9-amali. Vintli nasos qurilmalari
Download 60.08 Kb.
|
9-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.1-rasm. Vintli artezian nasoslari A) VAN-4
9-amali. Vintli nasos qurilmalari Artezian quduqlarda ishlatish uchun mo‘ljallangan bir vintli nasoslar mahalliy (ayniqsa, qishloq) sharoitida quduqlar va zovurlardan suv chikarishda yangi va original tipdagi suv chiqargich hisoblanadi. Bu nasos (9.1-rasm, b) bir kirimli metall vint — rotor 3 dan hamda ko‘zg‘almas korpus — stator 2 dan tuzilgan. Stator ichida rotor aylanadi. Po‘latdan ishlangan bir kirimli rotor vinti hamma kesimlarda doiraviy shaklga ega va ozgina ekssentrisitetli qilib tayyorlangan, shu sababli u aylanganda, murakkab planetar harakat bajaradi. Rotor o‘z o‘qi atrofida aylanganda, uning o‘qi shu vaqtning o‘zida kichik doira bo‘yicha statorning ichki murakkab sirtida siljib teskari yo‘nalishda aylanadi. Shunnig uchun rotor yuritish vali bilan gummirlangan po‘lat tros yoki kardanli ulama yordamida biriktiriladi. Stator po‘lat kuvur ichiga (buralmaydigan qilib) zichlab tiqilgan qalin devorli rezina truba ko‘rinishida tayyorlanadi. Rezina kuvurning ichki sirti qadami rotor kadamidan 2 marta katta bo‘lgan ikki kirimli vintga ega. So‘rish kamerasi po‘lat kuvurdan iborat bo‘lib, uning bir uchiga nasos korpusi (stator) ga burab qo‘yish uchun vint qirqilgan, ikkinchi uchida esa tur 1 li teskari klapan bor. Bosim kquvurning ichiga yo‘naltiruvchi podshipniklar va kardanli ulamalar bilan yuritish vali joylashtirilgan. U vertikal elektr dvigateldan yuritiladi. Vint aylanganda, rotor bilan statorning ichki sirti orasida bo‘shliq hosil bo‘lib, bu bo‘shliqlarda so‘riladigan suyuqlik germetik berkiladi va vint o‘qi bo‘yicha bosim trubasi tomonga suriladi. 9.1-rasm, da uzatishi 5 m3/soat, bosimi 3,6 kg/sm2, quduqning eng kichik diametri 100 mm, bosim trubalarining eng kichik diametri 95 mm bo‘lgan VAN-4 nasosi ko‘rsatilgan. 14-rasm, b da aylanish chastotasi 500 ayl/min bo‘lganda uzatishi 6 m3/soat, bosimi 0,3 MPa va elektr dvigatelining quvvati 1 kVt bo‘lgan yangi artezian bir vintli nasos 1VE-20/3 ko‘rsatilgan. Rotorning ekssentrisiteti 10,4 mm va u yuritish transmission valiga VAN-4 nasosidan farqli ravishda diametri 16 mm va uzunligi 1,5 mm bo‘lgap elastik po‘lat valik bilan ulanadi. Tekshirishlar hamda ishlatish shuni ko‘rsatdiki, bunday konstruksiyadagi nasoslar uzoq vaqt (resursi 12000 soat) ishonchli ishlaydi 9.1-rasm. Vintli artezian nasoslari A) VAN-4: 1- filtr, 2- oraliq kuvur, 3- teskari klapan, 4 – teskari klapan korpusi, 5 – stator (vint oboymasi), 6 – rotor; 7,11 – muftalar, 8 – kardanli birikma, 9 – kuvur, 10 – pastki podshipnik, 12 - qum tutkich, 13 – pastki val, 14 – bosim kuvur, 15- podshipnik, 16- val muftasi. B) 1VE-20/3: 1- to‘rli qabul klapani, 2 – stator (rezina oboyma), 3- rotor (po‘lat vint), 4- o‘tkazish kuvuri, 5 – egiluvchan val, 6- bosim kuvuri, 7 – mufta, 8 – oraliq podshipnik, 9 – transmission val Download 60.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling