Mavzu: Arxemed qonuni. Uzluksizlik tenglamasi


Download 162.19 Kb.
bet2/5
Sana06.04.2023
Hajmi162.19 Kb.
#1330495
1   2   3   4   5
Bog'liq
Gidravlika II kurs Arxemed qonuni. Uzluksizlik tenglamasi

Arxemed qonuni
Arximed qonunini shuningdek, molekulyar-kinetik nazariya nuqtai nazaridan ham talqin qilish mumkin. Tinch holatdagi suyuqlikda bosimni harakatdagi molekulalarning zarbalari yuzaga keltiradi. Muayyan hajmdagi suyuqlikka qattiq jism botgach, uning molekulalarining yuqoriga yo‘nalgan zarba impulslari jism tomonidan suyuqlik hajmini siqib chiqarishga emas, balki, jismning o‘z-o‘ziga qayta yo‘naladi va shuning natijasida, jism tagidan uni yuqoriga itaruvchi bosim yuzaga keladi. Agar jism suyuqlikka butunlay botgan bo‘lsa, unda ham itaruvchi kuch baribir jismga ta'sir qilishda davom etadi. Suyuqlik chuqurligi ortgani sari, jismga ta'sir qiluvchi bosim ham kuchayaveradi. Jismning pastki qismi, uning yuqori qismiga qaraganda kattaroq bosimga duchor bo‘ladi. Shuning natijasida itaruvchi kuch paydo bo‘ladi. Itaruvchi kuchning molekulyar darajadagi mohiyati shunday tushuntiriladi.
Itarish kuchining bunday manzarasi, zichligi suvdan ancha katta bo‘lgan po‘latdan yasalgan og‘ir kemaning nima sababdan cho‘kmasdan, suzib yuraverishini izohlab beradi. Gap shundaki, kemaning dengizda siqib chiqargan suv hajmi, uning suvga botib turgan qismining hajmi va uning yuk chizig‘idan (vaterlayndan) pastdagi havo hajmi yig‘indisiga teng bo‘ladi. Ya'ni, agar kema korpusi qobig‘ining hajmi va uning ichidagi havo hajmining o‘rtacha qiymati olinsa, unda kemaning yaxlit jism sifatidagi zichligi suvning zichligidan kam bo‘lib chiqadi. Shu sababli ham, suv molekulalarining unga ko‘rsatayotgan yuqoriga itaruvchi kuchi, Yerning kemani o‘ziga tortayotgan gravitatsiya kuchidan katta bo‘lib chiqadi. Kema esa suzadi.
Arximed qonuni – gidrostatika va aerostatikaning asosiy qonuni. Miloddan avvalgi 3-asrda Arximed ochgan.
A
rximed qonunining formula koʻrinishi:{\displaystyle {F}_{A}=\rho {g}V,}bu yerda {\displaystyle \rho }  – suyuqlik yoki gazning zichligi, {\displaystyle {g}}  – erkin tushish tezlanishi, {\displaystyle V}  boʻlsbotirilgan jismning hajmi (botirilgan qismining.

Agar jismning ogʻirligi "koʻtarish kuchi"ga teng boʻlsa, jism suyuqlikyoki gaz hajmining istalgan joyida boʻla oladi


Suyuqlik yoki gazga botirilgan har qanday jismga shu jism siqib chiqargan suyuqlik yoki gaz ogʻirligiga teng gidro-, aerostatik "koʻtarish kuchi" ta’sir qilishini ifodalaydi. Bu kuch jism sirtiga suyuqlik yoki gaz tomonidan ta’sir qiluvchi bosim kuchlarining teng ta’sir etuvchisi boʻlib, yuqoriga tik yoʻnaladi. Agar jismning ogʻirligi "koʻtarish kuchi"dan katta boʻlsa, jism choʻkadi, kichik boʻlsa – choʻkmaydi, teng boʻlsa, jism suyuqlik yoki gaz hajmining istalgan joyida boʻla oladi. Bu qonun bir jinsli boʻlmagan suyuqlik va gazlarga ham taalluqlidir.

Download 162.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling