Referat mavzu: shaxsning hissiy psixologik xolatlari bajardi: Norqulova Oydina Tekshirdi: Abdullajanova Dilnoza
DIQQATNING XARAKTERLI XUSUSIYATLARI
Download 373.31 Kb.
|
psixologiya.referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR
DIQQATNING XARAKTERLI XUSUSIYATLARI
Shaxsning ayni chog`dagi psixik faoliyati, ya`ni ehtiyojlarining yig`indisi shu damda ustunlik qilayotgan motiv tomon qaratilgan bo`ladi. Odamga juda ko`p tashqi qo`zg`ovchilar ta`sir qilib turadi, odamda har xil turli, bir qancha ehtiyojlarga mos keladigan tashqi qo`zg`alish shaxs uchun har xil ahamiyatga ega bo`lgan mayllar bilan tashqi qo`zg`atuvchilarning o`zaro munosabati psixik faoliyatning tanlovchilik tabiatida ifodalanadi. Ma`lum ob`ektni muqarrar tanlay olish diqqatning ishtiroqi bilan amalga oshadi. Diqqat psixik faoliyatning yo`naltirilishi va shaxs uchun ma`lum ahamiyatga ega bo`lgan ob`ekt ustida to`planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo`naltirilish deganda, psixik faoliyatning tanlovchilik tabiati, ob`ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O`quvchi maktabda o`qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o`tirganda, u mana shu eshitib o`tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo`zg`algan, shu maqsadga bo`ysundirilgan bo`ladi. O`quvchining biron boshqa narsaga chalg`imasdan o`quv materialining mazmuniga zehn qo`yib o`tirishida uning psixik faoliyatining yo`nalishi ifodalanadi. Ixtiyoriy diqqatdan tashqari diqqatning yana bitta to`rini kayd qilib o`tish lozim, u ixtiyoriy diqqat kabi, maqsadga qaratilgan bo`lib, lekin irodaviy zo`r berishni talab qilmaydi. Masalan: bir o`quvchi matematikadan qiyin misol echishga kirishdi, lekin uni echa olmadi. U o`zicha eshikka qaraydi, uni-buni eshitadi, beixtiyor nimalarnidir yozadi. Birdan misol echishning yo`lini tushuna boshlab misolni echadi. O`quvchining ixtiyoriy diqqati muvofiqlashtirilgan ixtiyoriy diqqatga aylanadi. Shuningdek, parishonxotirlik diqqatning salbiy tomonini tashqil etadi. Parishonxotirlik deganda ko`pincha ishga nihoyat darajada berilib ketish tushuniladi. Syunday paytda odam atrofidagi narsalarni mutlaqo payqamay qo`yadi. Bolalarda parishonxotirlik tez - tez uchrab turadi. Bolalarning shaxsini uning irodaviy sifatlarini uzoq vaqt tarbiyalash yo`li bilan bunday parishonxotirlikka kurash olib borishi zarur. Parishonxotirlikdan tashqari diqqatning boshqacha turidagi uo`zilishlari ham uchrab turadi. Ongning kasallik tufayli torayishi, diqqatning ko`lamining cheklanishiga, diqqat doirasining torayishi kiradi. Ayrim ruxiy kasallik holatlarida diqqatning inertligi (sustligi) yoki mutlaqo harakatsizligi, qandaydir biron ob`ekt ustida to`xtab qolishi holatlarini kuzatish mumkin. Bola hayotining bir oylik davrlarida uning uchun faqat ixtiyorsiz diqqat xos bo`ladi. Bu davrda bola dastavval tashqi qo`zg`atuvchilardan, ularning keskin o`zgartirishlaridan ta`sirlanadi. Masalan: To`satdan paydo bo`ladigan qattiq ovozlardan harakatning o`zgarishidan va boshqa narsalardan ta`sirlanadi. Ixtiyoriy diqqatning alomatlari odatda bola yoshiga to`lgandan so`ng yoki ikki yoshga qadam qo`ygan davrda paydo bo`la boshlaydi. Ixtiyoriy diqqat tarbiya jarayonida yuzaga keladi, bolaning atrofidagi odamlar nima qilish lozimligini asta - sekin o`rgatadilar. Bolalar o`z diqqatini ulardan talab qilinayotgan harakatlariga o`zlarining bevosita moyillaridan voz kechishlariga to`g`ri keladi. Bolada, albatta juda sodda go`daklik shakli bo`lsa ham onglilik namoyon bo`ladi. Bolani ozodalikka, tartiblikka, ma`lum intizomlilikka, jamoat qoidalariga rioya qilishga o`rgatar ekanmiz, buning bilan biz bolada ixtiyoriy diqqatni rivojlantiramiz. Bog`cha yoshidagi davrda bolaning ixtiyoriy diqqatini rivojlantirish uchun o`yin katta ahamiyatga egadir. Bog`cha yoshidagi bolalar diqqati juda barqaror bo`ladi. Mashq qilish usuli bilan o`z diqqatini to`plash qobiliyati asta - sekin rivojlanadi. Agar bajarilayotgan faoliyat eng maqbul qiyinchiliklar sohasida, ya’ni, bola imkoniyatlari chegarasida joylashgan bo‘lsa, u holda qobiliyatlarning rivojlanishiga olib keladi. Qobiliyatlarning rivojlanishi ko‘p darajada iste’dod nishonalarining joriy etilishiga imkon yaratuvchi sharoitlarga bog‘liqdir. Bunday sharoitlardan biri oiladagi tarbiya xususiyatlaridir. Agar ota-onalar o‘z bolalarida qobiliyatlarning rivojlanishi haqida qayg‘urar ekanlar, bolalarda biror-bir qobiliyatning aniqlanish ehtimolligi o‘z hollariga tashlab qo‘yilgan bolalarga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi. Qobiliyatlar rivojlanishi mumkin bo‘lgan sharoitlarning boshqa guruhini makromuhit xususiyatlari belgilab beradi. Makromuhit deb, inson tug‘ilib, o‘sgan jamiyat xususiyatlariga aytiladi. Makromuhitning ijobiy omili bo‘lib, jamiyatning o‘z a’zolaridagi qobiliyatlarning rivojlanishi haqida g‘amho‘rlik ko‘rsatishidagi vaziyat hisoblanadi. Qobiliyatlarning rivojlanishida muhim o‘rinni motivatsiya va u sababli yuzaga keladigan zo‘riqishli faollik egallaydi. Xuddi shunday, iste’dodli bolalar o‘zlari intilayotgan faoliyatga nisbatan moyillik bildiradilar. Ular muntazam va jadal ravishda toliqmay, o‘zlariga qiziqarli faoliyat bilan shug‘ullanadilar. Qobiliyatlarning rivojlanishini insonga tabiat tomonidan berilganlarning etilishi kabi tabiiy iste’dod nishonalarining ham miqdor jihatdan o‘sishi sifatida tushunish yaramaydi. Qobiliyatlarning rivojlanishi insonga uning faoliyati jarayonida, bu faoliyatning turli-tumanligi va mazmundorligi, unda kuchlarni maksimal darajada ifodalanishi bilan qo‘yiladigan talablar orqali belgilanadi. Bundan kelib chiqadiki, faoliyatni qobiliyatlar shakllanishining manbai va omili, mehnatsevarlik, qat’iyatlilik va ishchanlikni esa – hayotda orttirilgan qobiliyatlar shakllanishining muhim shartlari sifatida ko‘rib chiqish lozim. Inson amaliyotda foydalanmay qo‘ygan rivojlantirilmagan qobiliyat vaqt o‘tishi bilan yo‘qoladi. Faqat muntazam mashqlar tufayli biz o‘zimizda maqbul qobiliyatlarni mustahkamlab, rivojlantirib boramiz Xulosa qilib shuni aytish kerakki asosiy irodaviy fazilatlarning rivojlanishi kishining boshqa odamlar bilan doimiy muloqoti davomda va u bilan birgalikda ishlashi davomida yuz beradi. Jamiyatdan tashqarida, kollektivdan tashqarida kishinig irodasi normal rivojlana olmaydi. ADABIYOTLAR 1. A.V. PETROVSKIY “ UMUMIY PSIXOLOGIYA” TOSHKENT – “O’QITUVCHI“ - 1992Y 2. M.G. DAVLETSHIN “UMUMIY PSIXOLOGIYA“ TOSHKENT 2002 Y 3. E. GOZIYEV “ UMUMIY PSIXOLOGIYA“ 1 KITOB TOSHKENT – 2002Y Download 373.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling