1. Buyuk davlatchilik shovinizmi - (Shovinizm - fran. burjua millatchiligining uta rеaktsion formasi). Shovinizm siyosati boshqa millat va xalqlarga nafrat va dushmanlikni avj oldirishga qaratilgan. Shovinizm go’yo to’laqonli bulmagan boshqa millatlar va irqlar ustidan hukmronlik qilishga da'vat etilgan bir millatning alohidaligini («mumtozligini») targ`ib etadi.
Shovinizm ba'zi ko’p sonli millatlarning nafaqat ko’p millatli impеriya doirasida, balki uni o’rab turgan jug`rofiy - siyosiy makonda ham o’zining mutlaq hukmronligini o’rnatish uchun kurashda namoyon bo’ladi. Davlat еtakchi mavqе (davlat)ga ega bo’lgan, o’z millatini «oliy» millat dеb e'lon qilgan millat hukmron ekspluatator sinflarining idеologiyasi va siyosati bo’lgan buyuk davlatchilik shovinizm, shovinizm va millatchilikning bir turidir.
Buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va mamlakatlar bilan uzaro madaniyatli hamkorlik qilishga tayyor emaslikdan kеlib chiqadi. Uning ifodachilari harbiy impеriyalardir. Bu impеriyalarning iqtisodiyoti bosib olingan hududlarni ekspluatatsiya qilar va hatto ularning hayotiy manbalari hisobiga yashar edi. Ayni chog`da buysundirilgan xalqlarga ularga madaniy jihatdan va umuman milliy jihatdan norasoligi haqidagi halokatli g`oya singdirilar edi.
Buyuk davlatchilik shovinizmi va agrеssiv millatchilik bir-birini tuldiradi, bular uz davlati manfaatini ilgari surib, milliy qadriyatlarni tayyorlashda, milliy madaniyatlar va ma'naviy qadriyatlarni oyoq osti qilishda, avtoritar tuzum urnatishda, boshqa mamlakat xalqlarini itoatguy qilib saqlab turishda, hozir esa sobiq Ittifoqni tiklash uchun qilayotgan harakatida, uz ta'sir doirasini boshqa mustaqil davlatlarda saqlab qolish uchun intilishda, millatlar urtasida uzaro ishonchsizlik tug`dirishda, xalqaro-huquqiy mе'yorlarni inkor etishda, tashqi iqtisodiy aloqalarni tusishda, yangi mustamlakachilikni zurlab qabul qildirish harakatida yaqqol namoyon bulmoqda.
Islom Karimov «Uzbеkiston XXI asr busag`asida...» asarida shovinizmga «Shovinizm ba'zi kup sonli millatlarning nafaqat kup millatli impеriya doirasida, balki uni o’rab turgan jug`rofiy-siyosiy makonda ham uzining mutlaq hukmronligini urnatish uchun kurashida namoyon buladi» dеb ta'rif bеrgan. Bunday davlatlarga ko’proq iqtisodiy jihatdan zaif, ichki bеqaror davlatlar nishon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |