Mashg‘ulotlar shakli: Amaliy (A)


Download 70.38 Kb.
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi70.38 Kb.
#1375167
  1   2   3
Bog'liq
Ijodiy ta\'lim fanidan 2-topshiriq


OZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“Ijodiy ta’lim“ fanidan


2-Amaliy mashg’ulot

Bajardi: Zokirova S.


Guruh: 650 -19
Topshiriq muddati: 25.10. 2022
Tekshirdi: Zaripova D.
Topshiriq 2
(4-7 amaliy ishlari)

Mashg‘ulotlar shakli: Amaliy (A)

soat

A4

DIAMOND K.T tavsifi va qo’llanilishi. “To’ldirilgan xikoya” testi yordamida talabalarning kreativlik sifatlariga egaligini o’rganish

2

A5

“Muloqot jarayonida o’z-o’zini nazorat qilish” testi yordamida M. Snayderning boshlang’ich pedagoglarning kommunikativ kompetentlikka egaliklarini aniqlash

2

A6

Devid Lyusning bolalarda kreativlikni rivojlantirishga oid ko’rsatmalari

2

A7

Kasb ta’limi yo’nalishi talabalarini kreativligini rivojlantirishda “Dizayn-fikrlash” texnologiyasining o’rni va roli

2





Mustaqil ta’lim mavzulari

Dars soatlari hajmi

MI 3

8,9,10,11- ma’ruza hamda, 4,5 - amaliy mashg’ulot mavzulari bo’yicha vazifa: DIAMOND K.T tavsifi va qo’llanilishi. “To’ldirilgan xikoya” testi yordamida talabalarning kreativlik sifatlariga egaligini o’rganish. “Muloqot jarayonida o’z-o’zini nazorat qilish” testi yordamida M. Snayderning boshlang’ich pedagoglarning kommunikativ kompetentlikka egaliklarini aniqlash

20

MI 4

12,13,14,15 - ma’ruza hamda, 6,7 - amaliy mashg’ulot mavzulari bo’yicha vazifa: “Dizayn-fikrlash” texnologiyasida ishlash

20


Javoblar
1. Kompetentlik talaba tomonidan alohida bilim va malakalarni egallanishini emas, balki xar bir mustaqil yo’nalish bo’yicha integrativ bilimlar va xarakatlarning o’zlashtirilishini nazarda tutadi. Bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi darajasiga quyiluvchi talablar nuqtai nazaridan kompetentlik talabalarning muayyan vaziyatlarda bilim, malaka va faoliyat usullari to’plamini maqsadga muvofiq qo’llash qobiliyatini anglatadi. Kompetentlik - bu talabaning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatni amalga oshirilishi uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning egallanishi hamda ularni kasbiy faoliyatda qo’llay olishi bilan ifodalanadi. Mazkur o’rinda «kompetentlik » tushunchasining mohiyati ham to’la ochiladi, u kuyidagi ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi:

  • kompetentlik talabalarning shaxsiy sifatlari;

  • kasbiy sohaning tayanch talablari sifatida.

Ta’lim mazmunining o’quv rejadagi fanlar bloklari (barcha fanlar uchun), fanlararo (fanlar to’plami uchun) va predmetli (ma’lum bir fan uchun) tarzda guruhlanganligi bois kuyidagi uch darajani namoyon etuvchi kompetentlikni e’tirof etib o’tamiz:
tayanch kompetentlik (ta’limning gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy mazmuniga ko’ra);
fanlararo kompetentlik (umumkasbiy tayyorgarlikning o’quv fanlari va ta’lim bloklarining ma’lum doirligiga ko’ra);
bitta predmet(fan) bo’yicha kompetentligi (maxsus o’quv fani doirasida aniq va ma’lum imkoniyatga egaligiga ko’ra).
Shunday qilib, tayanch kompetentlik oliy pedagogik ta’limning har bir bosqichi uchun ta’lim bloklari va o’quv fanlari darajasida aniqlanadi.
Talabalarda kreativlikni rivojlantirish ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish darajasi, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda o‘qitish jarayonini tashkil etishni talab qiladi. Bunda quyidagi pedagogik shart-sharoitlarga amal qilish lozimligi nazarda tutiladi:

  • talabalarda kreativ faoliyatni egallash mayllarini qaror toptirish, bilish ehtiyojlarini shakllantirish va ta’lim jarayonida mustaqillikni namoyon qilish muhitini ta’minlash;

  • talabalarda ijodiy fikrlash uchun qulay imkoniyat yaratish, talabalar tomonidan bayon qilingan turli-tuman fikrlar va g‘oyalarni bag‘rikenglik bilan qabul qilish hamda ularning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash, har bir talabada uning ijodiy fikrlashga qodirligi haqidagi ishonchni qaror toptirish, ularning ijodiy faolliklarini muntazam rag‘batlantirish;

  • o‘quv jarayonini talaba shaxsining xususiyatlari, ehtiyojlari va intellektual salohiyatidan kelib chiqqan holda individuallashtirish;

  • talabalarda individual, kichik guruhlar va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni muammolarni hal qilishda tayyor, standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qabul qilishga undash;

  • kreativ faoliyatni rivojlantirishning asosi bo‘lgan kognitiv bilimlarni amalda qayta ishlab chiqish va takomillashtirish imkonini beradigan interfaol mashg‘ulot shakllari va metodlarini tanlash va tatbiq etish.

Psixodiagnostik so’rovnomalar va testlar yordamida pedagogik kreativlik sifatlarini rivojlantirish hamda talaba psixologiyasini tushunish mumkin.
Psixodiagnostik metodlar ushbu asosga ko‘ra farqlanadi:
1) obyektiv testlar;
2) standartlashgan o‘zi haqida hisobotlar, ular o‘z navbatida bo‘linadi:
a) test-so’rovnomalar;
b) natijalani kontent-analiz qilishni talab etuvchi ochiq so’rovnomalar;
d) Ch.Osgudning semantik differensial testi tipi kabi tuziladigan shkalaviy texnikalar va tasniflash metodikalari;
e) rolli repertuar panjaralar tipidagi individual yo‘naltirilgan texnikalar;
3) proyektiv texnikalar;
4) dialogik (interaktiv) texnikalar (suhbatlar, intervyular, diagnostik o‘yinlar).
Obyektiv testlar- to‘g‘ri javob, ya’ni topshiriqni to‘g‘ri bajarish imkoni bor metodikalardir.

«To'ldirilgan hikoya» subtesti


Bu subtestda siz Ferdinand haqidagi voqealar aks ettirgan rasmlar bilan ishlaysiz. Ferdinandning rafiqasi va o‘g‘li bor. U boshliq bo‘lib ishlaydi, shu sababli hikoyada uning xodimlari ham ishtirok etadi.
Har bir topshiriq sakkizta rasmdan iborat. Yuqoridagi to‘rtta rasm Ferdinand bilan bog‘liq yuz bergan voqealarni aks ettirgan. Ushbu rasmlardan bin esa tushib qoldirilgan. Siz pastdagi to'rtta rasm orasidan yuqorida tushib qoldirilgan suratni o‘miga qo‘yishingiz kerak va Ferdinand bilan bog‘liq voqeani mazmunan to‘Idirishingiz lozim. Agar tushib qoldirilgan rasmni siz to'g'ri topsangiz, voqeaning mazmuni, unda ishtirok etayotgan personaj laming tuyg'u va maqsadlari tushunarli va aniq boladi.
Misol uchun: Quyidagi voqeaning uchinchi rasmi tushib qoldirilgan. Voqea yakunida biz Ferdinandning tushlik haqidagi orzulari aksincha, kutganidek chiqmay, uydan ranjib chiqadi. Ferdinandning rafiqasi asabiylashgan va go'yoki o‘g‘liga kitob o‘qiyotgandek o‘tiribdi. Bola esa xotirjam. Bulaming barchasi o‘zaro bog‘liq, Ferdinand ishdan qaytgandan so‘ng yuvinib, oshxonani iflos qiladi. Bu esa rafiqasini achchiqlantirdi. Shunday qilib ushbu voqeada tushib qoldirilgan holat 4-rasm bo‘lib, u javoblar varaqasida aylana ichiga olinadi.

Download 70.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling