3-ma’ruza: po‘lat sortamenti


Download 29.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi29.13 Kb.
#1529319
  1   2   3
Bog'liq
3 - Ma\'ruza. QK



3-MA’RUZA:
PO‘LAT SORTAMENTI 
REJA: 
1. Sortament profillarining xarakteristikalari 
2. List po’lat 
3. Profilli po’lat
4. Alyuminiyli profillar 
Tayanch so’z va iboralar: geometrik xarakteristika, standart yoyma po’lat, list 
po’lat, profilli po’lat, alyuminiyli profillar.
Sortament profillarining xarakteristikalari. Metall qurilmalar turli xil
shaklli profillardan tashkil topadi. Shakli va geometrik o’lchamlariga ko’ra farq 
qiluvchi prokat, truba va boshqa metall buyumlar haqidagi ma’lumotlar majmui
(jadvali) sortament deb ataladi. Sortament profillarning ko’ndalang kesim yuzasi,
o’lchamlari, geometrik xarakteristikalari (A, W, S i), bir metrining og’irligi 
ko’rsatiladi. Sortamentlar davlat standartlari asosida tuziladi. Metall
qurilmalarning ko’p yillar davomida takomillasha borishi natijasida xozirgi
kunda turli profillarning universal to’plami tashkil topgan. Profillarning mazkur
to’plamidan turli xil qurilmalar qurish mumkin. Metall qurilmalarda 
ko’llaniladigan yoyma po’lat ikki guruxga bo’linadi: (1-rasm) 
1). yupqa yoki qalin listli po’lat (1-rasm,a); 
2). profilli po’lat - burchaklik, shveller, tavr, ko’shtavr va x.k. (1-rasm,b-d)
Yoyma profil turlari ko’riladigan konstruktsiyaning shaklini belgilaydi va 
mazkur konstruktsiyani ishlab chikarishga sarflangan mehnat xamda material 
mikdoriga katta ta’sir ko’rsatadi. SHu tufayli ratsional kesimli xilma-xil profillar 
ishlab chikarish tejamli qurilmalarni loyihalashga imkon beradi. 
1-rasm. Po’lat prokat profillar: a) po’lat list; b) burchak; v) shveller;
g) qo’shtavr; d) tavr. 


9.1-rasm. Yoyma po’lat profillarining turlari: a-po’lat list; b-
burchaklik; v-shveller; g-qo’shtavr; d-tavr.
List po’lat. Qalin listli po’lat (GOST 19903-74). Bu xildagi listli po’lat 
4...160 mm qalinlikda yoyiladi. Ammo qurilish konstruktsilarida qalinligi 40 mm 
dan ortiq po’latlar kam ishlatiladi, chunki qalinlik oshgan sari listli po’latning sifati 
va uning hisobiy qarshiligi kamaya boradi. 
Listli po’lat qalinligining o’zgarish qonuniyati quyidagicha: 
Qalinligi 4 dan 6 mm gacha o’zgarganda -1 mm dan; 6 dan 22 mm gacha -
2mm dan va undan keyin 25, 28, 30, 32, 36, 40, 50, 80, 100 mm tarzda oshib 
boradi.
Po’lat listning kengligi 600...3600 mm, uzunligi 2000-12000 mm qilib 
ishlab chiqariladi. Bunday po’latlar to’sinlar va listli konstruktsiyalarda 
qo’llaniladi. 
Keng tasmasimon universal po’lat (GOST 8200-70). Bunday universal po’lat 
listlarning qalinligi 6...60 mm, kengligi 200...1050 mm va uzunligi 5000...12000 
mm qilib chiqariladi. Universal po’lat yalpi to’sinlar va ustunlar qurishda 
ishlatiladi. 
Yupqa listli po’lat (GOST 19904-74). Bu xildagi po’lat listlar 0,2...3,9
mm qalinlikda, 60...200 mm kenglikda 1200...5000 mm uzunlikda ishlab
chiqariladi. Qurilishda bunday po’lat listlar egma profillar yasashda va tom 
tunukasi sifatida ishlatiladi. 
O’rama listli po’lat (GOST 19903-74). Bunday po’lat listlar o’ramlar xolida 
ishlab chiqariladi. Ularning qalinligi 10 mm dan oshmaydi, o’ramning kengligi
esa 200...2300 mm. Ular, asosan, yupqa devorli yirik elementlar va listli 
konstruktsiyalarda qo’llaniladi. 

Download 29.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling