1- mavzu: “Davlatchilik” tushunchasi. Davlatning kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyalar


Download 51.16 Kb.
bet1/5
Sana02.06.2024
Hajmi51.16 Kb.
#1835383
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu

1- mavzu: “Davlatchilik” tushunchasi.Davlatning kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyalar.


Reja:
1.Davlatchilik tushunchasi. «Avesto» kitobida qadimiy davlatchilik tarixiga oid ma’lumotlar.
2.Davlatning kelib chiqishiga sivilazatsiyaviy nuqtai nazardan yondashish to‘g‘risida
3.Davlatning kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyalar turlari to‘g‘risida.

1.Ilk davlatchilik tarixi bo‘yicha tadqiqotlar olib boruvchi aksariyat olimlarning e’tirof etishicha, O‘rta Osiyoda ilk davlatchilik asoslarini bronza (mil.avv. III-II m.y.) davridagi sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi va ixtisoslashgan hunarmandchilik xo‘jaliklari tashkil etgan edi.SHuningdek ilk davlatchilikning tarixiy ildizlari faqat ichki sabablargagina bog‘liq bo‘lmay, balki qadimgi SHarqdagi yuksak darajada rivojlangan an’anaviy tarixiy-madaniy aloqalarga ham bog‘liq bo‘lgan.


Arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan yuqori sifatli moddiy madaniyat buyumlari o‘zaro aloqalardagi mavjud texnologik va iqtisodiy ta’sirni ko‘rsatadi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yuzlab ming yilliklarni o‘z ichiga qamragan insoniyat tarixida dastlabki davlatlarning paydo bo‘lishi –nisbatan ancha kech yuz bergan jarayondir. Davlatchilik tarixi insoniyat sivilizatsiyasining so‘nggi 5 ming yili bilan bog‘lanadi. Ilk davlatlar o‘z rivojlanish bosqichlarida turli xususiyatlar va tarixiy qonuniyatlariga ega bo‘lib, ilk davlatlar xo‘jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari – dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik qaerda oldinroq rivojlangan bo‘lsa, o‘sha erda paydo bo‘lgan. Xo‘jalik ishlab chiqaruvchi shakllarning taraqqiyoti aholi joylashuvi,hududlarning kengayishi va tashqi aloqalarning rivojlanishiga olibkelgan. SHu tariqa aholining aralash joylashuvi jarayoni boshlanib,bir hududda turli urug‘ vakillari yashaydigan bo‘lgan, ya’ni qarindosh-urug‘chilik jamoasi o‘rniga hududiy qo‘shnilchilik jamoalari paydo bo‘lgan.
Bu jamoalar vakillari alohida qishloqlar, ekinzorlar va sug‘orish tarmoqlari bilan chegaralangan bo‘lib, ular to‘la o‘zlashtirilgan va doimiy xo‘jalik hamda ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanib kelingan voha-tumanlarda yashaganlar. Ular o‘z ichki va tashqi munosabatlarida kelib chiqadigan muammolarni hal qilishda birlashishga harakat qilganlar. Jamoalardagi ishlab chiqarish va ijtimoiy mehnat taqsimoti, tashqi harbiy bosqinlardan himoyalanish,diniy urf-odatlarni bajarish kabi masalalar ijtimoiy mansablar hamda boshqaruvning paydo bo‘lishiga asos solgan.
Eng mo‘‘tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz “Avesto”ning yaratilganiga 3000 yil bo‘lyapti. Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. “Avesto” ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi.

Download 51.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling