1-mavzu. Mafkuraviy tizimning asosiy elementlari Reja


Download 50 Kb.
bet1/6
Sana10.02.2023
Hajmi50 Kb.
#1183648
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu. Mafkuraviy tizimning asosiy elementlari (1)


1-mavzu. Mafkuraviy tizimning asosiy elementlari


Reja:



  1. Individual fikr, g‘oya va qarashlar.

  2. Ijtimoiy guruh va qatlamlarga tegishli g‘oya va qarashlar.

  3. Milliy va umuminsoniy g‘oya, qarashlar.



Tayanch tushunchalar: individual fikr, g‘oya, milliy g‘oya ,diniy qarashlar, ijtimoiy guruh, ijtimoiy sinf, ijtimoiy qatlam, umuminsoniy g‘oya, umuminsoniy qarashlar.


7.1. Individual fikr, g‘oya va qarashlar

Bizga ma’lumki, ijtimoiy soha va jarayonlarda uchraydigan boshqa tizimlar singari mafkuraviy tizim ham o‘zaro aloqadorlikdagi, biri ikkinchisini taqozo qiladigan va o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan elementlardan tashkil topgan. Ushbu elementlar tizimining alohida bir qismi bo‘lish bilan birgalikda o‘zidan keyingi bir elementni shakllanishiga ham zamin yaratadi.


Milliy mafkuraviy jarayonni tizim sifatida olib qaraydigan bo‘lsak, u quyidagi elementlardan tashkil topgan: fikr, g‘oya, qarashlar va hokazolar.
Har qanday mafkuraviy tizim eng avvalo g‘oyalardan tashkil topishi, g‘oyalar esa yakka shaxs ongi va tafakkurida paydo bo‘lib, keyin ijtimoiylashishi bizga ma’lum.
Tizimli tahlil nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo‘lsak, mafkuraviy tizimning samaradorligi va hayotiyligi, insonlarning o‘z oldiga kuygan maqsadlarini va shuning bilan birga, mafkuraning bosh va asosiy g‘oyalarini hayotga tadbiq etishdani aniqlik va natijaviylik ushbu g‘oyalarning to‘g‘ri yondashuv sifatida tizimga kiritishga bog‘liqdir.
Mafkuraviy tizimda individual fikr muhim ahamiyat kasb etadi. Inson ijtimoiy hayotning ishtirokchisi sifatida yashar ekan, ijtimoiy munosabatlar va jarayonlar unga ta’sir etganidek, u ham bu jarayonlarga ta’sir etadi. Lekin ta’sir etishni boshqa yo‘llaridan farqli ravishda bu holatda shaxs o‘zining individual fikri bilan jarayonlarga kirib boradi.
Har qanday individual fikr ham g‘oyaga aylanmasligi va hatto u inson ongida shunchaki tashqarga chiqmaydigan bir qarash sifatidagina qolib ketishi mumkin.
Aksincha, ijtimoiy guruh yoki insonlar orasida aytilgan va boshqalarning e’tiborini tortmagan fikr ham yuqoridagi singari shunchaki aytilgan gap holida qolib ketishi mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, tizimni asosini tashkil etuvchi g‘oyalarning paydo bo‘lishi eng avvalo, individual fikrning sayqallanishi va o‘zida insonlarni e’tiborini tortish xususiyatini singdirishi lozim.



Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling