3-ma’ruza ochiq kon ishlari uchun konchilik ishlari va uskunalarini rivojlantirish ta


Download 24.51 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi24.51 Kb.
#1227652
Bog'liq
3-ma\'ruza


3-MA’RUZA


OCHIQ KON ISHLARI UCHUN KONCHILIK ISHLARI VA USKUNALARINI RIVOJLANTIRISH TAFOFUTLARI


Kon qazib chiqarish sanoatidagi ochiq kon ishlari da umumiy tendensiya kon massasini ajratib olish va bir joydan boshqa joyga kо‘chirish ishlarining sezilarli darajada о‘sishi bilan tavsiflanadi., ularda qoyali va yarim qoyali fo’rmalari umumiy xajmnng kamida 2/3 qismini tashkil etadi. Yuzaga kelgan kon-geologiya sharoilarida burg‘ulash dastgohlari, siklli va uzluksiz harakatlanuvchi kon mashinalarini yanada rivojlantirishsiz, shu jumladan, foydali qazilmalar konlarini ochiq usulda qazib chiqarish uchun mexanikaviy uskunalarning asosini tashkil etuvchi mashinalarni kompleksi ochiq kon ishlarini intensifikatsiyalash vazifalarini hal etish mumkin emas.
“Kon mashinalari va majmualari” sektorida (shо‘basida) yangi texnik darajadagi mexanikaviy uskunalarni yaratish bо‘yicha ilmiy-tekshirish va loyiha-konstruktorlik ishlari bajarilmoqda. Ilmiy va loyihaviy faoliyat natijasida mexanikaviy uskunalarni sifati jihatidan takomillashtirish bо‘yicha asosiy tamoyillar va jamlangan (jamlangan ayrim qismlardan tuzmoq, tarkiblamoq, tuzmoq, butun holga keltirmoq, joy-joyiga qо‘ymoq, umumiy yig’moq, jamlab – tuzilish, joylashtirish) oid qarorlar (hal etishlar), hamda ochiq usuldagi ishlar uchun kon mashinalari va uskunalarining asosiy uzellari kostruksiyasini bajarish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Burg‘ulash uskunalari. Karyerlarda burg‘alashning sharli usuli keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda kon massasini о‘yib chiqarishga tayyorlashda kon-qazib olish korxonalarida barcha burg‘ulash ishlarining 95 foizga yaqini sharli burg‘ulash dastgohlari bilan amalga oshiriladi, ularning orasida turli modifikatsiyali SBSH-250 (barcha parkning 90 foizidan ortiq) keng tarqalgan. Parkning qolgan qismini kuchsiz-energiya bilan ta’minlangan va kam ishonchli 2 SBSH-200 va 2 SBSH-200MN, dastgohlari tashkil etadi. Shu bilan birgalikda SBSH-250 turdagi dastgohlarga mo’ljallashtirish kon-qazib olish ishlab chiqarishini intensifikatsiyalash imkonini bermaydi, chunki ular texnikaviy tavsif va foydalanish kо‘rsatkichlarining zamonaviy darajasiga javob bermaydi.
Kon-ma’danchilik sanoati karyerlari uchun zamonaviy sharli burg‘ulash dastgohi quyidagilariga ega bо‘lishi kerak:
Barcha asosiy bajaruvchi mexanizmlarning yakka tartibdagi uzatmasida elektr mashinalarining eng kam miqdori, bunga gidrouzatmalarni qо‘llash natijasida nisbatan osonroq erishiladi;
Shpindelda elastik muftali aylantiruvchi moslama (aylantirgich) ning gidrofikatsiyalashtirilgan uzatmasi, ushbu uzatma kerakli tartibga solinadigan tavsif va transmissiyani stoporli yuklamalardan himoyalashni ta’minlaydi;har bir gusenitsaning yakka tartibdagi quvvatli uzatma (gidavlik)li, ushbu uzatma mashinaning yuqori manevrchanligini ta’minlaydi (ayniqsa, burg‘ulash nuqtasi ustida о‘rnatish) va siljish tezligi – kamida 1,5-1,6 km/soat; shtangani berilgan chuqurlikka uzluksiz berish va avtomatik ravishda о‘sib borishi uchun kassetada ularning sonini yetarli miqdorda bо‘lishi.
Katta quvvatli kompressor qurilmasi havoning solishtirma sarfi 0,8-1,0 m /daqiqa, 0,5-0,7 MPa bosimda о‘qqa zо‘r berish, bu quduqlarning sifatli tozalanishi va uskunalarning uzoq vaqt chidashini ta’minlaydi. 500-600 kN о‘q kuchiga va aylantirgich uzatmasi 120-150 kVt quvvatga ega bо‘lgan og‘ir sharli dastgohlar uchun kompressor qurilmasi havo sarfining umumiy yig‘indisi 45-55m/daqiqadan kam bо‘lmasligi kerak.
Foydalanishning barcha rejimlarini amalga oshirishda qо‘lda bajariluvchi amaliyotlarni mustasno qilish, bu smenada dastgohga bir nafar operatorni talab etadi; kassetada shtangalarning kerakli komplekti, yuqoriga qarab turgan holatdagi aylantirgich, shpindelda burg‘ulash stavi va uskuna mavjud bо‘lganda machtani kо‘tarish imkoniyati, bu dastgohni yangi burg‘ulash nuqtasiga kо‘chirib olib о‘tganda uning ishlashga tо‘liq tayyorligini ta’minlaydi; dastgohning ishlashi va bir joydan boshqa joyga kо‘chirilganda kafolatlangan mustahkamligi, shu jumladan, trassalar bо‘ylab kо‘ndalang qiyalikda, machta kо‘tarilgan holda (kamida 10 — 15° burchak ostidagi zabt etib bо‘ladigan kо‘tarilgan joy) va machta tushirilgan holda (burchaklar kamida 12 — 20°); aylantirgichning reaktiv momentidan “XL” tariqasida amalga oshirilgan dastgohlar uchun yuqori chidamlilik, sovuqbardosh pо‘latdan bajarilgan machta; quruq chang yutish, mashinist kabinasi va mashina bо‘linmasini samarali isitish tizimi va ishonchli ventilyatsiyasi; avtomatlashtirish tizimi, dastgohning asosiy uzellari va mexanizmlari;-yuqori yillik unumdorlik (taxminiy tartibda 70-80 ming m.)
Zamonaviy aylanma(sharoshka)li burg‘ulash dastgohiga qо‘yiladigan yuqorida keltirilgan talablarni hisobga olgan holda yangi texnik darajadagi aylanma (sharoshka)li dastgoh uchun texnik topshiriq (loyiha) ishlab chiqildi, ushbu dastgoh о‘ta qattiq bо‘lgan jinslar va ma’danlarni (oriyentirlash markirovkasi –SBSH 270 burg‘ulash qobiliyatiga egadir. Dastgoh tо‘liq gidrofikatsiyalangan bо‘lishi, о‘q kuchlanishi 550 kN dan kam bо‘lmagan miqdorda rivojlanishi va 120-200 kVt uzatma quvvatiga ega bо‘lishi zarur, kompressor qurilmasining ishlash unumdorligi 64 (2x32) m/daqiqa, bir yurish tezligi kamida 1,6 km/soat, konstruktiv massa (kabelli barabanni hisobga olmagan holda), -130-135 t. Avtomatlashtirish- funksiyalarni oqilona taqsimlagan holda, mexanikaviy (ushbu holatda bu-gidroavtomatika) va hisoblash qurilmalarini uyg‘unlashtiruvchi mexanotron tizimlarda amalga oshiriladi: regulirovkaq qilish (tartibga solish) – mexanika (gidroavtomatika), boshqaruv- raqam hisoblash texnikasi. Dastgohni avtomatlashtirishda amaliyotlarni bajarishning cheklangan tezligi va kichik xajmdagi dasturiy xotiraga ega bо‘lgan kichik va juda kichik ixtisoslashtirilgan hisoblash qurilmalaridan foydalanish kо‘zda tutiladi.
Bir kovushli ekskvatorlar va draglaynlar. Turli chuqurliklarda joylashgan foydali qazilmalardagi toshloq va yarimtoshloq jinsli konlar xuddi ilgarigidek siklli texnikani qо‘llagan holda qaziladi. Hozirgi vaqtda krayerlarda kon ishlarining 60 foizi EKG ekskavatorlari yordamida bajariladi.
EKG-8I ekskavator parkining ishlashi kо‘rsatkichlarini tahlil qilish ularning о‘rtacha yillik unumdorligi qazilayotgan jisnlarning maxkamligiga qarab 1000 ming. ±100 ming. m tebranib turadi (temir yо‘l transportiga yuklashda) va 1100 ming.± 100 ming s. m (avtomobil transportiga yuklashda) Unumdorlikning katta ahamiyatga egaligi yuk о‘katrish quvvati 120 t (masalan, "Komatsu 1200 ND") samosvallar bilan jihozlangan kompleksalar (majmualar)ga mutanosibdir. Tog‘-ma’dan konlarining kon-geologiya sharoitlariga qarab EKG-8I ekskavatorining unumdorligi har xil darajalar bilan tavsiflanadi.
Karyer ekskavtorlarining kontsruksiyasida, qoidaga kо‘ra, ma’dan konlariga nisbatan kо‘mir konlariga kо‘proq xos bо‘lgan ekskavatorlardan foydalanish shart-sharoitlari hsiobga olingan.
EKG-8I ekskavatorlaridan foydalanuvchi kо‘pgina korxonalar asosiy uzatmalarni stoporli tok (20-25 foizga)ni oshirishni kо‘zda tutgan holda qayta sozlashni amalga oshiradilar. Ekskavatsiya rejimariga о‘ta talabchanlik bilan rioya qilish eskirishlarning ortishi, rad etishlar oqimining о‘sishi, uzoq foydalanish va ishonchlilikning pasayishi, mashinalarga xizmat kо‘rsatish va ta’mirlash sarf-xarajatlarining oshishiga olib keladi.
Konstruksii karyernix ekskavatorov, kak pravilo, rasschitani na usloviya ekspluatatsii, xarakterniye boleye dlya ugolnix mestorojdeniy, chem dlya rudnix.
Tog‘-ma’dan konlarida EKG-8 I ekskavatorlarining ishlash spetsifakasi (xususiyati) ekskavatorlardan foydalanishda nafaqat uning konstruktiv kamchiliklari tо‘g‘risida, balki ushbu omillarni uning keyingi modifikatsiyalarida hisobga olish zaruriyati tо‘g‘risida dalolat beradi ( misol uchun, EKG-10 da).
Kon-qazib oligsh sanoatini yanada rivojlantirsh uchun kovushining sig‘imi 14-16 m, yillik unumdorligi V toifa ekskavatsiyasi jinslari bо‘yicha 3,5 mln.m gacha (jinsning hisoblangan zichligi 3,5 t/m -selikda), balandligi 20 m gacha о‘yiq joylarni qaziy olish qobitiyatiga ega bо‘lgan ekskavator modelini yaratish lozim. Ushbu modelning konstruksiyasini bajarish zaruriyatga qarab ekskavatorning chiziqli parametrlari (chо‘michlab olish balandligi, chо‘michlab olsh radiusi, yuk tushirish radiusi) va kovushning sig‘imini о‘zgartirish, hamda zaboyga joriy etishda uning gorizontal harakati va transport vositalariga zarblarsiz yuk tushirishni ta’minlash imkonini berishi kerak.
“Kon mashinalari va komplekslari” sektorida EKG-15 eskavatori uchun richagli-tebranadigan tipdagi almashinuvchi gidravlik ishchi uskunalarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga buyurtma bо‘yicha texnik topshiriq bajarilgan. Texnik topshiriq aniqlashtirilgandan va kelishilgandan keyin gusenitsali, kovush sig‘imi 16 m; richagli-tebranuvchi uzaytirilgan strelali (yuk kо‘taradigan xartumsimon qism) EKG-16 RKus karyer ekskavatori markirovkasi (rusumi)ni oldi.
Uzaytirilgan strelali ekskavatorlarning texnikaviy tavsifi 3.1 jadvalda keltirilgan.
Selikada zichligi 3,6 - 3,65 t/m3 qattiq jinslar va ma’danlar(portlatilgan massa) ni ishlashga bо‘lgan qobiliyati
CHо‘michlab kovlab olish trayektoriyasining deyarli har qanday turini amalga oshirish imkoniyatini ta’minlovchi yanada kо‘proq takomillashgan kinematikasi va chо‘michlab kovlab olish jarayonini minimal solishtirma energiya sarfi bilan shakllantirish; о‘yiq joy yonbag‘rini tozalashni olib borish va gorizontal uchastkada stoyaniye satxida kamida 7,5-8,0 m da uni rejalashtirishni olib borish; kon massasini transport vositalariga zarbsiz ortishni ta’minlashga imkon beruvchi jag‘li turdagi kovushni ochishning gidravlik tizimi;
kovushning ishchi parametrlari va sig‘imining samarali uyg‘unlashishi hisobiga yuqori unumdorlik ( о‘ta og‘ir sharoitlarda ishlashda – yiliga 2250 ming m., о‘rtacha qattiqlikkka ega bо‘lgan jinslarning ekskavatsiyasida 3250 ming m. gacha).
EKG-16RKus ekskavatorining kostruksiyasini bajarishning yuqori universalligi ulardan о‘yiq joylarning balandligi 15-20 m bо‘lganda transport tizimlarida qazib chiqarishda ham samarali foydalanish imkonini beradi
Nisbatan kam quvvatli korxonalar uchun EKG-10 turdagi о‘rta sinf ekskavatorlaridan foydalanish va EKG-8 us va uning EKG-5u modifikatsiyasidan foydalanish kо‘zda tutiladi.
О‘yib chiqarish va yuklash ishlarida, dastlabki yumshatishni talab etmaydigan kichik qattiqlikka ega bо‘lgan jinslarda gidravlik ekskavatorlar qо‘о‘laniladi. Ulardan foydalanishning maqsadga muvofiqlik sohasi karyer dalasi konturlarida yuk ortish-tushirish omborlarida ekskavator ishglarini amalga oshirish. EG-8, EG-22 va EG-15 larning qо‘llanilishi yanada istiqbolli hsioblanadi. Bunday modullar kovushlarining yakuniy sig‘imi tajriba-sanoat sohasida foydalanish sharoitlarida aniqlashtiriladi.
Hozirgi vaqtda kon massasini о‘rtacha quvvatli draglaynlar yordamida transport vositalariga yuklash keng tarqalgan. Ularning qо‘llanilish texnologik ikoniyatlarini kengaytirish tayyorlovchi-zavodlarning kon massasini faqat ag‘darmaga yuklash uchun mо‘jallangan draglaynlardan foydalanish bо‘yicha yо‘riqnomalariga ziddir. Foydalanish qoidalari va texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda kon massasini transport vositalariga yuklashni ta’minlovchi draglaynlarning ishchi uskunalarini yaratish zaruriyati paydo bо‘ldi. Kon massasini kovushdan tushirish jarayonini vizual nazoart qilish yuqori о‘rnatilgan kabinadan turib amalga oshirilishi kerak (oxirgisi lift-kabina ham bо‘lishii mumkin). Konstruktiv о‘zgarishlar, ehtimol, podyem lebedkasi, strela, burish mexanizmalarida sodir bо‘lishi joizdir.
Draglaynlarning konstruksiyasini takomillashtirish bazani tuproqdan tо‘liq ajralgan holda xodovoy mexanizmlarni ishlab chiqish; yangi texnik darajadagi mikroprotsessor texnikasidan foydalangan holda (TP-D, ventilli о‘zgaruvchan tok uztamasining regulirovka qilinadigan (tartibga solinadigan), о‘zgaruvchan tokning regulirovka qilinadigan kо‘pfazali uzatmasi va h.k.) yangi texnik darajadagi uzatmalarni ishlab chiqish unifikatsiyalangan texnikaviy qarorlar va gidrouskunalarning yangi bazasini ishlab chiqish;texnik xizmat kо‘rsatish uchun mehnat sarfini kamaytirish maqsadida markazlashtirilgan avtomatlashtirilgan moylash tizimini;konstruktiv materiallarni qо‘llash va “XL” tariqasida bajarilgan draglaynlarni ishlab chiqarish bо‘yicha tavsiyanomalarni ishlab chiqish.
Rotorli ekskavatorlar. Rotorli ekskavatorlar (RE) ishlab chiqarish jarayonlarining yuqori darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni ta’minlaydi. Ishchi uskunalar va umuman olganda RE ga dinamik yuklamalarni keskin kamaytirishni ta’minlovchi texnikaviy qarorlarni ishlab chiqish hisobiga qattiq jinsli konlarda va iqlim sovuq sharoitlarida ularni qо‘llash sohasi kengayib bormoqda.
RE mexanikaviy tizimi dinamikasi sohasidagi izlanishlar, hamda ish jarayonlarini barqarorlashtirish vositalarini ishlab chiqish va joriy etish bо‘yicha tо‘plangan tajribalar shuni kо‘rsatmoqdki, ekskavatorlarning tebranish tizimlarining dinamik tavsiflari RE tizimiga kiritiladigan korrektirovka qiluvchi (tuzatishlar kirituvchi) zvenolar qо‘llash natijasida erishiladi. Umumiy holatda RE ijro etuvchi organi uzatmasi podveskasi (ilgak)ga о‘rnatiladigan pnevmatik-gidravlik amortizatorlar, gidrodinamik muftalar, universal kesuvchi instrumen (anjom)lar va xokazolar korrektirovka qiluvchi (tuzatishlar kirituvchi) zvenolar hisoblanadi.
RE dinamikaviy tavsiflari mashinaning konstruksiyasi ga bog‘liq va faqat uni loyihalashtirish bosqichida о‘zgartirilishi mumkin. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, ekskavatorning kerakli dinamik tavsifini shakllantirishga imkon beruvchi konstruksiyani о‘zgartirish tez-tez texnologik imkoniyatlarga zid bо‘ladi. Oxirgisi quyidagicha tushuntiriladi, bir tomondan RE katta massaga va о‘z tebranishlari chastotalar spektrida ustun bо‘lgan past chastotali zonaga ega bо‘lgan sezilarli chiziqli о‘lchamlariga ega ekanligi bilan tushuntiriladi. Boshqa tomondan esa – zaboylarning tarkibiy xususiyatlari, hamda mavjud ijro etuvchi organlar (IEO)ning konstruktiv- kinematik tavsiflari – RE ga ta’sir etuvchi tashqi omillar uning о‘z chastotalari zonasida bо‘lishi bilan izohlanadi. REning dinamik tizimi orqali kuch ta’sirining о‘tishiga qarab infrapastchastottali va pastchastotali tashkil etuvchilarning ulushi kattalashadi, chunki RE yuqori chastotali tebranishlarni filtrlovchi juda inersiyali tizim hisoblanadi. Sо‘nggi vaziyat zaboyda IEO ning fazoviy barqarorsizlanishi bilan birga kuzatiladigan rezonans xodisalarning paydo bо‘lishi va RE texnikaviy unumdorligini sezilarli yо‘qotilishiga olib keladi.
“Kon mashinalari va majmualari” sektorida IEO dinamik siljishini (kо‘chishi) kamaytirish hisobiga RE texnikaviy unumdorligini oshirish rezervlarini aniqlash bо‘yicha uslubiy tamoyillar ishlab chiqilgan. Bu tamoyillar negiziga RE mexnikaviy tizimi dinamikasini uning unumdorligiga ta’sirini aniqlash uchun energetik uslubdan foydalanilgan. RE ning texnikaviy unumdorligi va IEO ning zaboy makonida dinamik siljishining о‘zaro bog‘liqligi miqdoriy amalga oshiriladi va ekskavatordan aniq sharoitlarda foydalanishda ekskavatsiya jarayonini tahlil qilish natijasida baholanadi, bunda qazilayotgan jinslarning fizikaviy-mexanikaviy xususitlari, asosiy uzatmalarning belgilangan qalinligi va uning konstruktiv parametrlari hisobga olinadi. RE uning unumdorligiga ta’siri uzatmalar (Kd.i) va IEO yonlama uzatish (Kd.p) ning dinamikligi koeffitsiyentini IEOlarning vertikal tekislikda vibrosiljishi – IEO aylanish tekisligi va IEO larning gorizontaltekislikdagi vibrotezligi – IEO yonlama uzatish tekisligini tekshirishlar asosida analitik va eksperimental aniqlashda belgilanadi. Vibrosiljishlar (Av, m) va vibroteliklar(v-, m/s) ning sonli ifodalari eksperimental ravishda rotorli strelaning ogolovkasi tezlashishidan aniqlanadi va EHM da meyorlashtirilgan spektral zichliklardan standart dasturi bо‘yicha belgilanadi. 3.2- jadvalda RE ning turlari bо‘yicha Kd.i i Kd.p ifodalari keltirilgan. Q texnikaviy unumdorlikning tog‘-kon qazib olish sanoati korxonalarida foydalaniladigan ekskavatorlar mexanikaviy tizimining vibrosiljishlari va vibrotezliklariga bog‘liqligi hosil qilindi. Misol sifatida 3.3- jadvalda Q ning t Av ga bog‘liqligi va - о‘ta katta quvvatili SRs-2400 35/9 (unumdorligi 7200 m /s) ekskavatori va kichik chiziqli parametrlar ga ega bо‘lgan ER-630 7/0,5 (unumdorlik 630 m3/s) ekskavatorlar bо‘yicha
Texnikaviy unumdorligining katta rezervlari mavjudligidan dalolat beradi. Rotor konsollarining katta chiziqli parametrlariga ega bо‘lgan yuqor quvvatli ekskavatorlar, shuningdek kichik chiziqli parametrlarga ega bо‘lgan RE ham IEO dinamikaviy siljishlarining sezilarli ta’siri ostida bо‘lishi mumkin. Zaboyda IEO barqarorlashtirish hisobiga RE texnikaviy unumdorligini oshirish rezervlarini izlash har qanday konstruksiya bо‘yicha, ayniqsa kompakt konstruksiyalar bо‘yicha bajarilgan ekskavatorlar uchun katta ahamiyatta ega.Kompakt (ixcham) RE konstruktiv sxemasini tahlil qilish komponovkaning uchta nisbatan afzalroq tavsifini ajratish imkonini beradi.: rotor strelasining ikkita protivoveslarni (posangi) sini qо‘llagan holda;baravarlashtirilgan yuk tushirish konsoliga ega bо‘lgan posangini faqat burilish platformasida joylashtirish; posangini burilish platformasida joylashtirish bilan va faqat orttirilgan uzunlikdagi yuk tushirish konsollarini baravarlashtirish bilan. Yuk tushirish konsolining uzunligi, minimum darajada, rotor strelasidan uzunroq bо‘lishi kerak.
RE ni kompakt (ixcham) qilib bajarish uchun uni loyihalashtirishda quyidagi asosiy tamoyillardan kelib chiqish zarur: ekskavatorlarning konstruksiyalari imkon darajasida sodda bо‘lishi kerak, ushbu nol sinf chegaralarida modeldan modelga о‘tish geometrik о‘xshashlik tamoyili doirasida sodir bо‘ilish lozim. ekskavatorlarni tayyorlash texnologiyasi keng yо‘l qо‘yiladigan butlovchi buyumlardan foydalanilishini hisobga olgna holda masimal darajada soddlashtirilgan bо‘lishi kerak.
Mexanikaviy tizim dinamikasi darajasi SRs -2400 35/9 RE ish jarayonini barqarorlashtirish vositalarini qо‘llaganda.Kompakt (ixcham) RE larga quyidagi talablar qо‘yiladi: minimal gabaritli о‘lchamlar va massa - berilgan unumdorlik parametrlarida, chо‘michlab kovlab olish kuchlarida, tuproqqa solishtirma bosimlarda va kon massasini о‘yib chiqarishga qо‘yiladigan talablarda; Turli xil transportlar bilan ishlashga moslashish; tog‘-kon-geologiya sharoitlari о‘zgarishi mumkin bо‘lgan holatlar va bir nech marta montaj-demontaj amalga oshirilishi ehtimoli, hamda bir qator hollarda obyektlarda arqaror ta’mirlash bо‘linmalarining mavjud bо‘lmasligi holatlari uchun konstruksiyaning yuqori darajada ishonchliligi;statsionra elektr tarmoqlari mavjud bо‘lmaganda seriyali kо‘chma dizel-elektr stansiyalari bilan butlanishi;yuqori darajada manevrlanganlik, mobillilik va ttransportabellik (konstruksiya bilan mashinani transtabell qismlari –modullarga tez qismlarga nisbiy ajratish imkoniyati kо‘zda tutilgan bо‘lishi kerak) mehnat xaraajtlari va kо‘tarish transport vositalari xarajatlarini eng kam miqdorlarda amalga oshirgan holda sodda va tezkor mntaj va demontaj qilish;boshqaruvning yengil va soddaligi, texnik xizmat kо‘rsatish uchun kam mehnat talab qilinishi va yuqori darajada ta’mirga yaroqlilik;xizmat kо‘rsatuvchi xodimlar sonining kamligi; muayyan iqlim sharoitlarida kecha-kunduzishlashga moslashuvchanlik;Ekskavatorlarning har xil turlari va о‘lchamlarining komponovkasi unifikatsiyalash tamoyillarining biriga – geometrik о‘xshas’halik tamoyili bо‘yicha amalga oshirilishi zarur.Kompakt (ixcham) RE larga keltirilgan tamoyillar va talablar komponovkaga oid qarorlar, shuningdek bir qator asosiy uzellarni oldindan aniqlab beradi. RE xodovoy mexanizmlari bо‘yicha tavsiyalarda okmpakt (ixcham) bajarishda gusenitsali xod (yurish)ga oriyentirlanishdan kelib chiqish mumkin. Bundan tashqari, gusenitsali aravachaning massasi ekskavator uumiy massasining 40 % ni tashkil etadi. Bu ulush kattaligining va mutanosib ravishda ekskavator massasining pasayishi umuman olganda xodovy mexanizmning konstruksiyasidan ham qо‘llaniladigan materiallardan ham va ularni tayyorlash texnologiyasiga ham bog‘liqdir. Ushbu gusenitsali aravachalarning negizida ekskavatorlar ham, yukortish-tushirgichlar ham yoki ag‘darma hosil qiluvchilar ham bajarilishi mumkin. Gusenitsalar individual uzatmaga ega bо‘lishi zarur. Ishchi uskunalarga gorizontal tekisliklarda ham vertikal tekisliklarda ham changallab oluvchi tubi bilan jihozlangan kovushlarga ega bо‘lgan qiya kamerasiz rotorni qо‘llash maqsadga muvofiqdir. Kovushdan materillarni tushirishni yaxshilash uchun ularni qizdirishga yо‘l qо‘yiladi. Loyismon jinslar uchun kovushlarni qizdirish uchun optimal harorat MDI tekshirishlariga binoan 60 — 70 °S tashkil etadi. Qizdirish usuli aniq loyihalashtirishda aniqlashtirilishi kerak (masalan, gazli gorelka bilan). Yeyilmaslik (kam yeyilish) darajasi maksimal (eng yuqori) bо‘lgan asbob sifatida universal kesuvchi asbob URI-01 turini nazarda tutish maqsadga muvofiqdir. Ushbu kesuvchi asbob turi “Kon mashinalari va majmualari” sektorida ishlab chiqilgan. Kesuvchi asbob seriyali tayyorlanadi va Mixaylovsk GOK (KBK -kon-boyitish kompleksi)da salkam 10 yildan buyon muvaffaqiyatli foydalnilanilmoqda, SRs-2400 ekskavatorining ishchi organi mazkur kesuvchi asbob bilan jihozlangan.
CHо‘michlab kovlab olishga katta kuch sarflashni talab etadigan qattiq jinslarni qazib chiqarishda an’anaviy gravitatsion yuk tushirgichli kamerasiz rotorga, shuningdek MDI konstruksiyasiga ega bо‘lgan tors (yon tarafdan) gravitatsion-markazdan qochuvchi yuk tushirgichli tezyurar rotorga ham oriyentirlanish mumkin. Ortiqcha yuklanish va negativ (salbiy) tebraniuvchi jarayonlardan saqlanish uchun uzatmaga gidrodinamik turbomuftalar va elasktiklikdeformatsiyaloqchi qurilma – pnevmatik-gidravlik amortizatorda reduktor podveska (ilgak)ni о‘rnatilishini kо‘zda tutish kerak.
Uzatmaning umumiy kompanovkasi va zaboyga yaqinlashib kelish burchaklarini yaxshilash uchun dvigateldan reduktorga klinremenli peredacha (uzatish)larni qо‘llash mumkin. Bunday konstruktiv qaror uzatma massasi va strela ogolovkasi (ogolovok –spets. uch, bosh, kallak) ni minimallashtirish imkoni beradi.
Kompakt (ixcham) bajarilgan RE larning burilish mexanizmlari bо‘yicha tavsiyalarda MDI va A.A.Skonchinskiy nomidagi IGD (abbreviatura ne perevedena na uzb. yaz., tak kak net tochnoy informatsii po rasshirofke yeyo) tomnidan amalga oshirilagn izlanishlar natijasidan kelib chiqish mumkin, ular tomonidan ilk bor RE larga gidroxajmli uzutmalarni о‘rnatish amalda qо‘llanildi. Optimal tanlangan kuch va qattiqlik parametrlariga ega bо‘lgan burilish mexanizmi RE qoniqarsiz dinamikasi bilan bog‘liq bо‘lgan barcha negativ muammolarni deyarli hal etadi. Shuning uchun, ekskavatorlarning yuqori qismi tuzilishi uzatmalarining konstruksiyalarini ham, kinematik sxemalarini ham detalli tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
Bajarilgan izlanishlar-tekshirishlarga asosan maksimal uzoq foydalanishni ta’minlovchi burilish mexanizmining quyidagi mexanizmini tavsiya etish mumkin: gidromexanik himoya qurilmasidan (GMHQ) foydalangan holda;
yoki tezyurar, yoki yuqorimomentli gidrodvigatellarni qо‘llash, ularning quvvati aylanish chatotasi bо‘yicha ham, bosim bо‘yicha ham 2-3 baravar zahira bilan tanlab olingan bо‘lishii kerak.
Har ikkala ushbu variantlar nafaqat regulirovka qilishning talab etiladigan chuqurligini ta’minlaydi, balki ekskavatorlarning asosiy uzatmalari va metall konstruksiyalariga ham negativ dinamik ta’sirlarni kamaytiradi.

Adabiyot



  1. Mixaylov A.M. Konlarni ochiq usulda qazishda atrof-muxitni muhofaza qilish. M., Nedra, 1981.

  2. Tomakov P.I., Kovalenko B.C. Ochiq usuldagi kon ishlarida yerdan oqilona foydalanish. M., Nedra, 1984.

3.Tyulkin A.P. Kuzbass kо‘mir konlari yer ajratmalarini shakllantirish shart-sharoitlarini tekshirish. Avtoref. kand. dis. M., MGI, 1979.

Download 24.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling