3 ma’ruza. Tabiiy ipak ishlab chiqarish texnоlоgiyasi. To’quvchilik sanоati. Iplarni qayta o’rash jarayonining maqsadi va mоhiyati. Tandani oxorlash


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/33
Sana15.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1481241
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
3-маъруза. Пилла олиш. Тўқимачилик саноати

IPAKNI QAYTA O’RASH 
Tabiiy ipak pishituv korxonalariga kalava shaklida keltirilali. Bunday ipakni 
pishituv mashinalariga o’rnatib ishlash
ancha o’ng’aysizligi sababli, kalava ipak 
g’altaklarga bir yoki ikki pog’onali o’rash mashinalarida qayta o’raladi. 
 
6.4-rasm. Ikki pog’onali o’rash mashinalari. 
1 - kalava ipak, 2 – charxag, 3 - bo’shalib chiqayotgan ipak, 4 – chiviq, 5 - 
taxlagich 
6 - g’altak, 7 rolikli urchuq, 8 - friksion g’ildirak, 9 - val.dvigat. harakat oldi 
 
IPAKNI QO’SHIB PISHITISH VA O’RASH 
YAkka xom ipaklardan pishitilgan ipak olishdan oldin yakka xom ipaklar 
qo’shib o’rash mashinasida g’altaklarga o’raladi. Qo’shib o’rashdan maqsad bir 
necha yakka ipaklarni bir xil taranglikda qo’shib, katga pakovkaga o’rashdir. 


Ipak gazlama ishlab chiqarish sanoatida, olatda, qo’shib o’rash jarayoni qo’shib 
o’rash mashinasida bajarmasdan, ipak pishitish mashinalarida bajariladi, natijada 
mashinalarning o’tish soni kamayadi va pishitilgan ipak ipning tannarxi past bo’ladi. 
Ipak gazlama sanoatida ipakni pishitish uchun ikki tipdagi: qo’shib o’rab 
pishituvchi na ikki yoki to’rt pog’onali ipak pishituvchi mashinalar qabul qilinadi. 
 
QO’SHIB PISHITIB O’RASH MASHINALARI 
Ipak halqali ipak pishituvchi mashinalarda pishitiladi, bu mashinada ipaklarni 
qo’shib, o’rash jarayoni ham bajariladi. 
6.5-rasm. Ipaklarni qo’shib o’rash jarayoni
1 — ramkadagi shpilka, 2 — g’altak, 3-5 — chiviqlar, 4 — o’z-o’zidan 
to’xtatadigan mexanizm ilmog’i, 6-8 - umumiy ilmoq, 7 - ipaklar chiqaruvchi 
valikda 3-4 marta aylanadi q 75m/mii tezligi, 9 - yugurdak (begunok), 10 - xalqa 
(kolso) , 11 - flanesli raltak, 12 - urchuq (vereteno) 
Urchuqning aylana tezligi — 8000min-
1
gacha, urchuqlar soni— 100 gacha. 
Ip harakatining chiziqli tezligi - 

— 75m/min 1 m dagi buramlar soni - 50 dan 
650 gacha. 
Chiqaruvchi valiklarning tezligini o’zgartirib, pishitilish miqdori rostlab 
turiladi, buning uchun almashtirib turiladigan bir qancha zapas tishli shesternelar 
bo’ladi. Agar qo’shib pishitilayotgan ipakdan birontasi uzilib qolsa, chiqaruvchi 
valiklar va urchuq o’z-o’zidan to’xtatadigan mexanizm yordamida avtomatik 
ravishda to’xtaydi. 
Bitta g’altakka 80 dan 200 g.gacha pishitilgan ipak ketadi. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling