Referat mavzu: shaxsning hissiy psixologik xolatlari bajardi: Norqulova Oydina Tekshirdi: Abdullajanova Dilnoza


Download 373.31 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi373.31 Kb.
#1528460
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
psixologiya.referat


O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiyasi va mineral resurslar vazirligi
Geologiya fanlari universiteti
,,Neft va gaz konlari geologiyasi‘‘ fakulteti
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi
Psixologiya fanidan


REFERAT

Mavzu: SHAXSNING HISSIY PSIXOLOGIK XOLATLARI


Bajardi: Norqulova Oydina
Tekshirdi: Abdullajanova Dilnoza
.

shaxsning hissiy psixologik holatlari
REJA:
1.His- tuyg’u tushunchasi. His tuyg’ularni boshdan kechirish jarayonlari.
2. Iroda haqida tushuncha.
3. Kishining irodaviy fazilatlari va ularning shakllanishi.
4. Diqqatning xarakterli xususiyatlari:
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Hissiyot - tuyg’ularimizni o’ziga xos aks ettirish jarayoni bo’lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug’iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar ifodalanadi.
Emotsiya  shaxsning voqelikka o’z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog’liq bo’lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir.
Affekt – sub’ekt uchun dolzarb bo‘lgan hayotiy sharoitlarining keskin va kutilmaganda o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ladigan va aniq ifodalangan harakatli visseral (ichki organik) namoyon bo‘lish birga kuzatiladigan kuchli va nisbatan qisqa muddatli emotsional holat.
Kayfiyat – bu u yoki bu emotsiyalarning barqaror kechinmasi. Uzoq davom etuvchi, hulq-atvorni bezovchi emotsional holat.
Stress – inson organizmini haddan tashqari zo‘riqish natijasida paydo bo‘ladigan tanglik jarayonidir.
Hissiyot va emotsiya haqida umumiy tushuncha, ularning fiziologik asoslari. Emotsiyalarning signallik va boshqaruv funksiyalari. Ehtiyoj va emotsiya, motiv. Hissiyotlar klassifikatsiyasi. Hissiyotning kechish shakllari: emotsiya, affect, kayfiyat, stress, frustrasiyalar. Shaxsning emosional xususiyatlari. Emotsional zo’riqish va ularning oldini olish.
Shaxsning motivlari iroda sifatida. Shaxs va irodaviy hatti- harakatlar (faoliyat). Irodviy akt va uning tuzilishi. Qaror qabul qilish va uning psixologik tafsifnomasi. Irodaviy zo’r berish. Shaxsning irodaviy sifatlari va ularning shakllanishi. O’z irodasini tarbiyalash.

his tuyg’u tushunchasi. his tuyg’ularni boshdan kechirish jarayonlari.
His tuyg’ular - kishining o’z hayotid nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg’ul bo’layotganiga nisbatan o’zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir.
His tuyg’ularning kechishi subyekt asosida his etayotgan psixik holat sifatida gadalanadi. Bunda biror bir narsani idrok etish va tushunib yetish, biror bir narsa to’g’risida bilib olish idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, ma’lum yoki no’malum narsalarga nisbatan shaxsiy munosabt bilan birgalikda ro’y beradi. Anashu holatlarning barchasida his-tuyg’ularning boshdan kechirilishi xususida, kishining alohida hissiy holati xusustida gapiriladi. Shu bilan birga his tuyg’ularning kechishi o’z rivojlanishiga ega bo’lga, joriy va o’zgarib turadigan psixik jarayondir.

Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi:


a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga sub’ekt sifatida qatnashishi;
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan, bizga ayrim narsalar yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi. Umuman odam atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari ham aks ettiriladi.
Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan, o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki qiyinchilikni engish zavq uyg‘otadi.
Hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi.

Download 373.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling