prinsipi ikki xil bo‘lib, ularning birinchisi metall parchalari va boshqa og‘ir jismlar inersiya kuchi tola inersiyasidan farqlanishiga, ikkinchisi esa perfosirtlarning ikki tomonida havo bosimining farqlanishiga asoslangan. Aerodinamik tozalagichlar bunkerli yoki quvurli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Asosiy tozalash mashinalarida qisilgan yoki erkin holatda harakatlanayotgan tolalar takroriy zarbiy kuchlar ta’sirida jadal titilib samarali tozalanadi.Asosiy tozalash mashinalari bir, ikki, uch va to‘rt barabanli bo‘lib, ular ignali va arra tishli garnituralar bilan jihozlangan. Tola shikastlanmasligi uchun barabanlar tezligi 15 % oshirilib, dastlab yirik va siyrak ignalar so‘ngra o‘rtacha zichlikdagi va oxirida esa mayda zich arra tishli garnituralar qo‘llaniladi. Titilish darajasi bu mashinalarda 0,1 mg ni tashkil kiladi. Asosiy tozalash mashinalarida tolalarning bir ishchi organdan ikkinchisiga shikastlanmasdan o‘tishini ta’minlash maqsadida garnituralarning kiyalik burchagi birinchisidan oxirgisiga qarab kamaytirilgan. Asosiy tozalagichlarning ishlashi chimdib titishga, ya’ni ishchi organlarida qisilgan (ushlab turilgan) tola tutamiga ignali yoki arra tishli sirt bilan ta’sir ko‘rsatishga asoslangan. Asosiy tozalash mashinalariga UNIflex B60 (Rieter), CL-C 1, CL-C 3, CL-C 4 Sleanomat sistemasi (Trutzschler), V 37, V 38 (Marzoli) modellari misol bo‘la oladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling