3-ma’ruza minerallarning mo’rtligi, qayishqoqligi, mineral hosil qiluvchi jarayonlar. Reja


Download 412.22 Kb.
bet2/9
Sana11.05.2023
Hajmi412.22 Kb.
#1449883
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Moos qattiqlik shkalasi
3.1-jadval

Qat-tiqlik bo’yi-cha tartibi

Mineral nomi

Rangi

Qattiqlik ko’rsatkichi

1

Talk- Mg3[Si4 O10 ][OH]2

Rangsiz, turli qoramtir ranglarda

Tirnoq bilan engil chiziladi, yumshoq qalam tirnalgan iz qoldiradi.

2

Gips CaSO4 2H2O

Rangsiz,oq,sarg’sh qoragacha.

Tirnoq bilan chiziladi.

3

Kaltsit CaCO3

Rangsiz,oq, sariq, jigarrang, pushti, ko’kimtir

Lotundan bo’lgan tanga tirnalgan iz qoldiradi.

4

Flyuorit- CaF2

Rangsiz, turli xil ranglarda, binafsha rang

Oqna tirnalgan iz qoldiradi.

5

Apatit Ca5 [PO4 ]3F

Kok,oq,sariq, havo rang, qo’ng’r

Pichoq tirnalgan iz qoldiradi.

6

Ortoklaz KAlSi3O8

Oq, pushti, sariq, qizil-go’sht rang.

Pichoq bilinar – bilinmas tirnalgan iz qoldiradi.

7

Kvars - SiO2

Odatda rangsiz, kulrang

Pichoq bilan chizilmaydi.

8

Topaz - Al2 [SiO4 ](F,OH)2

Rangsiz, havo rang, pushti, sariq vino rang

Oynani kesadi, kvars tirnamaydi.

9

Korund-Al2 O3

Rangsiz, ko’k,qora,yashil

Oynani kesadi,

10

Olmos- S.

Rangsiz, oq,havo rang,yashil,qizil




Texnik maqsad uchun minerallarning qattiqligini aniqlashda juda aniq usullar (Brikella, Vinkers, Rokvil va boshqalar) mavjud. Ular mineralning yuzasiga har xil uchlik tig` bilan iz qoldirishga asoslangan. Tig` esa po`lat shar, olmos, konus, piramida va h.k. shaklida bo`lishi mumkin. Bu holda qattiqlik og`irlik kuchining ezilgan maydonga nisbati bilan aniqlanadi Qattiqlikni o`lchaydigan asbob qattiqlik o`lchovi (tverdomer) deyiladi. Uning shkalasida mineralning qattiqlik darajasini juda aniq ko`rish mumkin. Ayrim hollarda asboblar bo`lmaganida, minerallarning qattiqligini qo`l ostidagi mavjud narsalar yordamida ham aniqlash mumkin. Buning uchun biz yumshoq qalamning qattiqligi 1, tirnoqniki 2-2,5, mis tanganiki 3, mixniki (temirdan qilingan) 4-4,5, uchli pichoq yoki shisha sinig`iniki 5-6, po`lat egovning qattiqligi 5,5-7 ga tengligini bilishimiz kifoya.


Yaltiroqlik-bu minerallarning yuzasiga tushgan yorug`lik nurini qaytarish xususiyati. Yaltiroqlik metallsimon (M) - metallning yangi yuzasining yaltiroqligiga o`xshash -barit, kuprit, gematit, ilmenit; shishadek (Sh) - tiniq minerallar-sludalar, gips, kalsit; sadafdek (S) - sludalar, talk; ipakdek (I) - ingichka tolalardan tuzilgan minerallar - gips tolalari, asbest; yog`dek (Yo) - mineral yuzasi yog` surilgandek yaltiraydi - nefelin; olmosdek (O) - juda o`tkir yaltiroqlik - olmos, kinovar; mumdek (Mum) - hech qanday yaltiroqlik sezilmaydi - feruza.

Download 412.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling