3 – laboratoriya mashg`uloti Oqsil va aminokislotalarning rang hosil qilish reaksiyalari


Download 70.97 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi70.97 Kb.
#1013186
1   2   3   4
Bog'liq
3. rangli reak (1)

Millon reaksiyasi.

Millon reaksiyasi yordamida tirozinni aniqlash mumkin. Tirozin Millon reaktivi bilan qo’shilib tirozinning qizil rangli simobli tuzini hosil qiladi. Bu reaksiya hamma fenollar uchun harakterlidir.



Nitrotirozinni simobli tuzi


Reaktivlar: a) tuxum oqsili eritmasi, 6) 1% li jelatina eritmasi, v) fenol, 0,1% li eritma, g) Millon reaktivi.
Hamma ish havo tortuvchi qurilma ostida olib borilishi kerak.
Ishning bajarilishi: 1 ml fenol eritmasiga 0,5 ml Millon reaktividan quyiladi va sekinlik bilan qaynatiladi. Bunda pushti rang hosil bo’ladi.
Probirkaga 1-2 ml tuxum oqsili eritmasidan solib, ustiga 5-6 tomchi Millon reaktividan solinadi va sekinlik bilan qizdiriladi. Suyuqlik qizil rangga bo’yaladi va qizg`ish - g`isht rangli cho’kma tushadi.
Shu reaksiya jelatina bilan ham qilib ko’riladi, lekin bunda qizil rang hosil bo’lmaydi.



  1. Triptofanga xos reaksiya.

Triptofan kislotali muhitda aldegidlar bilan reaksiyaga kirishib, kondensatsiyaga uchragan, rangli mahsulotni hosil qiladi. Masalan, glioksil kislota bilan (konsentrlangan sirka kislotasi bilan aralashmada uchraydi) quyidagicha reaksiya ketadi.

Shu sxema asosida triptofanning oksimetilfurfurol yoki formaldegid bilan beradigan reaksiyasini kuzatish mumkin.

Adamkevich reaksiyasi


Reaktivlar: a) yangi tuxum oqsili eritmasi, b) jelatina 1% li eritma, v) konsentrlangan sirka kislota, g) konsentrlangan sulfat kislota.
Ishning bajarilishi: Probirkaga bir necha tomchi tuxum oqsili eritmasidan solinadi, ustiga 1-2 tomchi konstentrlangan sirka kislotasidan qo’shiladi va sekinlik bilan tushgan cho’kma eriguncha isitiladi. Shundan so’ng sovitiladi va ehtiyotkorlik bilan probirka devori bo’ylab, bir tomonga qiyshaytirilgan holda 1 ml konsentrlangan sulfat kislota quyiladi. Bunda eritmalar bir – biriga aralashib ketmasligi kerak. Ikkita qatlam chegarasida bir necha daqiqadan keyin qizil – binafsha halqa hosil bo’ladi.
Bu reaksiyani jelatina bilan ham qilib ko’rish kerak, lekin reaksiya chiqmaydi. Buning sababi, jelatinaning tarkibida triptofan uchramaydi.



Download 70.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling