3-maruza O‘zgaruvchan tok mashinalarining umumiy masalalari. Reja


Download 26.99 Kb.
bet1/6
Sana31.01.2023
Hajmi26.99 Kb.
#1144444
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3- maruza el mash


3-maruza
O‘zgaruvchan tok mashinalarining umumiy masalalari.
Reja:
Asosiy turlari
Aktiv qismlariga oid umumiy ma’lumotlar.
Asosiy turlari.
O‘zgaruvchan tok mashinalari ikkita turga, ya’ni asinxron va sinxron mashinalarga bo‘linadi. Bu mashinalar qo‘zg‘almas qismi stator va uning ichiga podshipnik qalqonlari vositasida mahkamlanib aylanish imkoniyatiga ega bo‘lgan rotordan iborat. Stator va rotor bir-biridan havo oralig‘i bilan ajratilgan bo‘ladi. Havo oralig‘ining o‘lchami mashinaning ish xossalariga jiddiy ta’sir qiladi. Masalan, sinxron mashinalarda u o‘ta yuklanish qobiliyatini oshirsa, asinxron mashinalarda havo oraliqning katta bo‘lishi ularning quvvat koeffitsienti cos ni va aylantiruvchi momenti Mni keskin kamaytiradi.
An’anaviy o‘zgaruvchan tok mashinalari – asinxron va sinxron mashinalar bir-biridan rotorining tuzilishi bilan farq qilsa ham, ularning statorlari asosan bir xil konstruksiyaga ega bo‘lib, ishlash prinsipi va nazariyasida anchagina o‘xshashlik jihatlari mavjuddir. Bulardagi fizik jarayonlarning umumiyligi ularning nazariyasi o‘xshashligini, ko‘p fazali o‘zgaruvchan tok chulg‘amlari konstruksiyasi hamda asinxron va sinxron mashinalar statorlarining tuzilishi prinsipining o‘xshashligini keltirib chiqaradi.
Aktiv qismlari
Magnit o‘tkazgich va chulg‘amlar o‘zgaruvchan tok mashinalarining aktiv qismlari hisoblanadi. o‘zgaruvchan magnit oqimi o‘tadigan mashinaning magnit o‘tkazgichi, ya’ni asinxron mashinaning stator va rotor hamda sinxron mashinaning stator po‘lat o‘zaklari elektrotexnik izotropli (ya’ni magnit o‘tkazuvchanligi po‘latning jo‘valanish yo‘nalishiga deyarli bog‘liq bo‘lmagan) sovuqlayin jo‘valangan po‘lat tunuka (list)laridan yig‘iladi. Stator o‘zagining ichki (havo oralig‘iga yaqin) tomoniga chulg‘am joylashtirish uchun shtamplash stanogi vositasida po‘lat listlarga bir xil andozali pazlar o‘yiladi.

Download 26.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling