Mavzu: qadimgi ongda tabiat va tarixning qarama qarshiligi


Download 220.68 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi220.68 Kb.
#1537280
Bog'liq
QADIMGI ONGDA TABIAT VA TARIXNING QARAMA QARSHILIGI



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX VA YURIDIK FAKULTETI
5-4 TAR 21 GURUH TALABASI
G`ULOMOV JALOLIDDININGning
TARIX FALSAFASI FANIDAN

MUSTAQIL ISHI

MAVZU: QADIMGI ONGDA TABIAT VA TARIXNING QARAMA QARSHILIGI



QADIMGI ONGDA TABIAT VA TARIXNING QARAMA QARSHILIGI

REJA:

  1. Ong haqida umumiy tushuncha.

  2. Ongning strukturasi tuzilishi.

  3. Ongning muhim psixologik ta’rifi.

  4. Ong va ongsizlik.








Ong falsafasi falsafaning ongning tabiati va ontologiyasini tadqiq etuvchi, uning tana bilan oʻzaro aloqasini oʻrganuvchi sohasidir[1]. Falsafada tana-ong muammosi anchagina bahsga sabab boʻlgan muammodir, biroq bu borada baʼzi kelishmovchiliklar hal etilgan[2][3]. Bular qatoriga „Murakkab ong muammosi“, maxsus ong holatlari kabi muammolarni keltirish mumkin. Ongning bu sohada tadqiq etiluvchi jihatlari qatoriga ong hodisalari, ong funksiyalari, ong xususiyatlari, onglilik va uning asab tizimi vositachilari, ong ontologiyasi, bilish va fikrlash hodisalari tabiati, hamda ong va tana munosabatlari kabilarni keltirish mumkin.


Maqsad: Psixologiyada ilk ong tushunchasini keng tadqiq qilgan holda, bu tushuncha bilim, ko’nikmaga ega bo’lish olrqali ijodiy fikrlash doirasini kengaytirish, hamda talabalar orasida munozarali suhbatlar orasida ong tushunchasini talqin etish.
Ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi bo’lib hisoblanadi.
Inson ongining birlamchi psixologik xossasi o’zini bilish sub’ekti sifatida his etish, mavjud va tasavvurdagi voqelikni xayolan tasvirlash layoqati, shaxsiy psixik va hulq-atvor holatlarini nazorat qilish, ularni boshqara olish, atrofdagi reallikni tasavvurlar shaklida ko’rish va idrok qilish layoqati kabilarni o’z ichiga oladi. O’zini bilish sub’ekti sifatida his etish insonning olamni o’rganish va bilishga, ya’ni, olam haqida u yoki bu darajada aniq bilimlarni egallashga tayyor va layoqatli, bu olamdan bo’lak qilingan mavjudot sifatida anglashini bildiradi. Ongsizlik (uyqu, gipnoz, kasallik va sh.o’.) holatlarida bunday layoqat yo’qoladi.
Xayolan tasavvur qilish va voqelikni tasvirlash – ongning ikkinchi muhim psixologik xossasi. U, ong kabi yaxlitligicha, iroda bilan uzviy bog’langan. Odatda, tasavvurlarni ongli boshqarish va tasavvur qilish haqida ularning inson iroda kuchi yordamida yuzaga kelgan va o’zgarishlarga uchragan holatlarda so’z yuritiladi. Ushbu holatda inson ixtiyoriy, ya’ni, ongli ravishda atrofni idrok qilishdan, taalluqli bo’lmagan xayollardan chalg’igan holda, o’z diqqatini qandaydir g’oya, tasavvur, xotira va shu kabilarda jamlab, o’z tasavvurida ushbu damda bevosita ko’rolmaganlarini aks ettiradi va rivojlantiradi.
Ong uzviy ravishda nutq bilan bog’langan bo’lib, o’zining yuksak shakllarida usiz mavjud bo’la olmaydi. Ongli aks ettirish sezgilar va idrokdan, tasavvurlar va xotiradan farqli o’laroq, qator o’ziga xos xossalari bilan ajralib turadi. Ulardan biri – tasavvur etilayotganlarning anglanganligi, ya’ni, ularning so’z-tushunchaviy ma’nodorligi, inson madaniyati bilan bog’liq holda ma’lum mohiyatga ega ekanligi.
Ongning keyingi xossasi ongda jism, voqea va hodisalarning faqat asosiy tub mohiyatga ega bo’lganlarining aks ettirishidir.
Inson ongining to’rtinchi xossasi – bu uning kommunikatsiyaga, ya’ni, ma’lum odamning o’zi bilgan ma’lumotlarni til va boshqa belgi tizimlari yordamida boshqalarga yetkaza olish layoqati. Insonlar bir-biri bilan turli axborotlar bilan almashinuv jarayonida asosiy xabarni ajratib oladilar. SHu tarzda abstraktlashtirish, ya’ni, ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni ikkinchi darajalilaridan ayirib olish sodir bo’ladi.
Inson tabiat muhitiga oddiy holatda moslashibgina qolmasdan, ongli ravishda mehnat qurollari yasagan holda, uni o’ziga bo’ysundirishga intiladi. SHu asnoda inson turmush tarzi ham o’zgarib boradi. Atrofdagi tabiatni o’zgartirish maqsadida mehnat qurollari yasash qobiliyati ongli ravishda mehnat qilish layoqati mavjudligini bildiradi. Mehnat – insonni yashash sharoitlari bilan ta’minlash, shuningdek, moddiy va ma’naviy boylik yaratish maqsadida tabiatga ta’sir ko’rsatishni amalga oshirishdan iborat bo’lgan, faqat inson uchun xos maxsus faoliyat turi. SHunday qilib, mehnat faoliyati inson ongining ahamiyatga molik bo’lgan xossasidir.
Inson ongi quyidagi muhim va ahamiyatli bo’lgan o’ziga xos xususiyatlarga ega:
1. Inson o’z hulq-atvoriga tegishli bo’lgan irsiy va tajribada orttirilgan shakllari bilan bir qatorda, so’z orqali yetkaziladigan, insoniyat tajribasi ko’rinishidagi atrof-olamda o’z yo’nalishini belgilab olishning yangi vositasi – bilimlarga ega.
2. Inson ongi voqelikning ahamiyatli tomonlarini, qonuniyatga ega bo’lgan aloqalarini aks ettiradi. Ong – bu insonning olamga uning ob’ektiv qonuniyatlari haqidagi bilimlarga ega bo’lgan holdagi munosabati. Bu munosabat hayotiy muammolarni sinov va xatolar metodi yordamida emas, balki, atrofdagi muhitning turli tomonlari o’rtasida aniq, qonuniyatli aloqalarni o’rnatish asosida hal etish imkonini beradi.
3. Ong faoliyat maqsadining anglanganligi, kelajakda sodir bo’ladigan hodisalarni tushunchalar orqali modellashtirish, umuminsoniy tushunchalar, bilimlar tizimida harakatlarining natijalarini oldindan sezish kabi xususiyatlarga ega. Inson oldindan ko’ra oladi,o’z harakatlaridan kutilayotgan natijalarni rejalashtiradi, ularga erishishning muvofiq usul va vositalarini tanlaydi.
4. Shaxs ongi ijtimoiy ong bilan belgilanadi. ijtimoiy ongning to’rt xil shakli mavjud: fan – ilmiy bilimlar, tasavvurlar, kontseptsiyalar va dunyoqarashlar yo’nalishlari tizimi; ijtimoiy ongning jamiyat qonunlari sohasi – ma’lum jamiyatning ahloqiy, g’oyaviy, siyosiy va huquqiy qadriyatlar va qoidalar tizimi; san’at – voqelikni tasviriy vositalar orqali ma’naviy-amaliy o’zlashtirishning maxsus turi, inson turmush tarzining turli tomonlarini tasviriy modellashtirish; din, e’tiqod – o’zida yuksak sifatlarni mujassamlashtirgan g’ayritabiiy kuchlarga ishonish, e’tiqodli odamlarning ruhiy tayanchi.
Ijtimoiy ongning barcha shakllari birgalikda g’oyaviylikni – insonlarning voqelikka va bir-birlariga bo’lgan munosabatni, jamiyat hayotiy faoliyatini boshqaruvchi tub negizli qadriyatlar, asosiy g’oyalar tizimini shakllantiradi.
5. Ong o’zlikni anglash, shaxsiy refleks bilan bog’liq. Inson o’z atrofidagi olamni anglashda o’zini u bilan taqqoslaydi. O’zlikni anglash – bu insonning olamga nisbatan ahamiyatga molik hamda zarur, shuningdek, shaxsiy munosabatlar tizimi.
Ong inson psixikasining xossasi sifatida bidominantlik – shaxs ichki kommunikatsiyasi, insonning o’zi bilan bo’lgan muloqoti mexanizmi orqali amalga oshiriladidi. Va bu shaxsning ichki dialogi ijtimoiy mezonlar bilan belgilanadi.
Voqeiy hodisalar ong orqali intentsional ( lot.dan intentio – intilish) – har taraflama tanlagan holda inson amaliyotida tutgan o’rniga bog’liq ravishda aks ettiriladi. Ong tafakkurga nisbatan kengroqdir. U o’zida psixik faoliyatning barcha shakllari: olamni hissiy aks ettirish, ilmiy bilish, psixik o’zini boshqarishning hissiy-iroda sohasining jamlangan, tashqi olamning birlashtirilgan, yaxlitlangan aksidir.
SHunday qilib, ong – psixik taraqqiyotning yuksak darajasi bo’lib, ob’ektiv reallikka nisbatan faqat insonga xos bo’lgan odamlar ijtimoiy-tarixiy faoliyatining umumiy shakllari vositasidagi ob’ektiv reallikka bo’lgan munosabatdan iborat.
Amaliy nuqtai nazar bo’yicha ong sub’ekt ichki olamining bevosita ko’z oldidagi sezgi va aqliy obrazlarining uzluksiz o’zgaruvchi yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. Ong qator protsessual va mazmundor xususiyatlarga ega. U faollik, ya’ni, individning voqelik bilan hayotiy muhim aloqalarini ta’minlovchi dinamika, intentsionallik – jismga yo’nalganlik; ko’p tomonlama mustaqillilik – insonning asosan ichki o’lchov va modellarga yo’nalishi; refleksivlik – nomutanosib aks ettirishdan himoyalash, o’zini baholash layoqati; yaqqolik va tashkil etilganlikning turli darajalari bilan xarakterlanadi.
Ong muayyan tuzilishga ega bo’lib, unga: birinchidan, atrof-olam haqidagi bilimlar yig’indisi; sub’ekt va ob’ektni, ya’ni, insonning «men»i va «men emas»iga tegishli bo’lganlarni aniq farqlash; insonning maqsadga muvofiq faoliyati; muayyan munosabat tarkibi – «mening o’z muhitimga munosabatim mening ongimdir».
Mazmuniga ko’ra, odamlar ongi ijtimoiy-tarixiy sharoitlar ta’siri ostida bo’ladi. Ongning barcha tarkibiy qismlari antropogenez jarayonida shakllanib, ijtimoiy-madaniy xususiyatga ega bo’ladi.
Inson ongining paydo bo’lishi va rivojlanishining asosiy sharti bo’lib odamlarning hamkorlikdagi samarali nutq vositasidagi qurolli faoliyati hisoblanadi. Bu faoliyat odamlarning muloqoti va o’zaro ta’siri, ishning taqsimlanishini talab etadi. U hamkorlikdagi faoliyat ishtirokchilari tomonidan hamkorlik maqsadi sifatida anglanadigan mahsulot yaratishni taqazo etadi. Individual ong insoniyat tarixi boshlanishida jamoaviy faoliyat jarayonida uni tashkil etishning zarur sharoiti sifatida yuzaga keldi: axir odamlarga u yoki bu faoliyat bilan shug’ullanishlari uchun ularning har biri hamkorlikdagi faoliyat maqsadini aniq tasavvur qilishlari lozim. Bu maqsad aniqlanib, so’z bilan ifodalanishi kerak. Avval jamoa ongi, undan so’ng individual ong paydo bo’ladi, bunday ketma-ketlikdagi rivojlanish faqat ong filogenezi uchun emas, balki ong ontogenezi uchun ham xarakterlidir. Bolaning individual ongi jamoa ongi asosida va uning mavjudligi sharoitida uni o’zlashtirish yo’li orqali shakllanadi (interiorizatsiya, ijtimoiylashuv).
Inson ongining rivojlanishida inson faoliyatining ijodiy xarakteri muhim ahamiyatga ega. Ong inson tomonidan tashqi olamnigina emas, balki, o’zi, hissiyotlari, obrazlari, tasavvur va sezgilari anglanishini taqazo etadi. Odamlar obrazlari, fikrlari, tasavvurlari va sezgilari ularning ijodiy mehnatlari mahsulida mujassamlantiriladi va bu jismlarning keyingi idrok qilinishida, aynan, o’zlarida yaratuvchilari psixologiyasini gavlantirgan holatda anglanadilar. SHuning uchun ijod inson o’zining shaxsiy ijod namunalarini idrok qilishi orqali o’zini anglash va ongini rivojlantirish yo’li va vositasi bo’lib hisoblanadi.
Inson unga tabiatdan berilgan sezgi organlari yordamida olamni undan uzoqlashgan va undan mustaqil mavjud bo’lgan holda idrok qilishini anglaydi. Keyinchalik refleksiv qobiliyat, ya’ni, insonning o’zi uchun bilish ob’ektiga aylanishi va zarurligini anglash hissi paydo bo’ladi. ongning filo-va ontogenezda rivojlanish ketma-ketligi mana shunday iborat. ong rivojlanishidagi ong rivojlanishidagi ushbu birinchi yo’nalishni refleksiv yo’nalish sifatida belgilash mumkin. ikkinchi yo’nalish tafakkur rivojlanishi va fikrning so’z bilan asta-sekin birlashishi bilan bog’liq. inson tafakkuri borgan sayin rivojlanib, narsalar mohiyatiga kirib boradi. bu bilan birgalikda orttiriladigan bilimlarni belgilash uchun qo’llaniladigan til ham rivojlanadi. til so’zi chuqur mohiyat bilan to’ldiriladi, va, nihoyat, fanlar rivojlana boshlaganida, tushunchalarga aylanadi. so’z-tushuncha ong birligi, hosil bo’ladigan oqim esa tushunchali yo’nalish bo’lib hisoblanadi.
Har bir yangi tarixiy davr uning zamondoshlari ongida o’ziga xos tarzda aks etadi, va odamlar mavjudligining tarixiy sharoitlari o’zgarishi bilan ularning ongi ham o’zgaradi. Uning rivojlanish filogenezini tarixiy rakursda tasavvur qilish mumkin. Lekin xuddi shuning o’zi inson ontogenezining rivojlanishi davomida inson ongiga nisbatan ham haqqoniydir, individ insonlar tomonidan yaratilgan san’at, madaniyat asarlari orqali ungacha yashab o’tgan xalqlarning psixologiyasiga kirib boradi. Ong rivojlanishidagi bu yo’nalish tarixiy yo’nalish sifatida belgilanadi.
Tarixning hozirgi davrida insonlar ongi rivojlanishda davom etmoqda, bu rivojlanish ilmiy, madaniy va texnikaviy taraqqiyotning yuqori tezlanishi yordamida jadallik bilan bormoqda.
Insoniyat ongi rivojlanishining keyingi asosiy yo’nalishi insonning o’zi va atrof-olamdagi anglanuvchilar sohasining kengayishi bo’lib hisoblanadi. Bu o’z navbatida madaniy-ahloqiy inqilobga o’sib boradigan dunyoviy ijtimoiy-iqtisodiy inqilob bilan, moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish vositalarini takomillashtirish bilan bog’liq.
Bunday o’tishning birlamchi belgilari hozirdanoq sezilmoqda. Bu – turli xalqlar va mamlakatlar iqtisodiy farovonligining o’sishi, ular mafkurasi va siyosatining halqaro va ichki maydonda o’zgarishi, davlatlararo harbiy qarama-qarshilikning pasayishi, odamlar muloqotida diniy, madaniy va ahloqiy qadriyatlar ahamiyatining oshishida ko’rinadi. SHu bilan birga insonning hayot, makro- va mikrodunyolar tilsimotlariga kirib borishi sodir bo’lmoqda. Fan yutuqlari natijasida insonni bilish va boshqarish, o’zi va dunyo ustidan hukmronligi sohasi kengaymoqda, insonning ijodiy imkoniyatlari, shuning, ongi ham oshmoqda.

Ong — psixik faoliyatning oliy shakli. U fakat insonga xos fenomendir. O., uning mohiyati masalasi eng qad. muammolardan biri. O.ni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. O.ni liniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan moʻʼjiza tarzida talkin qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson O.i buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qad. boʻlsada, ular hamon oʻzining koʻplab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, O. ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi.


O.ning mohiyatini izohlashda 2-yoʻnalish — bu O. moddiy olamni inson miyasida aks etishi deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bogʻlab talqin etishdir. Ayni vaqtda ma-terialistik yoʻnalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida O.ning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo boʻldi. Vulgar materializm deb nom olgan oqim namoyandalarining fikricha, xuddi jigar saf-roni ishlab chiqargani kabi, miya ham O.ni ishlab chiqarar emish. Bunday yondashuv natijasida O. ideal emas, moddiy hodisa degan xulosa kelib chiqadi. Vaholanki, safroni koʻrish mumkin, ammo O.ni koʻrib ham, ushlab ham boʻlmaydi. Aslida O. tarixi insonning inson boʻlib shakllana boshlashi tarixi bilan bogʻliqdir. Inson ham biologik, ham ijtimoiy mavjudot ekan, demak, O. ham biologik va ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. O. insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi va karashlaridan tashkil topgan. Oʻzoʻzini anglash, xotira, iroda, nutq O.ning asosiy jihatlaridir.
Hozirgi zamon fani O. materiyaninguzoq davom etgan evolyusiyasining natijasi ekanligini tan oladi. Materiya, tabiat hamma vaqt mavjud boʻlib kelgan, inson esa moddiy dunyoning nisbatan soʻnggi taraqqiyotining mahsulidir. Materiya taraqqiyoti, fikrlay oladigan insonning paydo boʻlishi uchun bir necha million yillar kerak boʻlgan. O. tabiat taraqqiyoti mahsuli, materiyaning xossasidir, barcha materiyaning emas, balki oliy darajada tashkil topgan materiyaning , yaʼni inson miya-sining mahsulidir. Lekin O.ning boʻlishi uchun miyaning oʻzigina bulishi yetarli emas. O. insonni qurshab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit bilan chambarchas bogʻlangan va shu muhitning taʼsirida faoliyat koʻrsata oladi.
Hozirgi zamonda murakkab ijodiy jarayonlarni ham amalga oshiruvchi elektron mashinalar yaratilgan, lekin ular O.ning oʻrnini bosa olmaydi, chunki O. oʻta murakkab obʼyektiv mavjudlikdir.

Ongsizlik (psixologiyada) — ong ishtirokisiz sodir boʻladigan ruhiy jarayon va holatlar. O., koʻpincha, badan harakatida, xotira, xayolda na-moyon boʻladi. Real mavjud, lekin sezilmaydigan qoʻzgʻatgichlar vujudga keltiradigan javob taʼsirotlarida, asli ongli paydo boʻlib, takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan harakatlarda va boshqa holatlarda roʻy beradi. Mac, odam oʻz oʻyxayollariga choʻmgan holda uyiga qaytadi va har holda yoʻldan adashmasdan keladi. Agar u biror xavfni sezib qolsa, bu xavfning sababi va qandayligini hali anglamasdan turib ham, himoya harakatini qiladi. Bemor psixikasida vujudga keladigan alahlash, gallyusinatsiya kabi patologik hodisalar, uxlash, gipnoz vaqtida, lunatizm va shahrik. chogʻida yuz beradigan psixik faoliyat ham O. holatiga kiradi. 3. Freyd O.ni sof irratsionalis-tik tarzda talqin etadi. Uning fikricha, ong bilan O. oʻrtasida murosasiz qarama-qarshilik bor. Insonning bu-tun xattiharakati ana shu qarama-qarshilik bilan belgilanadi. O.ni odam anglashga va payqashga jurʼat etolmaydi, u insondagi azaliy mayllar maskanidir.[1]


ONG HAQIDA TUSHUNCHA.


Psixika voqelikning kishi miyasida aksi sifatida har xil darajalar bilan farqlanadi.
Psixikaning odamga xos bo’lgan oliy darajasi ongni tashkil etadi. Ong psixikaning uni yaxlit bir holga keltiruvchi shakli bo’lib kishining mehnat faoliyatida, boshqalar bilan til yordamida muloqot qilish jarayonida shakllanishini ijtimoiy tarixiy shart-sharoitlari natijasi hisoblanadi. SHu ma’noda ong marksizm klassiklarining ta’kidlashicha ijtimoiy mahsul bo’lib anglagan borliqdan buyuk boshqa narsa emasdir.
Ongning strukturasi tuzilishi, uning muhim psixologik ta’rifi qanday.
Uning birinchi ta’rifi-nomining o’zidayoq berilgan bo’lib, ong deganidir. Kishining ongi bizning tevarak atrofimizni qurshab turgan olam haqidagi bilimlar majmuasidan tarkib topdi. K.Marks. «Ongning yashash usuli va ong uchun nimaningdir borligi bilimdir». deb yozgan edi. Ongning strukturasiga muhim bilish jarayonlari kiradi. Ular yordamida odam o’z bilimlarini doimo boyitib boradi. Bu jarayonlar qatoriga sezgilar va idrokni, xotirani, xayol va tafakkurni qo’shish mumkin. Sezgilar va idrok yordamida miyaga ta’sir etuvchi kuzatuvchilarning bevosita aks etishi natijasida ongda borliqning o’sha momentda kishi tasavvurida hosil bo’lgan hissiy manzarasi gavdalanadi. Xotira ongda o’tmish obrazlarini qaytadan gavdalantiradi. Xayol ehtiyoj ob’ekti bo’lgan ammo hozirgi paytda yo’q narsning obrazli modelini hosil qiladi. Tafakkur umumlashgan bilimlardan fodalangan yo’li bilan masalaning hal etilishini ta’minlaydi. Aytib o’tilgan psixik bilish jarayonidan istalgan birining batamom barbod bo’lishiga olib keladi.

Ongning ikkinchi ta’rifi unda sub’ekt bilan ob’ekt o’rtasida aniq farqlanishni o’ziga ifodasini topishi, ya’ni odam «men» degan tushunchaga nima tegishli ekanini aniqbiladi. Tirik organizmlar duyosi tarixida birinchi bo’lib unda ajralib chiqqan va o’zini atrof-muhitiga qarama-qarshi qo’ygan inson o’z ongida ushbu arama-qarshilik va tafovutni saqlab kelmoqda.


Jonli mavjudotlar ichida uning o’zigina o’zini bilishga ya’ni psixik faoliyatini o’zini tadqiq etishga yo’naltirishga qodirdir.Odam o’z hatti-harakatlarini va umuman o’zini-o’zi ongli ravishda baholaydi. «Men»ning «men emas» degan ajratish har bir kishi kishi bolaligida boshdan kechiradigan yo’l bo’lib, uni o’zidan o’zi anglashi jarayonida yuz beradi.

Ongning uchinchi ta’rifi-odamning maqsadini ko’zlovchi faoliyatini ta’minlashdir. Faoliyatning maqsadlarini yaratish ongning funktsiyasiga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi. Irodaviy qarorlar qabul qilinadi. Harakatlarni bajarishning qanday borishi hisobga olinadi. Unga tegishli tuzatishlar kiritiladi va hakazo.


K.Marks «kishi tomonidan berilgan narsaning formasini o’zgartirish bilangina cheklanmaydi, tabiat tomonidan berilgan narsalar bilan birga o’zining ongli maqsadini ham amalga oshiradi. Bu maqsad qonun sifatida kishining ish usulini va bu ishning harakterini belgilab beradi va kishi o’z irodasini ana hu maqsadga bo’ysundirish lozim» deb ta’kidlagan edi.
Maqsadni ko’zlovchi faoliyatni amalga oshirishda va yo’nalishida kasallik oqibatida yoki biron-bir boshqa sabablarga ko’ra har qanday buzilishning yuz berishini ongning buzilgani deb qaramoq kerak.
Ongning to’rtinchi ta’rifi-uning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligidir. «Mening o’z muhitimga bo’lgan munosabatim meninng ongimdir» deb yozgan K.Marks.
Kishi ongiga muqarrar ravishda his-tuyg’ular olami kirib keladi, unda murakkab ob’ektiv eng avvalo o’zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o’z aksini topadi. Bu o’rinda esa (jalb etilgan) ijtimoiy boshqa ko’pgina hollarda bo’lgani kabi potologiya normal ongni mohiyatini anglab olishga yordam beradi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalinganda ongning buzilganligi aynan his-tuyg’ular va munosabatlar sohasidagi buzilish bilan belgilanadi:
Bemor bunga qadar behad yaxshi ko’rgan onasini suymaydigan bo’lib qoladi. YA’ni kishilar to’g’risida zarda bilan gapiradi va hakazo.
Ongning yuqorida ko’rsatib o’tilgan barcha o’ziga xos xususiyatlari va shaklanishi namoyon bo’lishining muqarrar sh arti til hisoblanadi. Nutq jarayoni faoliyatida odam bilimlar hosil qiladi. Kishi dunyoga kelgunga qadar uning uchun insoniyat yaratib bergan tilda mustahkamlab unga etkazgan inson tafakkuri, boyliklari bilan o’z hayotini boyitadi. A.I.Gertsen shunday deb yozgan edi: «Har bir kishi ildizlari sal bo’lsa ham odam ato zamonlariga borib etadigan dahshatli shajaragatayanadi: sohil bo’yidagi to’lqin kabi orqamizda butun boshli okean-butun bir dunyo tarixining shiddati his etiladi: shu daqiqada bizning miyamizda barcha asrlarning g’oyalari...til, alohida ob’ektiv, sistematik unda ijtimoiy tarixiy tajriba yoki ijtimoiy ong aks etgandir. Kokret odam tomonidan o’zlashtirilar ekan, til ma’lum bir ma’noda uning real ongi bo’lib qoladi.»
Ulug’ mutafakkirlar – «Til amaliy, haqiqiy ongdir, boshqalar uchun ham mavjud bo’lgan xuddi shu tufayli men uchun ham mavjud bo’lganongdir...» deb qayd etgan edi. Ong tushunchasi psixologiyada. Psixotriada va boshqa fanlarda uning yuqorida keltirilgan asosiy ta’riflarga mos keladigan ma’noda ishlatiladi.
Psixiatorlarning bemorda ong bor yoo’qligi, yo bo’lmasa buzilganligi masalalari doim qiziqtiradi, shu tufayli ular ong deganda bemorning o’z-o’ziga qaerdaligi, vaqt qachonligi, tevarak-atrofdagi vaziyat qandayligi to’g’risida o’z shaxsiy holati ham harakatlari haqida hisob berish imkoniyatlarini tushunadilar. Ong yaxshi saqlanib qolgan odam miyaga kelayotgan yangi axborotga o’zidagi mavjud bilimlarni hisobga olgan holda baho beradi va o’zini tevarak-atrofdagi muhitdan alohida ajratib, boshqa odamlarga faoliyat va vaziyatga nisbatan tarkib topgan munosabatlar sistemasini saqlab qoladi hamda ana shu barcha ma’lumotlar asosida o’z hatti-harakatini idora qiladi. Ong ijtimoiy mahsul bo’lib, faqat odamlarga xosdir. Hayvonlara esa ong bo’lmaydi. Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdan iboratdir.
Ongsizlik-kishini o’zini tuta olmaydigan qilib qo’yadigan taaassurotlar bilan bog’liq psixik jarayonlar harakatlar va holatlar yig’indisidir. Psixik holat sifatida ongsizlik voqelikni aks ettirishning shunday bir shakli hisoblanadiki ,bunda harakat o’rni va vaqtini mo’ljal qilish, yaxlitligi yo’qoladi, hatti-harakatining nutq yordamida boshqarilshi buziladi. Ongsizlikka quyidagi psixik holatlarni kiritish mumkin: Uyqu paytida yuz beradigan psixik hodisalar (tush ko’rish) sezilmaydigan lekin haqiqatda ham ta’sir ko’rsatadigan kuzatuvchilarga javob reaktsiyalari: oldinlari ong harakat bo’lib, lekin takrorlanaverib avtomatlashib ketgan va shunga ko’ra endilikda anglanmaydigan bo’lib qolgan harakatlar faoliyatiga undovchi ammo maqsad hissidan anglanmaydigan ayrim moyillar, ongsizlik hodisalariga bemor kishining psixikasida ro’y beradigan ba’zi bir protologik hodisalarni-alahlash, ko’ziga yo’q narsalarning ko’rinishi kabilarni ham ko’rish mumkin. shularga, asoslanib ongsizlikning ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hayvonlar psixikasiga tenglashtirish noto’g’ri bo’lar edi.
Ongsizlik-bu kishining xuddi ong kabi o’ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida borliqning etarli darajada bir xil bo’lmagan qismiga aksi tarzida inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog’liq holda bo’lgandir.

Tayanch tushunchalar:


Ijtimoiy mahsul, til amaliy-haqiqiy ongdir.

Nazorat savollari:


1. Ong nima?
Ongning to’rtta ta’rifini keltiring.
Ongning strukturasi qanday?
CHet el olimlari ong haqida?
Ong tushunchasi Freyde talqinida?
Ongsizlik nima uning arajasi qanday?
Til bilan ongning bog’liqlik tomonlari nimada?
Ong bilan ongsizlikning farqi yoki bog’liqligi nimada?
Metodik ta’minot:
Jadval, savolli tarqatma kartochkalar,

ADABIYOTLAR:



S.G.YAroshevskiy. A.N.Jdan. Bg’Yu.B. Gippereyter «Xrestomatiya» po istorii psixologii» M.Izd. «MGU»-1981.
A.N.Jdan. «Istoriya psixologii» M.Nauka. –1990 .
A.V.Petrovskiy. «Umumiy psixologiya» T.Uzb. 1992 yil.
Download 220.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling