3-ma’ruza Mavzu: XIX-XX asrlarda matematika va yangi bo’limlarning rivojlanishi. Bu davrning yetakchi olimlari. Reja
Download 39 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshirish savollari
3-ma’ruza Mavzu: XIX-XX asrlarda matematika va yangi bo’limlarning rivojlanishi.Bu davrning yetakchi olimlari. Reja: XIX-XX asrlarda Rossiyada matematikaning rivojlanishi; M.V.Ostrogradskiy, P.L.CHebыshev. Piterburg matematika maktabi; S.V.Kovolevskaya. Moskva matematika maktabi; Revolyusiyadan sung matematika. XVIII asrda Rossiyada fakat ikkita ilmiy markaz: Piterburg fanlar akademiyasi (1725) va Moskva universiteti (1755) mavjud bo’lib, matematika sohasida asosiy ishlar L.Eyler va uning kup bulmagan shogirdlari tomonilan kilingan. Rossiyada ukimishli odamlar kam bulganligi sababli ularning ta’siri bulmadi. Moskva universitetida esa fakat ukuv ishlari bilan shug‘ullanilgan. Hatto Lomonosov ham ta’sir kursatolmadi. XIX asrga kelib Rossiyada kapitalistik ishlab chikarish usuli ta’siri ostida vaziyat uzgara boshladi. Jumladan Tartu (1802), Vilnyus (1803), Kozon (1804), Xarkov (1805), Piterburg (1819), Kiev (1834), Odessa (1865), Varshava (1869), Tomsk (1888), Saratov (1909). Dastlab bu universitetlarda ukuv ishlari, matematik adabiyotlar, jurnallar, sungrok esa ilmiy jamiyatlar ish boshladi. Fakat XIX asrning urtalariga kelib ilmiy faoliyat rivojlana boshladi. 1783 yili L.Eyler vafotidan sung pasayib ketgan matematik ijodiyot XIX asrning 20-yillariga kelib uyg‘ona boshladi. Bunga asosiy sabablar V.YA.Bunyakovskiy (1804-1889) buldilar. Ukrainalik bulgan har ikkisi ham oliy matematik ma’lumotni Parijda oldilar. Ostrogradskiy 1828 yili Piterburgga kaytadi va 1830 yildan akademik bo’lib ishlay boshlaydi. Uning ishlari 1959-61 yillari USSR da rus tilida chop etiladi. U uzining zamondoshlari (Furbe, Laplas, Koshi, Puasson va ... ) kabi kuprok tatbikiy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanadi. Mexanika, matematik fizika, matematik analiz, algebra, sonlar nazariyasi, ehtimollik nazariyasi va ... Birinchi ishi 1826 yili yozilgan (1832 e’lon b-n) bo’lib, «Slindrik havzada suyuklik sirtida tulkin tarkarishiga oid» ishi. Keyinrok (1829) doiraviy sektor uchun tatbik etadi. Piterburgga kaytgandan sung Puasson tenglamasining original keltirib chikarish usulini beradi. 1828 yili (1831) Fure metodining umumlashmasini «Issiklik nazariyasi haqida» makolasida beradi. Matematik analiz sohasida karrali integrallarni integrallash (1834); karrali integrallarda uzgaruvchini almashtirish (1836); algebraik funksiyalarni integrallash; differensial tenglamalarga oid «CHizikli diftenglamalar haqida» (1838); diftenglamalar sistemalarini yechishning Nyuton metodini kulaylashtirish (1835) va ... Ehtimollik nazariyasi sohasida 6 ta makola e’lon kilgan. Bular sug‘urta masalalari, kimor uyinlari, maxsulot sifatini statistik nazorat qilish va ... Uning xatolari ehtimollar nazariyasini sud ishiga tatbik qilishi va Lobachevskiy ishiga e’tiborsizligi. CHebыshev P.L. (1821-1894) 1841 yili Moskva universitetini tamomlaydi. 1846 yili magistrlik dissertatsiyasini: «Ehtimollar nazariyasining elementar tahlili tajribasi», 1849 yili Peterburg universitetida doktorlik dissertatsiyasi: «Takkoslamalar nazariyasi» yoklaydi. 1853 yildan akademiyada ishlaydi. 80 dan ortik ilmiy ishi bor. Piterburg matematika maktabini shakllanishida xizmati katta. U asosan sonlar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi, funksiyalar yakinlashishi va polinomlar, integrallash sohalarida ish olib bordi. Kovolevskaya S.V. (1850-1891) istefodagi general-poliщikning kizi, ma’lumotni asosan uyida oladi. V.O.Kovalevskiy bilan soxta nikohdan utadi va 1869 yili Germaniyaga ketadi. Berlinda u Veyershtrass rahbarligida ilmiy faoliyatini boshlaydi. 1874 yili Gittingen dorilfununi «Xususiy hosilali tenglamalar nazariyasiga oid», «Saturn xalqalarining shakli haqida», «Uchinchi rang abel integrallarining bir sinfini elliptik integrallarga keltirish haqida» ishlari uchun himoyasiz filosofiya doktori darajasini beradi. SHu yili u Rossiyagi kaytib keladi va 1883 yilgacha ishsiz yuradi. V.O.Kovalevskiy vafotidan sung Stokgolmga (1883) dorilfununga ishga keladi va 1884 yildan boshlab professor bo’lib ishlaydi. 1888 yili «Kattik jismni kuzg‘almas nukta atrofida aylanishiga doir» ilmiy ishi uchun Parij FA ning mukofotiga, shu sohadagi boshka ishi uchun SHvetsiya FA ning mukofotiga sazovor buldi. 1891 yili Stokgolmda vafot etdi. Moskva matematik jamiyati 1864 yili Moskva dorilfununi (1755) koshida tashkil topadi. 15 sentyabr 1864 yili birinchi yig‘ilishida Brashman N.D. prezident kilib saylanadi, hammasi bo’lib 13 a’zo bor edi. Ular matematika bulimlarini bo’lib oldilar. 1867 yildan boshlab «Matematik tuplam» chika boshladi. 1917 yilga kadar 971 ta ilmiy axborot tinglanib, shundan 640- matematika, 217-mexanika, 114-fizika va astronomiyaga oid. Matematikani rivojining bunday pstligi xalqning ajratib qo’yilganligi, reaksion va egoistik dunyokarashining kuchliligidir. Brashman, Davidov, Urusov, Sludskiy, Somov, Ershov, Lebedev, Jukovskiy, Peterson, Egorov va ... XIX asr oxiriga kelib Maskvada tashkil topgan matematik maktablarining yirik nomoyondalardir. «Rus aviatsiyasining otasi» bulmish Jukovskiy N.E. (1847-21) 1868 yili universitetni bitirgandan sung dorilfununda kup yillar davomida dars beradi. Matematik jamiyatga a’zo bulgandan (1876) sung 1905-21 yillarda uning prezidenti bo’lib ish olib boradi. U 80 dan ortik ilmiy ishida gidrodina mikoga oid: kema chaykalash masalasi, suv otuvchi reaktiv dvigatel, jismlarni suyuklikda ishkalanishi va ... Mezxanikaga oid: kattik jismni kuzg‘almas nukta atrofida aylanishi, harakatning mutanosibligi va ... Aeromexanika va aviatsiyaga oid: havoda suzish nazariyasi, kanotning kutarish kuchi, vint nazariyasi va ... 1904 yili Kuchinoda aerodinamik institut ko’rilishini boshkaradi. 1910 yili MVTU da aerodinamik laboratoriya tashkil etadi. Uning shogirdlaridan S.A.CHaplыgin, keyinchalik Keldыsh M.V.,Lovrentev M.A. va boshkalar uning ishlarini davom ettirdilar. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yukorida aytilgan olimlar Moskva matematikalarining bundan keyingi ishlari uchun zamin yaratadilar. Bu yosh olimlarni tez usishiga turtki buladi. Jumladan: Luzin, Golubev, Privalov, Stepanov, Aleksandrov, Kolmogorov, Menshov, Urыson, Xiыchin va boshkalar Moskva matematika maktabini asosini tashkil etadilar. Tekshirish savollari: XIX-XX asrlarda Rossiyada matematikaning ahvoli qanday edi? Peterburg ilmiy maktabi haqida nimalarni bilasiz? Moskva ilmiy maktabi haqida nimalarni bilasiz? Download 39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling