3-Ma’ruza Mavzu: Yоshiga qarab beriladigan dorilar. Bolalarga, yаngi tug‘ilgan chaqaloqlarga hamda geriatriya amaliyotida qo‘llaniladigan dori turlari. Ma’ruza maqsadi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/27
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#188364
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
Dorivor moddalarning kerakli a’zoga yo‘naltirilgan ravishda yetkazish tizimlari. Mikrokapsulalar. Liposomal dori turlari (3)

Tozalangan suv 

Limon  kislotasi 

-«- 


-«- 

0,02 



0,5 

2,0 


Sho’r 

Sh 


Sho’r emas 

Nim sho’r 

Sho’r 

Juda sho’r 





Tozalangan suv 

Natriy xlorid 

-«- 


-«- 

0,1 



2,0 

4,0 



Shirin 

О 

Shirin emas 



Nim shirin 

Shirin 


Juda shirin 





Tozalangan suv 



Qand 

-«- 


-«- 

0,38 



15,0 

30,0 


2-jadval 

Bolalarga mo’ljallangan turli dori vositalarni ta'mini ta'riflash 

Nomi 

Dori 


shakli 

Xarf va son indеkslari 

T'am 

formulasi 



Umumiy ta'mi 

А 



Sh 

О 

Lеvomitsеtin 



Tablеtka 



А4 



Achchiq 

 

Aloe tеmir bilan 



Sirop 

 





N303А2 

Nordon-shirin,  nim-

achchiq 

Kaliy atsеtat 

Eritma 



О3N2 



Shirin, nim- nordon 

Paratsеtamol 

Granulalar 



О3N2 



Shirin, nim- nordon 

Kalmagin 

Granulalar 



03 



Shirin 

 

Korrigentlar tavsifi 

Korrigentlarga quyidagi talablar qo’yiladi: 

- dori bilan yaxshi aralashib, ularning t’amini tuzatishi lozim; 

- dori va yordamchi moddalarga mos kelishi kerak; 

- dorining biologic samaradorligiga va barqarorligiga t’asir ko’rsatmasligi kerak. 

Dorilar  t’amini  tuzatish  mexanizmi  fiziologik  antagonist  reseptorlarga  t’asir  ko’rsatishga 

asoslangan. 

Korrigentlarni  tanlsh  dori  moddaning  fizik-kimyoviy  xossasi,  t’ami,  dori  turi  va 

biosamaradorliliga bog’liq bo’ladi.  

Dorolarni noxush organoleptic xossasini tuzatish maqsadida tibbiyot amaliyotida va oziq-

ovqat sanoatida ishlatiladigan t’am, hid va rang korrigentlar qo’llaniladi. 



Suyuq va qattik dori turlarni ta’mi, hidi va rangini tuzatish 

Bolalar uchun mo’ljallangan dori vositalarni noxush organoleptic xossasini tuzatish uchun 

tibbiyot amaliyotida ishlatish uchun ruxsat etilgan ta’m, hid va rang korrigentlari qo’llash mumkin. 

 Qiyomlar.  (Sirupi)  qandni  suvdagi  yoki  achib  maromiga  etgan  meva  sharbatildagi 

kontsentrlangan eritmasi (64% gacha), shuningdek ularning dori moddalar eritmasi, tindirma va 

ekstraktlar bilan aralashmasi bo’lib, quyuq, tiniq va tarkibiga qarab o’ziga hos t’am va hidga ega 

suyuqliklar. XI-Davlat Farmakopeyasining 2-jildida qiyomlar uchun umumiy maqola keltirilgan. 

Qiyomlar  bolalar  uchun  mo‘ljallangan  dori  turlarining  o‘rnini  deyarli  hech  narsa  bilan 

almashtirib bo‘lmaydigan tarkibiy komponentlari hisoblanadi. Ularning asosiy ahamiyati – dori 

moddalarning  noxush  ta’mini  tuzatishdir.  Buning  uchun  odatda  qand,  invert,  qand-patoka 

qiyomlari qo‘llaniladi. 

Qo‘llanilishi bo‘yicha qiyomlar ta’m beruvchi va dorivorlarga tasniflanadi. Ta’m qiyomlari 

faqat asosiy dori moddalarni ta’mini tuzatish maqsadida qo‘llaniladi. Bularga misol sitfatida qand 

qiyomini hamda meva va reza mevali qiyomlarni keltirish mumkin. Qiyomlar ta’m korrigentlari 

sifatida  bolalar  uchun  mo‘ljallangan  dori  turlari  tarkibida  qo‘llanilishi  bilan  birga  tabletka, 

granulalar va boshqa dori turlarni olishda bog‘lovchi modda sifatida ham ishlatiladi.   

Korrigentlar sifatida  - qand, olcha, limon, malina, qorag’at, gulhayri, noranja (pomeranets) 

va  boshqa  qiyomlar  qollaniladi.  Ularning  tarkibida  qand,  organic  kislotalar,  meva  efir  moylari 

bo’lib asosan achchiq t’amni tuzatish uchun qo’llaniladi. 



Dorivor qiyomlar – bu gulhayri ildizi, chuchukmiya, rovoch va b. dorivor qiyomlar noxush 

ta’mni  tuzatishda  deyarli  yuqori  potensialga  ega  emaslar  (gulhayri  ildizi  va  olma  qiyomlari), 

chuchukmiya ildizi qiyomi esa fchchiq ta’mni tuzata olsada, o‘zi noxush ta’mga ega. 

Eng yuqori ta’m tuzatish potensialga malina, olcha va kakao qiyomlari ega. Ayniqsa malina 

va olcha qiyomlar tarkibiga kislota qo‘shilishi, ularning potensialini yanada oshiradi.  

Efir moylari (Olea aetherea) – bu xushboy moddalar aralashmasi bo‘lib, ular turli sinflarga 

mansub organik birikmalardan tashkil topgan bo‘ladi, ko‘p hollarda terpenoidlar, ayrim hollarda 

aromatik va alifatik birikmalar. 

Ularning tarkibiga efir moylarini saqlovchi o‘simliklar (yalpiz, arpabodiyon, limon, apelsin 

va b.) dan ajratib olingan va o‘ziga hos hidga ega xushbo‘y va xushbo‘y bo‘lmagan birikmalar 

kiradi. 

Xushbo‘y  moddalar  qadim  zamonlardan  beri  o‘ziga  e’tibor  qaratgan.  O‘rta  asrlarda 

xushbo‘y  moddalar  texnologiyalari  shiddat  bilan  rivojlangan  bo‘lib,  masalan,  XVI  asr  boshida 

rozmarin, lavanda, mavrak, igir, sano muattar hid taratuvchi o‘simliklardan xushbo‘y moddalar 

ajratib olingan. 

Bugungi  kunda  efir  moylari  oziq-ovqat,  parfyumeriya,  kosmetika  hamda  farmatsevtika 

sanoatida ham ta’m va hid korrigentlari sifatida keng qo‘llanilmoqda. 

Sulfadimezin  3%  suspenziyasi  misolida  quruq  suspenziyalarni  efir  moylari  va  qand 

yordamida  ta’mini  tuzatish  imkoniyatlaroi  o‘rganilgan  (3-jadval).  Bunda  qand  miqdori 

suspenziyada 15% tashkil etgan. Efir moylari esa 15 g qandga 2 tomchidan qo‘shilgan va yaxshilab 

aralashtirilgan. Quruq suspenziyani ta’mini aniqlash uchun ustiga ma’lum hajmgancha tozalangan 

suv solingan, aralashtirilgan va asosiy ta’mning son indekslari aniqlangan (A.S. Tensova usuli). 

3-jadvalda  keltirilishicha,  apelsin  va  arpabodiyon  efir  moylari  eng  maqsadga  muvoffiq  ta’mni 

tuzatuvchi efir moylari ekanligi aniqlangan. 

3-jadval.  

Efir moylarini ta’m tuzatuvchi xususiyatini soldishtirma baholash natijalari (sulfadimezin 3% 

suspenziyasi) 

Sreda 


Son indeksining ko‘rsatkichi 

Sulfadimezinsuspenziyasini 

turli muhitlardagi ta’mi 

Sulfadimezinsuspenziyasini 

asosiy ta’mi 

Tozalangan suv 

2,0

 /

0,10 



2,05/0,05 

Tozalangan suv, qand, efir moyi 

2,7

 /

0,09 



2,9/0,09 

Toz. suv, qand, lavanda efir moyi 

 

2,5/0,17 



2,8/0,08 

Toz. suv, qand, kashnich efir moyi 

2,45/0,18 

2,85/0,10 

Toz. suv, qand, limon efir moyi 

2,45/0,16 

2,8/0,13 

Toz. suv, qand, limon efir moyi 

3,0/0,14 

3,05/0,08 

Toz. suv, qand, qalampirmunchoq 

efir moyi 

 

3,35/0,15 



 

2,9/0,14 

Toz. suv, qand, yalpiz efir moyi 

3,35/0,15 

2,9/0,14 

Toz. suv, qand, arpabodiyon efir 

moyi 

4,05/0,16 



3,75/0,09 

Toz. suv, qand, apelsin efir moyi 

4,05/0,16 

3,85/0,08 

 

Xushbo‘y  suvlar  (Aquae  aromaticae)  –  bu  tarkibida  efir  moyini  saqlovchi  suvli-spirtli 



eritmalar  yoki  suvli  mikrogeterogen  tizimlar.  Ularning  asosiy  vazifasi  dori  preparatlarning, 

ayniqsa bolalar uchun mo‘ljallangan dorilarni, ta’mini va hidini tuzatishdir. Bundan tashqari ular 

o‘zi ham terapevtik faollikga ega, masalan, antiseptik, so‘lak hosil qiluvchi va boshqa ta’sirlar. Bu 

holni xushbo‘y suvlarni korrigent sifatida qo‘llashda albatta hisobga olish zarur. 




Qandlar  sifatida  saxaroza,  glyukoza,  fruktoza,  laktoza,  shuningdek  ularni  saqlovchi 

ozuqaviy  mahsulotlar  (shokolad,  asal,  kakao,  kofe)  dori  vositalarni  ta’mini  tuzatish  uchun 

ishlatiladi. 

Shirinlashtirgichlar. Bugungi kungacha dori vaositalarni ta’mini tuzatish uchun asosan qand 

(saxaroza) ishlatilib kelingan, shuningdek u to‘ldiruvchi, konservant va solyubillovchi yordamchi 

modda sifatida ham ishlatilgan. Biroq,  uning shirinlashtirish potensiali deyarli katta bo‘lmaganligi 

sababli, dori vositalar tarkibiga katta miqdorda qo‘shilishi lozim. Masalan, dimedrolning achchiq 

ta’mini tuzatish uchun dimedrolning massasiga nisbatan saxaroza 50 – 100 marta ko‘p qo‘shilishi 

kerak.  Olib  borilgan  biofarmatsevtik  izlanishlar  natijasi  bo‘yicha  ayrim  hollarda  dori  vosita 

tarkibida  qand  miqdorini  ko‘payishi  ta’sir  etuvchi  dori  moddaning  so‘rilishiga  (kalsiy  tuzlarini 

saqlovchi  preparatlar)  salbiy  ta’sir  ko‘rsatishi,  ayrim  hollarda  ularning  zaharliligi  ortishi 

(nitrofuranlar)  isbotlangan.  Shuningdek,  qandli  diabet,  diatez  v  shu  kabi  boshqa  kasalliklarda 

qandni yordamchi modda sifatida ishlatish mumkin emas.  

Fruktoza barqaror birikma emas, uning tarkibida tarang okisidlangan halqasimon furanozli 

sikl bo‘lib, u eritmalarga jigarrang rang beruvchi furfurol, gumin va boshqa moddalar hosil qilishi 

mumkin, bu esa dorilarni turg‘unligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Bugungi kunda mahalliy farmatsevtika korxonalarida korrigentlar sifatida maltoza, laktoza, 

invertlangan qand, limon kislotasi, glitserin, saxarol; xorijda esa dulsin, saxarin, sorbitol, tabiiy va 

sun’iy  asal,    karboksimetilsellyuloza,  metilsellyuloza,  mannitol,  shuningdek  sintetik 

shirinlashtirgichlar  -  siklomatlar  (siklogeksilsulfamin  kislotasining  natriy  va  kaliyli  tuzlari) 

ishlatiladi, ular shirinlik indeksi bo‘yicha qanddan 30 marta shirinroq. 


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling