3-ma’ruza: onglilik va ongsizlik reja


Download 48.25 Kb.
bet1/3
Sana18.11.2023
Hajmi48.25 Kb.
#1785096
  1   2   3
Bog'liq
Onglilik va ongsizlik-hozir.org


Onglilik va ongsizlik

3-ma’ruza:

ONGLILIK VA ONGSIZLIK
Reja:
1. Ongning psixologik xossalari
2. Ongsizlik haqida tushuncha
3. Anglanmagan psixik jarayonlar
4. Ongli harakatlarning anglanmagan qoʻzgʻatuvchilari
5. Оng usti jarayonlari

TAYANCH TUSHUNCHALAR:

Ong- ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi

Ongsizlik - bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig‘indisiki, unda inson o‘z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi.



Ongning psixologik xossalari
Ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi boʻlib hisoblanadi.
Inson ongining birlamchi psixologik xossasi oʻzini bilish subyekti sifatida his etish, mavjud va tasavvurdagi voqelikni xayolan tasvirlash layoqati, shaxsiy psixik va hulq-atvor holatlarini nazorat qilish, ularni boshqara olish, atrofdagi reallikni tasavvurlar shaklida koʻrish va idrok qilish layoqati kabilarni oʻz ichiga oladi. Oʻzini bilish subyekti sifatida his etish insonning olamni oʻrganish va bilishga, ya’ni, olam haqida u yoki bu darajada aniq bilimlarni egallashga tayyor va layoqatli, bu olamdan boʻlak qilingan mavjudot sifatida anglashini bildiradi. Ongsizlik (uyqu, gipnoz, kasallik va sh.oʻ.) holatlarida bunday layoqat yoʻqoladi.


Xayolan tasavvur qilish va voqelikni tasvirlash – ongning ikkinchi muhim psixologik xossasi. U, ong kabi yaxlitligicha, iroda bilan uzviy bogʻlangan. Odatda, tasavvurlarni ongli boshqarish va tasavvur qilish haqida ularning inson iroda kuchi yordamida yuzaga kelgan va oʻzgarishlarga uchragan holatlarda soʻz yuritiladi. Ushbu holatda inson ixtiyoriy, ya’ni, ongli ravishda atrofni idrok qilishdan, taalluqli boʻlmagan xayollardan chalgʻigan holda, oʻz diqqatini qandaydir gʻoya, tasavvur, xotira va shu kabilarda jamlab, oʻz tasavvurida ushbu damda bevosita koʻrolmaganlarini aks ettiradi va rivojlantiradi.
Ong uzviy ravishda nutq bilan bogʻlangan boʻlib, oʻzining yuksak shakllarida usiz mavjud boʻla olmaydi. Ongli aks ettirish sezgilar va idrokdan, tasavvurlar va xotiradan farqli oʻlaroq, qator oʻziga xos xossalari bilan ajralib turadi. Ulardan biri – tasavvur etilayotganlarning anglanganligi, ya’ni, ularning soʻz-tushunchaviy ma’nodorligi, inson madaniyati bilan bogʻliq holda ma’lum mohiyatga ega ekanligi.
Ongning keyingi xossasi ongda jism, voqea va hodisalarning faqat asosiy tub mohiyatga ega boʻlganlarining aks ettirishidir.
Inson ongining toʻrtinchi xossasi – bu uning kommunikatsiyaga, ya’ni, ma’lum odamning oʻzi bilgan ma’lumotlarni til va boshqa belgi tizimlari yordamida boshqalarga yetkaza olish layoqati. Insonlar bir-biri bilan turli axborotlar bilan almashinuv jarayonida asosiy xabarni ajratib oladilar. SHu tarzda abstraktlashtirish, ya’ni, ahamiyatga ega boʻlgan ma’lumotlarni ikkinchi darajalilaridan ayirib olish sodir boʻladi.
Inson tabiat muhitiga oddiy holatda moslashibgina qolmasdan, ongli ravishda mehnat qurollari yasagan holda, uni oʻziga boʻysundirishga intiladi. SHu asnoda inson turmush tarzi ham oʻzgarib boradi. Atrofdagi tabiatni oʻzgartirish maqsadida mehnat qurollari yasash qobiliyati ongli ravishda mehnat qilish layoqati mavjudligini bildiradi. Mehnat – insonni yashash sharoitlari bilan ta’minlash, shuningdek, moddiy va ma’naviy boylik yaratish maqsadida tabiatga ta’sir koʻrsatishni amalga oshirishdan iborat boʻlgan, faqat inson uchun xos maxsus faoliyat turi. SHunday qilib, mehnat faoliyati inson ongining ahamiyatga molik boʻlgan xossasidir.
Inson ongi quyidagi muhim va ahamiyatli boʻlgan oʻziga xos xususiyatlarga ega:
1. Inson oʻz hulq-atvoriga tegishli boʻlgan irsiy va tajribada orttirilgan shakllari bilan bir qatorda, soʻz orqali yetkaziladigan, insoniyat tajribasi koʻrinishidagi atrof-olamda oʻz yoʻnalishini belgilab olishning yangi vositasi – bilimlarga ega.
2. Inson ongi voqelikning ahamiyatli tomonlarini, qonuniyatga ega boʻlgan aloqalarini aks ettiradi. Ong – bu insonning olamga uning obyektiv qonuniyatlari haqidagi bilimlarga ega boʻlgan holdagi munosabati. Bu munosabat hayotiy muammolarni sinov va xatolar metodi yordamida emas, balki, atrofdagi muhitning turli tomonlari oʻrtasida aniq, qonuniyatli aloqalarni oʻrnatish asosida hal etish imkonini beradi.
3. Ong faoliyat maqsadining anglanganligi, kelajakda sodir boʻladigan hodisalarni tushunchalar orqali modellashtirish, umuminsoniy tushunchalar, bilimlar tizimida harakatlarining natijalarini oldindan sezish kabi xususiyatlarga ega. Inson oldindan koʻra oladi,oʻz harakatlaridan kutilayotgan natijalarni rejalashtiradi, ularga erishishning muvofiq usul va vositalarini tanlaydi.
4. Shaxs ongi ijtimoiy ong bilan belgilanadi. ijtimoiy ongning toʻrt xil shakli mavjud: fan – ilmiy bilimlar, tasavvurlar, kontseptsiyalar va dunyoqarashlar yoʻnalishlari tizimi; ijtimoiy ongning jamiyat qonunlari sohasi – ma’lum jamiyatning ahloqiy, gʻoyaviy, siyosiy va huquqiy qadriyatlar va qoidalar tizimi; san’at – voqelikni tasviriy vositalar orqali ma’naviy-amaliy oʻzlashtirishning maxsus turi, inson turmush tarzining turli tomonlarini tasviriy modellashtirish; din, e’tiqod – oʻzida yuksak sifatlarni mujassamlashtirgan gʻayritabiiy kuchlarga ishonish, e’tiqodli odamlarning ruhiy tayanchi.
Ijtimoiy ongning barcha shakllari birgalikda gʻoyaviylikni – insonlarning voqelikka va bir-birlariga boʻlgan munosabatni, jamiyat hayotiy faoliyatini boshqaruvchi tub negizli qadriyatlar, asosiy gʻoyalar tizimini shakllantiradi.
5. Ong oʻzlikni anglash, shaxsiy refleks bilan bogʻliq. Inson oʻz atrofidagi olamni anglashda oʻzini u bilan taqqoslaydi. Oʻzlikni anglash – bu insonning olamga nisbatan ahamiyatga molik hamda zarur, shuningdek, shaxsiy munosabatlar tizimi.
Ong inson psixikasining xossasi sifatida bidominantlik – shaxs ichki kommunikatsiyasi, insonning oʻzi bilan boʻlgan muloqoti mexanizmi orqali amalga oshiriladidi. Va bu shaxsning ichki dialogi ijtimoiy mezonlar bilan belgilanadi.
Voqeiy hodisalar ong orqali intentsional ( lot.dan intentio – intilish) – har taraflama tanlagan holda inson amaliyotida tutgan oʻrniga bogʻliq ravishda aks ettiriladi. Ong tafakkurga nisbatan kengroqdir. U oʻzida psixik faoliyatning barcha shakllari: olamni hissiy aks ettirish, ilmiy bilish, psixik oʻzini boshqarishning hissiy-iroda sohasining jamlangan, tashqi olamning birlashtirilgan, yaxlitlangan aksidir.
Shunday qilib, ong – psixik taraqqiyotning yuksak darajasi boʻlib, obyektiv reallikka nisbatan faqat insonga xos boʻlgan odamlar ijtimoiy-tarixiy faoliyatining umumiy shakllari vositasidagi obyektiv reallikka boʻlgan munosabatdan iborat.
Amaliy nuqtai nazar boʻyicha ong subyekt ichki olamining bevosita koʻz oldidagi sezgi va aqliy obrazlarining uzluksiz oʻzgaruvchi yigʻindisi sifatida namoyon boʻladi. Ong qator protsessual va mazmundor xususiyatlarga ega. U faollik, ya’ni, individning voqelik bilan hayotiy muhim aloqalarini ta’minlovchi dinamika, intentsionallik – jismga yoʻnalganlik; koʻp tomonlama mustaqillilik – insonning asosan ichki oʻlchov va modellarga yoʻnalishi; refleksivlik – nomutanosib aks ettirishdan himoyalash, oʻzini baholash layoqati; yaqqolik va tashkil etilganlikning turli darajalari bilan xarakterlanadi.
Ong muayyan tuzilishga ega boʻlib, unga: birinchidan, atrof-olam haqidagi bilimlar yigʻindisi; subyekt va obyektni, ya’ni, insonning «men»i va «men emas»iga tegishli boʻlganlarni aniq farqlash; insonning maqsadga muvofiq faoliyati; muayyan munosabat tarkibi – «mening oʻz muhitimga munosabatim mening ongimdir».
Mazmuniga koʻra, odamlar ongi ijtimoiy-tarixiy sharoitlar ta’siri ostida boʻladi. Ongning barcha tarkibiy qismlari antropogenez jarayonida shakllanib, ijtimoiy-madaniy xususiyatga ega boʻladi.
Inson ongining paydo boʻlishi va rivojlanishining asosiy sharti boʻlib odamlarning hamkorlikdagi samarali nutq vositasidagi qurolli faoliyati hisoblanadi. Bu faoliyat odamlarning muloqoti va oʻzaro ta’siri, ishning taqsimlanishini talab etadi. U hamkorlikdagi faoliyat ishtirokchilari tomonidan hamkorlik maqsadi sifatida anglanadigan mahsulot yaratishni taqazo etadi. Individual ong insoniyat tarixi boshlanishida jamoaviy faoliyat jarayonida uni tashkil etishning zarur sharoiti sifatida yuzaga keldi: axir odamlarga u yoki bu faoliyat bilan shugʻullanishlari uchun ularning har biri hamkorlikdagi faoliyat maqsadini aniq tasavvur qilishlari lozim. Bu maqsad aniqlanib, soʻz bilan ifodalanishi kerak. Avval jamoa ongi, undan soʻng individual ong paydo boʻladi, bunday ketma-ketlikdagi rivojlanish faqat ong filogenezi uchun emas, balki ong ontogenezi uchun ham xarakterlidir. Bolaning individual ongi jamoa ongi asosida va uning mavjudligi sharoitida uni oʻzlashtirish yoʻli orqali shakllanadi (interiorizatsiya, ijtimoiylashuv).
Inson ongining rivojlanishida inson faoliyatining ijodiy xarakteri muhim ahamiyatga ega. Ong inson tomonidan tashqi olamnigina emas, balki, oʻzi, hissiyotlari, obrazlari, tasavvur va sezgilari anglanishini taqazo etadi. Odamlar obrazlari, fikrlari, tasavvurlari va sezgilari ularning ijodiy mehnatlari mahsulida mujassamlantiriladi va bu jismlarning keyingi idrok qilinishida, aynan, oʻzlarida yaratuvchilari psixologiyasini gavlantirgan holatda anglanadilar. SHuning uchun ijod inson oʻzining shaxsiy ijod namunalarini idrok qilishi orqali oʻzini anglash va ongini rivojlantirish yoʻli va vositasi boʻlib hisoblanadi.
Inson unga tabiatdan berilgan sezgi organlari yordamida olamni undan uzoqlashgan va undan mustaqil mavjud boʻlgan holda idrok qilishini anglaydi. Keyinchalik refleksiv qobiliyat, ya’ni, insonning oʻzi uchun bilish obyektiga aylanishi va zarurligini anglash hissi paydo boʻladi. ongning filo-va ontogenezda rivojlanish ketma-ketligi mana shunday iborat. ong rivojlanishidagi ong rivojlanishidagi ushbu birinchi yoʻnalishni refleksiv yoʻnalish sifatida belgilash mumkin. ikkinchi yoʻnalish tafakkur rivojlanishi va fikrning soʻz bilan asta-sekin birlashishi bilan bogʻliq. inson tafakkuri borgan sayin rivojlanib, narsalar mohiyatiga kirib boradi. bu bilan birgalikda orttiriladigan bilimlarni belgilash uchun qoʻllaniladigan til ham rivojlanadi. til soʻzi chuqur mohiyat bilan toʻldiriladi, va, nihoyat, fanlar rivojlana boshlaganida, tushunchalarga aylanadi. soʻz-tushuncha ong birligi, hosil boʻladigan oqim esa tushunchali yoʻnalish boʻlib hisoblanadi.
Har bir yangi tarixiy davr uning zamondoshlari ongida oʻziga xos tarzda aks etadi, va odamlar mavjudligining tarixiy sharoitlari oʻzgarishi bilan ularning ongi ham oʻzgaradi. Uning rivojlanish filogenezini tarixiy rakursda tasavvur qilish mumkin. Lekin xuddi shuning oʻzi inson ontogenezining rivojlanishi davomida inson ongiga nisbatan ham haqqoniydir, individ insonlar tomonidan yaratilgan san’at, madaniyat asarlari orqali ungacha yashab oʻtgan xalqlarning psixologiyasiga kirib boradi. Ong rivojlanishidagi bu yoʻnalish tarixiy yoʻnalish sifatida belgilanadi.
Tarixning hozirgi davrida insonlar ongi rivojlanishda davom etmoqda, bu rivojlanish ilmiy, madaniy va texnikaviy taraqqiyotning yuqori tezlanishi yordamida jadallik bilan bormoqda.
Insoniyat ongi rivojlanishining keyingi asosiy yoʻnalishi insonning oʻzi va atrof-olamdagi anglanuvchilar sohasining kengayishi boʻlib hisoblanadi. Bu oʻz navbatida madaniy-ahloqiy inqilobga oʻsib boradigan dunyoviy ijtimoiy-iqtisodiy inqilob bilan, moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish vositalarini takomillashtirish bilan bogʻliq.
Bunday oʻtishning birlamchi belgilari hozirdanoq sezilmoqda. Bu – turli xalqlar va mamlakatlar iqtisodiy farovonligining oʻsishi, ular mafkurasi va siyosatining halqaro va ichki maydonda oʻzgarishi, davlatlararo harbiy qarama-qarshilikning pasayishi, odamlar muloqotida diniy, madaniy va ahloqiy qadriyatlar ahamiyatining oshishida koʻrinadi. SHu bilan birga insonning hayot, makro- va mikrodunyolar tilsimotlariga kirib borishi sodir boʻlmoqda. Fan yutuqlari natijasida insonni bilish va boshqarish, oʻzi va dunyo ustidan hukmronligi sohasi kengaymoqda, insonning ijodiy imkoniyatlari, shuning, ongi ham oshmoqda.
P sixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik – bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yigʻindisiki, unda inson oʻz xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga tush koʻrish, ba’zi patologik hodisalar, alahlash, gallyutsinatsiya kabilar kiradi.
Onglilikdan farqli oʻlaroq, ongsizlikda amalga oshirilayotgan harakatlarni maqsadli nazorat qilish, shuningdek, natijalarini baholash imkoniyati mavjud emas.
Ongsizlik tushunchasi psixologik va falsafiy fikrlarning turli yoʻnalish vakillari tomonidan quyidagi koʻrinishlarda ta’riflanadi:
- axborotni qayta ishlashni bu jarayonni subyekt kechinmalari darajasida aks ettirmagan holda amalga oshiruvchi miya faoliyati sifatida;
- subyekt tomonidan anglanmagan kechinmalar sifatida.
Ongsizlikda subyekt voqelikni oʻzini boshqa odamlar va hodisalar bilan tenglashtirgan holda, obyektlar oʻrtasidagi mantiqiy qarama-qarshiliklar va farqlarni u yoki bu muayyan belgilar boʻyicha aniqlash orqali emas, balki, bevosta emotsional his etish, identifikatsiya, emotsional ta’sirlanish, turli hodisalarning aloqadorligi orqali bir qatorga birlashishi kabi oʻxshatish shakllari orqali boshidan kechiradi. Ongsizlikda koʻpincha oʻtmish, hozirgi va kelajak zamon u yoki bu psixik aktga, masalan, tushda qoʻshilgan holda birgalikda mavjud boʻladi.
Ongsizlik sohasiga: biologik ehtiyojlar (jinsiy mayllar, tabiiy ehtiyojlar, ozuqaga boʻlgan ehtiyoj va boshqalar); tilaklarni siqib chiqarish (kimningdir muhabbatini qozonishga behuda urinish, amalga oshmagan orzular, yashirin hafagarchilik); tushda sodir boʻladigan psixik hodisalar (tush koʻrish); sezilmaydigan, lekin real ta’sir koʻrsatadigan seskantiruvchilarga nisbatan javob reaktsiyalari («subsensor» ta’sirlanishlar); avval anglangan, lekin takrorlanishlar tufayli avtomatlashgan va shuning uchun anglanmaydigan boʻlib qolgan harakatlar; maqsadi anglanmagan faoliyatga nisbatan ayrim mayllar va boshqalar kiradi. Anglanmagan hodisalarga bemor odam psixikasida yuzaga keladigan alahlash, gallyutsinatsiyalar kabi ayrim patologik hodisalar ham kiradi.
Ongsizlik koʻrinishlari toʻrt sinfga ajratiladi:
- ong usti hodisalari;
- shaxsning kelajakdagi tilak mohiyatiga ega boʻlgan faoliyatning anglanmagan qoʻzgʻatuvchilari (anglanmaydigan motivlar va ma’noli mayllar). Bu sinfning gipnotik holatdan chiqqandan soʻng hulq-atvorini tadqiq qilishda aniqlangan edi;
- faoliyat kechishining yoʻnalishli va barqaror boʻlishini ta’minlaydigan, uning bajarilish usullarining anlanmaydigan boshqaruvchilari (operatsional mayllar va avtomatlashtirilgan hulq-atvor stereotiplari). Ular avtomatlashtirilgan va ixtiyorsiz harakatlarning boshqarilishi, masalan, masalalar yechish jarayoni asosida yotadi va anlanmagan tarzda oldindan seziladigan hodisalar va boʻlib oʻtgan oʻxshash vaziyatlardagi hulq-atvorning oʻtmish tajribasiga tayanadigan harakat usullari obrazlariga bogʻliq boʻladi;
- quyi sensor idrokning ifodalanishi.
Falsafada birinchi boʻlib ongsizlik haqidagi tasavvurlar subyekt ongida mavjud boʻlmagan psixik jarayonlar, usullar va holatlar yigʻindisi sifatida XVIII asrda G.V. Leybnits tomonidan ifodalangan edi. XIX asrda ongsizlik psixologik tadqiqotlarning predmetiga aylandi (I.F. Gerbert, G.T. Fexner, V. Vundt). Uni oʻrganishga XIX asr oxirida psixopatalogiya sohasida bajarilgan Z. Freyd ishlari turtki berdi. Uning fikriga koʻra ongda mavjud boʻlmagan ongsizlik psixik mazmun sifatida unga katta ta’sir koʻrsatadi.
Z. Freyd nazariyasiga binoan inson psixikasida uch soha: ong, ongosti va ongsizlik mavjud. Ong darajasiga u inson tomonidan anglanadigan va nazorat qilinadiganlarning barchasini kiritgan. Ong osti sohasiga Freyd yashirin yoki latent bilimlarni kiritgan edi. Bu insonga tegishli boʻlgan, lekin ayni vaqtda ongda mavjud boʻlmagan bilimlardir. Bilimlar muayyan ragʻbatning yuzaga kelishida dolzarblashtiriladi, masalan, Yer - sayyora. SHunday qilib, ong – bu muztogʻning koʻzga koʻrinayotgan qismi, uning katta qismi esa inson tomonidan anglangan nazoratdan yashirilgan.
Ongsizlik sohasi, Freyd boʻyicha, umuman boshqa xossalarga ega. Ulardan biri bu sohaning mazmuni anglanmasligidan, lekin hulq-atvorimizga katta ta’sir koʻrsatishidan iborat. Ongsizlik sohasi harakatchandir. Boshqa xossasi ongsizlik sohasida joylashgan axborotning ongga qiyinchilik bilan oʻtishidan iborat. Bu ikki mexanizm: siqib chiqarish va qarshilik koʻrsatishlarning faoliyati bilan tushuntiriladi.
Ongsizlik sohasini Z. Freyd, ong bilan kelishmaydigan motivatsion energiya manbai deb hisoblagan edi. Ijtimoiy sohadagi taqiqlar, Freydga koʻra, ong «nazorat»ini hosil qiladi, nevrotik asabiylashishlarda namoyon boʻladigan ong osti mayllar energiyasini susaytiradi. Individ nizoli vaziyatlardan xalos boʻlishga intilib, himoya mexanizmlari – siqib chiqarish, sublimatsiya (oʻrin olish), omilkorlik va regressiyaga murojaat qiladi.
SHunday qilib, insonning psixik faoliyati, uning psixikasi bir-biri bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan uch daraja: ongsizlik, ong osti va onglilikda faoliyat koʻrsatadi. Psixik faoliyatning ongsizlik darajasi tugʻma instinktiv-refleksga asoslangan faoliyat hisoblanadi; ong osti darajasi – ma’lum individ tajribasidagi hulq-atvorining umumlashtirilgan, avtomatlashtirilgan bir qolipdagi nusxalari – malakalari, koʻnikmalari, odatlari, ichki tuygʻulari.
Tush koʻrish, affekt, vahima, gipnoz, ishonch, umid, sevgi, turli koʻrinishdagi parapsixik hodisalar (bashorat qilish, telepatiya, ekstrasensor hodisalar), fobiyalar, qoʻrquvlar, asabiy xayollar, oʻz-oʻzidan paydo boʻladigan xavotirlanish va oldindan quvonchni sezish – sanab oʻtilgan bu hodisalar anglanmaydigan va ong osti hodisalari hisoblanadi.
Anglanmaganlik mezoni hisob berilmasligi, ixtiyorsizligi, noverballigi hisoblanadi (soʻz bilan ifodalanmaganlik).
O ng egasi bo‘lgan inson motivatsiyalangan harakatlarni bajarishga, ko‘zlangan maqsadga erishishga yoki ma’lum vazifani bajarishga qodir, chunki inson o‘zining hulq-atvori yoki holatini anglaydi va nazorat qiladi. SHunday bo‘lsa ham, odam psixikasi uchun obyekt tomonidan anglanish darajasiga ko‘ra farqlanadigan psixik jarayonlar va hodisalarning ikki katta guruhi xosdir. Inson ongida kechishi yoki ifodalanishi qisman aks etuvchi psixik jarayonlar va hodisalar. Bunday jarayonlar anglanmagan jarayonlar guruhiga taalluqlidir.
Barcha anglanmagan psixik jarayonlar uch bo‘limga ajratiladi: ongli harakatlarning anglanmaydigan mexanizmlari, ongli harakatlarning anglanmagan qo‘zg‘atuvchilari va «ong usti» jarayonlari.
O‘z navbatida, ongli harakatlarning anglanmaydigan mexanizmlari bo‘limi uch sinfga bo‘linadi: anglanmaydigan avtomatizmlar; anglanmaydigan mayl hodisalari; ongli harakatlarning anglanmaganligi.

Download 48.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling