3-Ma’ruza Mavzu: Yоshiga qarab beriladigan dorilar. Bolalarga, yаngi tug‘ilgan chaqaloqlarga hamda geriatriya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari. Ma’ruza maqsadi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/27
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#188364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Dorivor moddalarning kerakli a’zoga yo‘naltirilgan ravishda yetkazish tizimlari. Mikrokapsulalar. Liposomal dori turlari (3)

sezgir bo’ladilar; 

8) 


1 yoshgacha himoya tizimi rivijlanmagan bo’ladi; 

9) 


7-8 yoshgacha yutish refleksi yaxshi rivojlanmagan 

I.  Pеdiatriya  amaliyotida  qo’llaniladigan  suyuq  va  qattiq  dori  turlari  XI-DF  talablari  va 

O’zRSSVgini buyruqlari bilan tasdiqlangan qo’llanmalar:  „Dorixona muassasalarida suyuq dori 

turlarini  tayyorlash  bo’yicha  qo’llanma”  (29.12.2002  y.  582-sonli  buyruq);  „Dorixona 

muassasalarida  tayyorlanadigan  dori  turlarining  sifatini  baholash  bo’yicha  qo’llanma” 

(29.12.2002  y.  583-sonli  buyruq);    „Dorixona  sharoitida  tayyorlangan  dori  vositalarini  sifatini 

yaxshilash  borasida”  yo’riqnomasining  2-ilovasi  (21.04.2000  y.  195-sonli  buyruq);  „Dorixona 

muassasalarida stеril va asеptik dorilar tayyorlash bo’yicha qo’llanma” (28.04.2003 y. 198-sonli 

buyruq);  „Dorixona  muassalari  tomonidan  tayyorlanadigan  va  idishga  jihozlanadigan  dori 

vositalarni  tashqi  bеzagiga  doir  qoidalar”  (15.04.2002  y.  177-sonli  buyruq)  asosida  va  dori 

moddani fizik-kimyoviy holatini hisobga olib tayyorlanadi. 

Dori  vositaning  bola  organizmiga  ta’sir  etish  reaksiyasi  turlicha  bo‘lib,  u  ko‘p  omillarga 

bog‘liqdir va oldindan qanday ta’sir ko‘rsatishni bilish qiyin. Bolalarning har bir hayot davri o‘ziga 

hos xususiyatlari bilan ajralib turadi va ular asab, endokrin, mushak, yurak qon-tomir va boshqa 

tizimlarni rivojlanishiga bog‘liq. Shu sababli standart bola bo‘lmaganidek, organizmga ham dori 

vosita  standart  ta’sir  ko‘rsatmaydi.  Masalan,  morfin  yangi  tug‘ilgan  chaqaloqning  nafas  tizimi 

faoliyatini osongina to‘htatib, salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, narkoz uchun beriladigan natriy 

oksibutirat  esa  bunday  ta’sir  ko‘rsatmaydi.  Noradrenalin  aniq  ravishda  yangi  tug‘ilgan 

chaqaloqning  arterial  qon  bosimni  ko‘taradi,  efedrin  esa  bunday  ta’sirni  sezilarli  ravishda 

namoyon etmaydi. 

Bolalar  ulag‘ayishi  bilan  ayrim  preparatlarga  (aminazin,  adrenalin),  chidamlik  pasaysa, 

boshqalarga (morfin, rezerpin) esa ortib boradi, uchini turdagi dori vositalarga (fenamin, atropin) 

esa to‘lqinsimon o‘zgarishi kuzatiladi. 

Bolalarni  rivojlanishiga  qarab  dori  vositalarning  terapevtik  dozalari  ham  bir  tarzda 

o‘zgarmasligi  aniqlangan.  Shu  sababli  kattalar  dozasidan  kelib  chiqqan  holda  bolalar  uchun 

mo‘ljallangan dozani hisoblash notug‘ri deb hisoblash mumkin. Shuning uchun, bolalar dozasini 

hisoblamasdan,  klinik  sinovlarga  asoslangan  holda  beligalish  to‘g‘ri  bo‘ladi.  Ushbu  usulda 

aniqlangan 

dozalar 

Davlat 


Farmakopeyasi 

tomonidan 

huquqiylashtirilib, 

retseptlar 

ma’lumotnomalarida va dori preparatlar annotatsiyalarida e’lon qilinadi. 

Bolalar  uchun  mo‘ljallangan  dori  preparatlar  dozasini  turlicha  ifodalashadi:  1  kg  tana 

massasiga,  tana  sathi  birligiga  yoki  yoshiga  qarab.  Bular  ichida  dozani  tana  sathi  hisobidan 

belgilash eng maqsadga muvoffiq bo‘lib, bola yoshiga qarab belgilangan doza esa taxminan deb 

topilgan. Ayrim xorijiy davlatlardan keltirilgan dori preparatlarning jihozlariga maxsus chizg‘ich 

qo‘shib  qo‘yilgan  bo‘ladi,  ushbu  chizg‘ich  bolaning  antropometrik  parametrlariga  ko‘ra  dori 

preparat dozasini aniqlashga imkon beradi (1-ilova). 



II. Bolalaruchuntayyorlanadigandorilardozasinitekshirish: 

   Rp:  Streptocidi               3,0  

          Sirupi sacchari           5 ml 

          Aquae purificatae  100 ml 

           M.D.S. Bir dеsеrt qoshiadan kuniga 3 mahal(7 yoshli bolaga). 

Bolalarga  suyuq  dori  turlari  osh  qoshiqda  (15  ml),  desert  (bol)  qoshiqda  (10  ml),  choy 

qoshiqda (5 ml) yoki maxsus menzurkalar va dozatorlar yordamida o’lchab beriladi.  


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling