3 – laboratoriya mashg`uloti Oqsil va aminokislotalarning rang hosil qilish reaksiyalari
Download 70.97 Kb.
|
3. rangli reak (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reaktivlar
- Ningidrin reaksiyasi
3 – laboratoriya mashg`uloti Oqsil va aminokislotalarning rang hosil qilish reaksiyalari. Biuret reaksiyasi Ishqoriy muhitda oqsillar va ularning gidroliz mahsulotlari bo’lgan polipeptidlar binafsha yoki qizil – binafsha rang hosil qiladi. Reaksiyaning mohiyati peptid bog`ining miqdoriga bog`liq. Biuret reaksiyasining chiqishi 2 ta peptid guruhining bo’lishiga bog`liq. Rangning intensivligi peptid bog`ining uzunligiga bog`liq bo’lib, ko’k binafsha rangdan to qizil – binafsha rang oralig’ida bo’ladi. Biuret reaksiyasini asparagin (asparagin kislotasining amidi), hamda aminokislotalardan gistidin , treonin va serin ham beradi. Bu reaksiyakning nomi biuretdan – ya’ni mochevinani qaynatish natijasida hosil bo’ladigan birikmadan kelib chiqqan. Bu reaksiyada ammiak molekulasining ajralishi kuzatiladi. Reaktivlar: a) tuxum oqsili, b) o’yuvchi natriy – 10% li eratmasi, v) 1% li mis sulfat eritmasi. Ishning bajarilishi: 1 ta probirka olib, unga 2 ml tuxum oqsilidan solinadi, keyin shuncha hajmda o’yuvchi natriydan va 1-2 tomchi mis sulfat eritmasidan solinadi. Bunda ko’k – binafsha yoki qizil – binafsha rang hosil bo’ladi. Ningidrin reaksiyasi Ningidrin reaksiyasini – amino guruhga ega bo’lgan aminokislotalar beradi. Oqsillar, polipeptidlar va aminokislotalar ningidrin bilan qaynaganda ko’k yoki ko’k – binafsha rang hosil qiladi. Ningidrin reaksiyasi - aminoguruhni aniqlash uchun eng aniq usul hisoblanadi. Reaksiyaning mohiyati shundan iboratki, aminokislotalar va peptidlar ningidrin bilan reaksiyaga kirishib, oksidlanishli dezaminlanishga va dekarboksillanishga uchraydi: Qaytarilgan 2 molekula ningidrin bilan ammiak reaksiyaga kirishib, bo’yalgan birikma hosil qiladi. Reaktivlar: a) oqsil eritmasi, b) glitsinning 0,1%-li suvdagi eritmasi, v) ningidrinning 0,1% li spirtdagi eritmasi. Download 70.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling