Mavzu: Arxemed qonuni. Uzluksizlik tenglamasi
To’la oqim uchun uzluksizlik tenglamasi
Download 162.19 Kb.
|
Gidravlika II kurs Arxemed qonuni. Uzluksizlik tenglamasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ideal suyuqliklar uchun harakat tenglamasi. Suyuqlik harakati uchun Eyler tenglamasi.
To’la oqim uchun uzluksizlik tenglamasi
Yuqorida keltirilgan tenglamadan ko’rinib turibdiki, elementar oqimchaning barcha kesimlarida elementar sarf bir xildir. tenglamani quyidagicha yozish mumkin Bundan elementar oqimchaning ixtiyoriy ikkita kesimidagi tezliklar bu kesimlar yuzasiga teskari proporsional ekanligi kelib chiqadi. To’la oqim uchun uzilmasilik tenglamasini chiqaramiz. Buning uchun elementar oqimcha uchun olingan uzilmaslik tenglamasidan foydalanamiz. Oqim sarfi cheksiz ko’p oqimchalar sarfining yig’indisidan iborat ekanligini nazarga olib, tenglamaning chap va o’ng qismini S1 va S2 yuzalar bo’yicha olingan integrallar bilan almashtiramiz. tenglamaga bo’ladi. Shuning uchun (3) Tanlab olingan 1-1 va 2-2 kesimlar ixtiyoriy bo’lgani uchun = = cost. Bu oqim uchun uzilmaslik tenglamasidir. Undan ko’rinadiki oqimning yo’nalishi bo’yicha ko’ndalang kesimlarning yuzasi va tezligi o’zgarib borishi mumkin. Lekin sarf o’zgarmaydi. Tenglamani quyidagicha ta‘riflash va yozish mumkin, ya‘ni oqimning kesimlardagi o’rtacha tezliklar tegishli kesimlarning yuzalariga teskari proporsional; Ideal suyuqliklar uchun harakat tenglamasi. Suyuqlik harakati uchun Eyler tenglamasi. Suyuqlik harakat qilayotgan fazoda tomonlari dx, dу, dz bo’lgan elementar hajm ajratib olamiz . U holda hajmga Оx, Оу, Оz o’qlari yo’nalishida ta‘sir etuvchi kuchlar gidrostatikada suyuqliklar asosiy tenglamasini chiqarganimizdek ifodalanadi. Bu Еrda farq suyuqlik harakatda bo’lganligi uchun bosim kuchlaridan tashqari inersiya kuchlari ham mavjudligidir. Shuning uchun gidrostatikada suyuqlikning muvozanat shartlaridan foydalangan bo’lsak, bu Еrda Dalamber prinsipidan foydalanamiz. U holda birlik massaga ta‘sir etuvchi inersiya kuchlarining teng ta‘sir etuvchisi x, u, va z o’qlarida quyidagi preksiyalarga ega bo’ladi; (.4) Birlik massaga ta‘sir etuvchi bosim kuchlarining teng ta‘sir etuvchilari (5) bo’ladi. Shuningdek, og’irlik kuchlari uchun x, u va z o’qlaridagi proporsiyalar X , Y, Z . (6) Endi x, u va z o’qlari bo’yicha Dalamber prinsipini qo’llasak, quyidagi differensial tenglamalar sistemasiga ega bo’lamiz: (7) Bu tenglamalar sistemasi ideal suyuqliklar harakatining differensial tenglamasi deyiladi. U birinchi marta Eyler tomonidan suyuqliklar harakatini tekshirish uchun taklif qilingani uchun (1755 y) Eyler tenglamasi deb ham yuritiladi. Yuqoridagi sistema uchta differensial tenglamadan iborat bo’lib , noma‘lumlar soni to’rtta: ux , uy , uz , p. Matematikada ko’rsatilishicha bunday holda yana bitta tenglama kerak bo’ladi. Ana shu to’rtinchi tenglama sifatida suyuqliklar haraktining uzilmaslik tenglamasini differensial shaklda yoziladi va u siqilmaydigan suyuqliklar uchun quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: (8) Oliy matematika kursidan ma‘lumki, ixtiyoriy vektor proeksiyalarining tegishli koordinatalar bo’yicha hosilalari yig’indisi divergensiya deyiladi. U holda Buni nazarga olsak, (8) qisqacha quyidagicha yoziladi: Murakkab funksiyaning to’liq differensiali haqidagi qoidaga asosan (9) lekin koordinatalardan vaqt bo’yicha hosilalar tezlik proeksiyalarini beradi, ya‘ni (10) Buni nazarda to’tgan holdani quyidagicha yozish mumkin (11) Shuningdek, funksiyalarning vaqt bo’yicha to’liq hosilalarini ham quyidagicha ifodalash mumkin: (12) (13) (11), (12), (13) larni (8) ga qo’yib, ideal suyuqliklar differensial tenglamasini quyidagicha yozish mumkin: (14) Xulosa Men yoritgan mavzum buyicha xulosam shundan iboratki arxemed qonuni bilan tanishib chiqdim, arxemed qonuni nima ekanligini va arxemed qonunining fizik jarayonlarini urgandim. Jisimlarning suyuqliklarda suzish shartlarida haqida malumotlarni uqib urgandim . Hozirgi kunda arxemed qonuni juda kup soxalarda keng qullanishi tushundim . Suyuqliklarning suvda suzish shartlari bilan tanishib chiqdim . Uzliksizlik tenglamalarining elementar oqim,tula oqim va idyal suyuqliklar uchun harakat tenglamasi ,suyuqliklar uchun Eyler tenglamalari haqida malumotlarga ega buldim Download 162.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling