3-ma’ruza: po‘lat sortamenti


Download 29.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi29.13 Kb.
#1529319
1   2   3
Bog'liq
3 - Ma\'ruza. QK

Profilli po’lat. Burchakliklar: ikki teng yonli (GOST 8509-72) va yonlari 
teng bo’lma-gan (GOST 8510-72) xillarga bo’linadi. Yonlari teng bo’lmagan
burchakliklarda yonlarning o’zaro nisbati 1:1,6 dan oshmasligi kerak. Teng yonli 
burchakliklar sortamentiga 70 dan ortiq profillar kiradi. Burchaklik yonlarining
xususiy ustuvorligini ta’minlash maqsadida ular kengligining qalinligiga nisbati 
b/d< 17 tarzda qabul qilingan. 
Burchakliklar quyidagicha belgilanadi: L50 x 5 yoki L 63 x 40 x 5 . Birinchi 
xolda yonlarining kengligi 50 mm, kalinligi 5 mm b o’lgan teng yonli burchaklik 
va ikkinchi xolda yonlarining kengligi 63 va 40 mm, qalinligi 5 - 35mm bo’lgan
yonlari teng bo’lmagan burchaklik ifodalanadi. Burchaklik profillarining
sortamenti juda keng bo’lib, eng kichik profil L20 x 3, eng kattasi esa L250 
x 30 dan iborat. 


Prokatlash va bir yilda ikkinchi yerga tashish shartlariga binoan, ishlab 
chiqariladigan burchakliklarning uzunligi 6...12 metrdan oshmasligi kerak. 
Qo’shtavrlar (GOST 8239-72) asosan egilishga ishlovchi to’sinlar sifatida
ishlatiladi. Ma’lumki, xar qanday kesimda materialning asosiy kesim yuzasi 
markaziy o’qdan qancha uzokda joylashsa, mazkur kesim shu o’qqa nisbatan
egilishga shuncha bardoshroq hisoblanadi. Qo’shtavrli profillar shu talabga 
nisbatan to’liqroq javob beradi. Qo’shtavrli profillar, shuningdek ustunlarning
tuzma kesimlarini tashkil etishda xam qo’llaniladi. 
Sortamentga ko’ra qo’shtavrlarning 10 dan 60 gacha nomerlari mavjud.
Qo’shtavrlarning nomeri uning sm larda ifodalangan balandligiga mos keladi. 
Masalan, qo’shtavrlar N 30 ning balndligiga ‘=30cm. Qo’shtavrlarning uzunligi 13 
m gacha bo’lib, asosan 6, 9 va 12 m li qilib tayyorlanadi. TU-14-2-24-72 ga 
muvofiq keng tokchali qo’shtavrlar ham ishlab chiqariladi. Ular uch xil bo’ladi: 
to’sinlar uchun B markali; yengil va og’ir ustunlar uchun K markali va universal 
SH markali. Keng tokchali to’sinbob profillarning balandligi 1000 mm gacha
bo’ladi. Bunday qo’shtavrlarda tokcha kengligining profilь balandligiga nisbati 
b/’ q 1/ 1,65- 1/ 2,5 oraliqda bo’ladi. Ustunbob profillarda bu nisbat 1 ga
yaqin bo’ladi. Tokchalarning keng bo’lishi profilning u- u o’qqa nisbatan 
turg’unroq bo’lishini ta’minlaydi. Keng tokchali qo’shtavrlar ko’p qavatli
binolarning sinchlarida, ko’priklarda, sanoat binolarining to’sinli 
konstruktsiyalarida qo’llaniladi. 

Download 29.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling