3-ma’ruza minerallarning mo’rtligi, qayishqoqligi, mineral hosil qiluvchi jarayonlar. Reja


Download 412.22 Kb.
bet4/9
Sana11.05.2023
Hajmi412.22 Kb.
#1449883
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Minerallarning sinishi- yuzalarning shakllariga qarab quyidagicha ataladi: a) chig`anoqsimon sinish-sinish yuzasi chig`anoqsimon botiq bo`ladi (kvars, opal, xalsedon); b) tekis sinish-usti tekis bo`lgan sinish (magnetit); v) tikansimon sinish (yuzasi bir tomonga qaragan zirapchalar bilan qoplangan, tolali gips, asbest).
Magnitlik xususiyati (1-rasm)- mineralning kompas strelkasiga ta`sir etib, uni normal holatdan burish xususiyati; agar bu xususiyat kuchli bo`lsa, bu mineral kompas tepasida aylantirilganda, kompas srtelkasi ham shu mineral ketidan aylanadi.

1-rasm. Magnitlik xususiyati

Shu jumladan, katta ahamiyatga ega bo`lgan fizik xususiyatlardan ta`mi, elektr tok o`tkazuvchanligi, suvda oson eruvchanligi, qaynashi, qizdirganda yoki qattiq urganda o`ziga xos xid chiqarish, qo`lga yog`lidek sezilishi va boshqalar.


Minerallarning mo’rtligi deb, ularni bosim ta’sirida pichoq uchi bilan sirtiga chizayotgnda uqalanish-maydalanish xususiyatidir.
Bu xususiyatlar minerallar diagnostikasi uchun ikkinchi darajali zhami-yatga ega, lekin ba’zi minerallar uchun juda ham xarakterlidir.
Minerallarning mо‘rtligi deb, ularni bosim ta’sirida pichoq uchi bilan sirtiga chizayotganda uqalanish-maydalanish kabi xususiyatini gushuniladi. Masalan, «aynama ruda» deb aytiladigan mlneral «qiriladi», ya’ni chekkalarida qoramtir kukun hosil qilib xira chiziq qoldiradi. Tashqi belgilari bilan shunga о‘xshab ketadigan xalkozinda bunday holda silliq yaltiroq chiziq qoladi, bu uning plastik deformatsiyalanish, ya’ni qysman bо‘lsa ham pachaqlanuvchanlik xususiyatidan dalolat beradi. Buydan ham keoyyn ravishda xuddi shunday hodisa pachaqlanuvchan sof tug‘ma metaylarda (mis, oltin, elektrum, kumush va boshqa metallarda) kо‘rinada.
Bо‘sh kristall strukuufaga ega bо‘lgan ba’zi minerallardagi plastiklik hodisasi kristallangan muhit qavatlarining bir yoki bir necha: tekisliklar bо‘ylab parallel surilishidan iborat bо‘lgan siljish (tosh tuzdagi siljish) bilan bog‘liqdir. Boshqa minerallardagi plastiklik ularning mexanik ravishda qо‘shaloqlanishi bilan birga sodir bо‘ladi (masalan, kalsit kristallarida).
Minerallar,ning qayishqoqligi, ya’ni moddalarning tashqi deformatsiya kuch ta’sirida о‘z shaklini о‘zgartishi va о‘sha kuch ta’siri yо‘qolganidan keyin yana aslig‘a qaytib kela olish xususiyati ham ba’zi minerallar uchun xarakterlidir. Masalan, slyudalar shunday xususiyatga ega’ bо‘lib, ular tarkibida kalsiy ishtirok etuvchi mо‘rt slyudalar deb aytiladigan bukilmasdan sinuvchi slyudalardan shu bilan farq qiladi. Slyudalarga о‘xshab ketadigan xloritlar kuchli ezilganda sinmasdan bukilsa-da, avvalgi shakliga :qaytolmaydi. Asbest gruppasiga kiradigan minerallarni titib, tо‘qimachilik sanoatida ishlatsa bо‘ladigan juda nozik elastik tolalar hosil qilish mumkin. Gipsning tola-tola. bо‘lib tuzilgan xili - selenit esa bunday xususiyatga eg‘a emasdir.

Download 412.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling