Mavzu: Arxemed qonuni. Uzluksizlik tenglamasi
Download 162.19 Kb.
|
Gidravlika II kurs Arxemed qonuni. Uzluksizlik tenglamasi
Mavzu: Arxemed qonuni. Uzluksizlik tenglamasi I.KIRISH II.Asosiy qisim 1.Arxemed qonuni 3.Jisimlarning suyuqlikda suzish shartlari 2.Uzliksizlik tenglamasi 3.Xulosa 4.Foydalanilgan adabiyotlar Tayanch so`zlar: Kutarish kuchi, suyuqlik zichligi, suyuqlik oqimi, harakat turlari Izohli lug`atlar: 1.Kuch-berilayotgan jisimga boshqa jisimlar tomonidan kursatilayotgan mexanik ta’sirning miqdori va yunalishni ifodalovchi kattalik 2. Bosm-biror jisimning boshqa jisim sirtiga tik yunalishda ta’sir qiladigan kuchlar intensivligini ifadalovchi fizik kattalik 3.Aerostatika-gazlarning movozanat shartlarini ularga botirilgan qattiq jismgalarga tasirini o’ganuvchi bo’lim 4.Gidrostatika-suyuqlik movozanatini va suyuqlikda bosimning taqsimlanishini o’rganadigan bo’lim KIRISH Suyuqlik yoki gazga botirilgan har qanday jismga shu jism siqib chiqargan suyuqlik yoki gaz og‘irligiga teng gidrostatik (gazlarda aerostatik) "ko‘tarish kuchi" ta'sir qiladi.Afsonaga ko‘ra, hammomdan qip-yalang‘och chiqa solib, saroy tomon yugurarkan, qadimgi yunon olimi Arximed "Evrika!" - deb xitob qilgan ekan. Yunon tilida bu so‘zning ma'nosi "Topdim!" degani bo‘ladi. o‘sha afsonada aytilishicha, qadimgi Yunoniston podshosi Geron II olimga, o‘z tojining sof oltindan yasalganmi, yo‘qmi, aniqlash vazifasini topshirgan ekan. Shartga ko‘ra, olim, tojni o‘ziga ziyon yetkazmasdan (ya'ni, buzmay va sindirmay) turib, uning metalli sof tilladanmi, yoki, biror boshqa arzonroq metall, masalan, mis yoki, kumush qo‘shilganmi - shuni aniqlashi lozim edi. Tojni tarozida tortib ko‘rish Arximedga qiyinchilik tug‘dirmagan. Lekin, masalani hal qilish uchun shuning o‘zi yetarli emasdi. Shuningdek, olim tojning hajmini ham o‘lchashi va bu orqali metallning zichligini aniqlab, natijada, uning sof oltindan ekanini bilib olishi mumkin bo‘lgan. U bu masala ustida juda ko‘p bosh qotirgan. Aytishlaricha, boshi qotgan Arximed biroz chalg‘ish va tin olish uchun hammom qilgani tushadi. U vannaga suv to‘ldirib, ichiga butun tanasi bilan sho‘ng‘ib tushib cho‘milmoqchi edi. U suv to‘la vannaga tushishi hamonoq, vannadan muayyan suv toshib chiqib ketganini ko‘rdi. Shu lahzada uning miyasida yarq etib yangi fikr chaqnadi va u "Evrika!" (Topdim!) - deb xitob qilib yubordi. Bunda, Arximed vannaga tushgach, undan olimning tanasi hajmiga teng hajmdagi suv toshib chiqib ketgan edi. Shu tariqa u podsho qo‘ygan masalaning yechimini topgan edi va afsonaning eng keng tarqalgan talqiniga ko‘ra, xursand bo‘lganidan, hatto kiyinishni ham unutib, qip-yalang‘och holda saroyga yugurib borgan ekan. Lekin, biz bu voqeani qanchalik "afsona" deb atamaylik, unda aniq va muhim bir haqiqat bor: suyuqlikka botgan jism o‘z hajmiga teng hajmdagi suyuqlikni itarib chiqarishi va unga bog‘liq holda, jismlarning suzish qonuniyatlarini aynan Arximed kashf qilgan. Unga ko‘ra, agar qattiq jismni suyuqlikka botirilsa, u suyuqlikka botib turgan qismning hajmiga teng hajmdagi suyuqlikni siqib chiqaradi. Suyuqlikning siqib chiqarilgan qismiga ta'sir qilgan bosim, endilikda, unga botib turgan qattiq jismga ta'sir qiladi. Bunda, agar, suyuqlikning qattiq jismga pastdan yuqoriga tomon yo‘nalgan itarish kuchi, ushbu jismni yuqoridan pastga tortayotgan og‘irlik kuchidan katta bo‘lsa, ushbu jism suyuqlikka cho‘kmaydi; ya'ni, u suyuqlik sirtida suzib yuradi. Aksincha holatda, jism suyuqlikka cho‘kadi. Download 162.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling