1-mavzu. Mafkuraviy tizimning asosiy elementlari Reja


Ijtimoiy guruh va qatlamlarga tegishli g‘oya va qarashlar


Download 50 Kb.
bet2/6
Sana10.02.2023
Hajmi50 Kb.
#1183648
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu. Mafkuraviy tizimning asosiy elementlari (1)

7.2. Ijtimoiy guruh va qatlamlarga tegishli g‘oya va qarashlar

Umuman ijtimoiy talablar orqali yuzaga chiqqan g‘oyalar alohida sub’ektlar yoki ijtimoiy guruhlarning xohish, irodasiga bog‘liq bo‘lmasdan, ob’ektiv mazmunga ega bo‘ladi. Chunki mazkur g‘oyalarni keltirib chiqaruvchi sabablarning o‘zi ham alohida kishilarning xohish irodasidan holi bo‘lib, ular faqat ma’lum shaxslar tomonidan ilg‘ab olinadi va sistemali qilib beriladi.


Darhaqiqat, biron bir xalqning tub manfaatlarini u mujassamlashtiruvchi g‘oyalar yoki g‘oyalar tizimi, eng avvalo, ana shu xalq yashayotgan hududning tabiiy shart-sharoitlarining o‘ziga xosligini ham muqarrar tarzda o‘zida aks ettirishini ob’ektiv xarakterga ega ekanligini qayd qilib o‘tmog‘imiz kerak.
Bugungi kunda O‘zbekistonning geografik o‘rni kishilarning xohish- irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud, albatta. Shuningdek, tabiiy muhit nafaqat kishilarning qiyofalariga, balki o‘sha muhitda yashayotgan kishilarning o‘zaro munosabatlariga va bu munosabatlar natijasida qaror topadigan ijtimoiy muhit talablariga ham ta’sir etuvchi omilga aylanadi.
“Sharq xalqlari va yurtimiz ahliga mansub shunday belgi-alomatlar haqida gapirganda, ularning tarixiy-ijtimoiy zaminiga alohida e’tibor qaratish lozim, deb o‘ylayman”, - degandi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov. - Tarixdan ma’lumki, O‘rta Osiyo hududida aholi azaldan vodiylarda, katta suv manbalari - daryo va anhorlar bo‘yida yashab keladi. Atrofi cho‘l va sahrolar bilan o‘ralgan, tabiati, iqlimi g‘oyat murakkab bo‘lgan mintaqa sharoitining o‘zi ana shu elat va millatlarning ming yillar davomida bir-biriga moslashib, yaqin yelkadosh bo‘lib, bir-birining og‘irini yengil qilib yashashini taqozo etib keladi”1.
Mintaqamizda turli xalqlar va mamlakatlarning mavjudligi, ularning har biri o‘ziga xos manfaatlarga egaligi ham ob’ektiv voqelikdir. Shunday qilib, tabiiy muhit nafaqat kishilarning qiyofalariga, balki ularning o‘zaro munosabatlariga va bu munosabatlar natijasida qaror topadigan ijtimoiy talablariga ham ta’sir etuvchi omilga aylanadi.
Milliy manfaatlarni o‘zida ifoda etuvchi g‘oyalar muqarrar tarzda mamlakat hamda qo‘shni mamlakatlar hayotidagi ijtimoiy barqarorlik yoki beqarorlik muhitining qaror topishi bilan ham bevosita bog‘liqdir. “Bir narsa ravshanki, - degan edi, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov - barqarorlik va jug‘rofiy-siyosiy muvozanat saqlanib qolgan sharoitdagina bu mintaqa jo‘shqin va sobitqadam rivojlanadi, jahon hamjamiyati uchun munosib sherik bo‘la oladi”2.
Darhaqiqat, dunyoviy taraqqiyot yo‘li faqatgina milliy tarixiy tajribalarga suyanib o‘z rivojlanishini davom ettirib bo‘lmasligini taqozo etadi. Unda jahon xalqlari tomonidan to‘plangan bilimlarga suyanish ustuvor masalaga aylanadi. Jumladan, tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlar sohasidagi insoniyat tomonidan erishgan yutuqlarni o‘zlashtirib olib, milliy taraqqiyotimiz uchun ma’naviy poydevor yaratish muhim vazifadir.
Dunyoviylik tamoyili mamlakat xalqlari hayotida milliy, tarixiy va diniy qadriyatlarimizga yangicha munosabatlar tizimini yaratish zarurligini keltirib chiqardi.
Endilikda yuksak rivojlangan jamiyat o‘zligini milliy, tarixiy va diniy an’anaviy anglagan shaxslardan tarkib topadi. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida talqin etilganda, uning mustaqil tafakkurga, e’tiqodga, bunyodkorlik qudratiga, o‘zgalar va butun borliq oldidagi mas’uliyat tuyg‘usiga ega ekanligi nazarda tutiladi. “Men kimman?”, “Bu yorug‘ dunyoga nima uchun keldim? Menga ato etilgan buyuk ne’mat — hayotimni nimalarga safarbar etmog‘im lozim?
Inson borki, ertami-kechmi ana shu savollarga javob izlay boshlaydi, kamolot sari yo‘l oladi. Bu yo‘lni-o‘zlikni anglash, deb aytish mumkin. O‘zligini anglagan yoki anglay boshlagan kishigina shaxs darajasiga ko‘tariladi. Demak o‘zlikni anglash, avvalo, har bir insonning shaxsi, alohida “meni” bilan bog‘liq. “Kimki o‘zligini tanisa, robbini taniydi”.
Bu hadisda buyuk hikmat yashiringan. Uni bugungi kun muammolari nuqtai nazaridan quyidagicha talqin etish mumkin: har bir inson o‘zi; intilmasa, maqsadlar qanchalik ulug‘ bo‘lmasin, biror-bir natija bermaydi. Shuning uchun ham islom ahli, mutasavvif allomalar insonni “olam mehvari” deb bilganlar.
Milliy istiqlol mafkurasi va milliy g‘oya jahon xalqlarining uzoq tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratilgan merosidan ham ozuqa olganligi bejiz emas. Zero, insoniyat jamiyati paydo bo‘libdi-ki, turli xalq allomalari insonni o‘zlikni anglashga da’vat etadi. O‘zlikni anglash borasidaga Sharq va G‘arb allomalarining fikrlari milliy g‘oya va o‘zlikni anglash bilan chambarchas bog‘liq ekanligini yaqqol namoyon etadi.
Milliy g‘oyaning ma’no-mazmunini va uning millat hayotidagi o‘rnini mukammal tushunib yetish uchun eng avvalo, unga zamin bo‘ladigan nazariy va amaliy negizni aniqlab olish muhim ahamiyatga molik.
Shu nuqtai nazardan, milliy g‘oyaning tarixiy, falsafiy ildizlari uning tamoyillari ham bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikdadir. Ularning uzviy bog‘liqligi negizida umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi yotadi.
Demak, uning asosiy tamoyillaridan biri insonparvarlik g‘oyasi bilan bog‘liqdir. Darxaqiqat, bugungi kunda bu so‘zni juda ko‘p ishlatamiz. Shu o‘rinda nega insonparvarlik milliy g‘oyaning asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib qolmoqda, degan savol tug‘iladi. Buning birinchi sababi mustaqillik tufayli insonparvar va demokratik jamiyat barpo etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ana shu imkoniyatni voqelikka aylantirishda ikkita muhim masalani hal etish zarurati vujudga keladi.
Ulardan birinchisi, odamlarning ongi va tafakkuridagi mustabid tuzum asoratlaridan, uning g‘ayriinsoniy g‘oyalaridan, shuningdek yakka mafkurachilik tamoyilidan tozalashdir. Bunga erishishning bir qator yo‘nalishlari mavjud. Eng muhimi, yangi jamiyatda insonning tub manfaatlariga mos ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir.
Bunda milliy g‘oyaning insonparvarlik va demokratik tamoyillari inson va jamiyat manfaatlari uyg‘unligini belgilab beruvchi tayanch nuqta va jipslashtiruvchi kuch hisoblanadi.
Ikkinchi sababi, insonparvarlik tamoyilida umumbashariy tamoyillar bilan bir qatorda millat tafakkuri, ruhiyati va fikrlash tarzi, qarashlar xilma-xilligi o‘zaro uyg‘unlashtiriladi.
Bu jarayon mamlakatimiz marosimlarining barchasi qayta tiklanishi kerakmi yoki millatning keyingi taraqqiyotiga asos bo‘ladigan, jamiyatning bosh strategik maqsadlarini amalga oshirishga imkon tug‘diradigan milliy merosimizni qayta tiklash zarur degan haqli savol tug‘ilgan edi. O‘z davri ijtimoiy muhiti talablariga javob tariqasida qaror topgan an’ana va marosimlarning barchasi ham millatning kelgusi taraqqiyoti uchun poydevor bo‘la oladigan qadriyatlarga aylanavermaydi.



Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling